Forma mojarosi, Shermatovdan norozi Qudratxodjayev va tomosha kutayotgan "O‘qituvchi"

© Mejdunarodniy press-klubSherzod Shermatov, Ministr narodnogo obrazovaniya
Sherzod Shermatov, Ministr narodnogo obrazovaniya - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Xalq ta’limi vaziri Sherzod Shermatov o‘z faoliyati boshida jurnalistlardan muhim masalalarga e’tibor qaratish, o‘qituvchilar obro‘sini ko‘tarishda ko‘maklashish va dars jarayoniga halal bermaslik borasida iltimos qilgan. Ammo vazirga quloq tutishmadi

Sentabr oyining 10-sanasida Xalqaro Press klub "Ta’lim sohasidagi tub islohotlar davrida ijtimoiy mas’uliyat va muammolarning zamonaviy yechimlari" mavzusidagi navbatdagi sessiyasini o‘tkazgan. Oradan ikki kun o‘tib sessiya davomidagi maktab o‘quvchilari va o‘qituvchilarining formasi masalasi aks etgan videolavha "O‘zbekiston 24" telekanali orqali efirga uzatilgan. 

Bugunga kelib, XPK raisi Sherzod Qudratxodjayev Xalq ta’limi vaziri Sherzod Shermatovdan noroziligi, ota-onalar "O‘zbekiston 24"ni sudga bermoqchiligi, telekanal esa ishorani to‘g‘ri XPKga ko‘rsatayotgani telegrammdagi xalq ta’limi xodimlari uchun maxsus kanal "O‘qituvchi"da ma’lum qilindi.

Xalq ta’limi vaziridan birinchi tarsaki

10-sentabr kuni XPKning o‘sha, bugun shov-shuvlarga sabab bo‘layotgan sessiyasida spikerlardan biri sifatida ishtirok etgan XTV rahbari Sherzod Shermatov 14-sentabr kuni "Feysbuk"dagi akkauntida "sivilizatsiyalashgan jamiyat shaxsning, ayniqsa, bolalarning omma oldida kamsitilishiga yo‘l qo‘yishi mumkin emas", degan bayonot bilan chiqdi.

"...Hammamiz o‘qituvchilar obro‘sini qo‘llab-quvvatlashga harakat qilayotgan bir paytda o‘quvchilar formasi masalasidan o‘qituvchining kiyimiga o‘tish noto‘g‘ri bo‘ldi, deb o‘ylayman. Hozir yuqori malakali o‘qituvchilarni topish shundoq ham qiyin. Bundan tashqari, televidenie orqali kimnidir uning roziligisiz salbiy ma’noda ko‘rsatayotgan paytda ularni tanib olish mumkin bo‘lmasligi uchun, yuzlarini yopish zarur. Sivilizatsiyalashgan jamiyatda shaxsning, ayniqsa, bolalarning omma oldida kamsitilishiga yo‘l qo‘yish mumkin emas!", - deb o‘z fikrini bayon etgan vazir.

...Xalq ta’limi vaziri etib tayinlangan Sherzod Shermatov o‘z faoliyatining birinchi haftasi yakunida jurnalistlar bilan muloqot qilgan va o‘z chiqishi davomida yangi rahbar sifatida birinchi galda "24 yil davomida xohlagan ishi bilan shug‘ullanib kelgan" vazirlik endilikda o‘z tamoyillarini belgilab olgani, ta’lim strukturasi sifat, adolat va shaffoflik tamoyillari asosida ish olib borishini aytgan edi.

Sherzod Shermatov, Ministr narodnogo obrazovaniya - Sputnik O‘zbekiston
Birgalikda o‘qituvchilarimiz obro‘sini oshirishga harakat qilaylik - Shermatov

Shermatov jurnalistlar bilan savol-javobga o‘tish oldidan shuningdek, ulardan ikki narsani shaxsan iltimos qilgandi: birinchisi, jamiyatda yillar davomida obro‘si tushib kelgan o‘qituvchilarning obro‘sini oshirish masalasi va ikkinchisi, ziyoli shaxslarning jamiyatdagi obro‘sini oshirish masalasi.

Iltimosdan keyin jurnalistlar bilan savol-javobga o‘tgan vazir forma borasida berilgan savolga javoban, bugungi kunda ta’lim tizimida "ancha muhimroq boshqa muammolar borligi va jurnalistlar ana shu jihatlarga e’tibor qaratishsa yaxshi bo‘lishini" aytgan edi.

Shuningdek, maktablarga dars jarayonini nazorat qilish uchun borish istagida bo‘lgan jurnalistga javoban dars jarayoniga halaqit bermaslik kerak, degan fikrdaligini aytgan edi.

