05:22 23 Sentyabr 2018
Efir
  • RUB118.05
  • EUR9347.75
  • USD8039.00
Prezident Belorussii Aleksandr Lukashenko

Lukashenko: Mirziyoyev, Karimov va yoʻqotilgan yillar haqida

© Sputnik / Sergey Astapovich
Analitika
Havola olish
Belarus prezidentining Oʻzbekistonga tashrifi (13)
162720

Ikki davlat rahbarlarining Koʻksaroy qarorgohidagi uchrashuvi doʻstlik va ochiqlik kayfiyatida oʻtdi.

TOSHKENT, 13 sen – Sputnik. Oʻzbekiston katta shijoatni amalga oshirdi, u butun dunyoga ochildi, dedi Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko Koʻksaroy qarorgohida soʻzlagan nutqi davomida.

Belarus prezidenti oʻz nutqida Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev haqida koʻplab iliq fikrlarni bildirdi.

Jumladan, Oʻzbekistondagi oʻzgarishlarni katta qiziqish bilan kuzatayotganini taʼkidlab oʻtdi.

“Doʻstim Shavkatga aytganman, hafa boʻlmaginu, lekin biz seni ulkan mikroskop ostida kuzatib, xursand boʻlib kelmoqdamiz. Sizga faqat tahsin aytish mumkin! Siz ikki yil ichida chorak asr davomida qilinmagan ishlarni amalga oshirdingiz. Siz katta shijoatga yoʻl qoʻydingiz, butun dunyo uchun ochildingiz. Ochilmasdan taraqqiy etish mumkin emas. Bugun yopilsang, seni shunchaki yopib, chetga uloqtirishadi, hammadan oxirida yuraverasan”, - dedi Lukashenko.

Belarus prezidenti Oʻzbekiston xalqi bugun toʻgʻri yoʻldan borayotganini eʼtirof etdi.

“Bolalar bogʻchasidan tortib, maktablargacha qayta tikladingiz, ijtimoiy yordamga muhtoj odamlarni himoya ostiga olib, bundaylar bizda ham sizda ham yetarli, ularga yordam qoʻlini choʻzib, miqyosi jihatdan ulkan maqsadlarni oʻz oldingizga qoʻydingiz. Siz oʻzingiz uchun oʻsish nuqtalarini belgilab oldingiz, ularsiz kelajak yoʻq. Bu ikki yil uchun sizlarga faqat tahsin aytsa boʻladi”, - deb taʼkidladi Belarus yetakchisi.

Lukashenko, shuningdek, bu yutuqlarda magʻrurlanish kerak emasligini qoʻshimcha qildi. (Oʻzbekiston) Prezident(i) aytganidek, xudo koʻrsatmasin, agar toʻxtasak, boʻldi, orqaga qaytish boʻladi.

Mejregionalnыy uzbeksko-belorusskiy biznes-forum v Tashkente
© Sputnik / Dilshoda Raxmatova.

Oʻzbek xalqi – mehnatkash xalq, biz bu borada oʻxshashmiz.

Xalq bu xalq. Yigirma yildan oshiq muddatda unga vaʼdalar berishdi, lekin oldinga siljish boʻlmadi.

Mana xalq hozir umidni qoʻlga kiritdi va siz bu xalqning umidlarini aldashga haqqingiz yoʻq”- dedi Belarus prezidenti.

Eslatib oʻtamiz, Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko 24 yillik tanaffusdan soʻng ilk marotaba davlat tashrifi bilan Oʻzbekistonga keldi.

Lukashenkoning kelishi oldidan Oʻzbekiston poytaxtida 400ga yaqin ikki davlat biznes-doiralari ishtirokida mintaqalararo forum oʻtkazildi.

Lukashenkoning Oʻzbekistonga rasmiy tashrifi davomida keng koʻlamli, aniq maqsadlarga qaratilgan 19ta hujjat imzolandi. Ikki davlat rahbarlari bunaqa amaliyot ikkala mamlakat siyosiy tarixida boʻlmaganini birdek eʼtirof etdilar.

Mavzu:
Belarus prezidentining Oʻzbekistonga tashrifi (13)

Asosiy mavzular