Aslida ahvol qanday?

Sherzod Shermatov o‘z faoliyatining avvalida, qolaversa, XPK sessiyalaridagi keyingi chiqishlarida ham bir gapni bot-bot takrorlab keladi: "Ta’lim tizimi oldida turgan muammolar yillar davomida to‘planib kelgan. Men sizlarga ularni bu yil hal etaman deb va’da bersam yolg‘on gapirgan bo‘laman"...

Ministr narodnogo obrazovaniya Sherzod Shermatov - Sputnik O‘zbekiston
Majburiy ushlanmalar, o‘ta past oylik – vazir xalq ta’limidagi muammolar sababini aytdi

Haqiqatda, O‘zbekiston maktablarida bugungi kunda ta’mirlash ishlari yakuniga yetmagan, direktori hali saylanmagan, eng muhim fanlardan o‘qituvchilari bo‘lmagan, o‘quvchilar uchun to‘garaklar tashkil qilinmagan va boshqa o‘z yechimini sabot bilan kutayotgan muammolar talaygina. "Maktab fondi" yoki pul yig‘imi singari masalalar ham javobsiz savol tariqasida maktab shiftlarida muallaq turibdi.

Sputnik muxbiri Toshkent viloyatlaridan birida o‘qituvchi bo‘lib ishlaydigan A.R. bilan yangi o‘quv yilida ro‘y bergan o‘zgarishlar masalasida muloqotda bo‘ldi.

O‘qituvchi talab qilmoqda: darsimga halal berishmasin

O‘qituvchi o‘quv yili boshlanganiga hali 2 hafta ham to‘lmaganini, ammo dars o‘rtasida o‘quvchilar fikrini to‘zg‘itib kirib keladigan "syomkachilar"dan charchaganini tan oladi.

Muxammadjon Kodirov - Sputnik O‘zbekiston
O‘qituvchi zo‘rg‘a yuribdi, uni hurmat qilish kerak - dotsent Qodirov yangi qarorga izoh berdi

"Mahalla noziri, xotin-qizlar qo‘mitasi vakillari darsning 15-daqiqasida kirib kelish "odatlari" ochig‘i menga umuman yoqmaydi. Televidenie xodimlari ham kelib ikki marta suratga olib ketishdi. Tasavvur qiling, men 6-sinflarga ingliz tilidan dars o‘taman. Birinchi dars davomida o‘quvchilarim menga shu vaqtgacha hech kim ularga bu fandan dars o‘tmaganini aytishgan. Ya’ni bolalar 6-yil davomida ingliz tilini mutlaqo o‘rganishmagan. Men ularga 6-sinf programmasini qanday o‘taman? Ishni tabiiyki alifboni o‘rgatishdan boshladim. Dars 45 daqiqa davom etadi, men bu oraliqda ham dars o‘tib, ham bolalarni savol-javob qilishga ulgurishim kerak. Darsimga hech kim kirib halal berishini xohlamayman. Chunki o‘sha inspektor va boshqalar kamida 15 daqiqa vaqtimni olishadi. Agar o‘quvchilarga aytadigan gaplari bo‘lsa, dars boshlanmasidan bajarishsin o‘z vazifalarini", - deydi o‘qituvchi.

Jurnalistika universiteti rektori nima deydi?

XPK rahbari Sherzod Qudratxodjayev, vazir Shermatov formadan ham muhimroq masalalar bor, deganida haqligini biroq press-klub rahbari vazirning ba’zi fikrlariga qo‘shilmasligini ham ochiq-oydin bildirdi, deb ma’lum qiladi telegrammdagi "O‘qituvchi" kanali "Gazeta.uz" nashriga tayangan holda.

V Tashkente v ramkax zasedaniya Mejdunarodnogo press- kluba obsudili voprosi obespecheniya obsheobrazovatelnix shkol uchebnikami v novom uchebnom godu.  - Sputnik O‘zbekiston
XTV maktab darsliklaridan onlayn foydalanish xizmatini yo‘lga qo‘ydi

"Nima uchun u o‘sha kuni indamadi? Men uning fikrlariga qo‘shilmayman. Bu bolalarni omma oldida kamsitish emas. Biz maktablardagi haqiqiy ahvolni ko‘rsatdik. Agar jamiyat buni shunday qabul qiladigan bo‘lsa, demak, bu jamiyatning muammosi. Nima uchun bolalarning yuzini yashirib qo‘yish kerak? Biz yuzlarni yashirib qo‘yish orqali kimnidir tahqirlashni istamaymiz, ular jinoyatchilar emas. Biz ularni ayblayotganimiz yo‘q".

Ta’kidlanishicha, nashr vakillari Qudratxodjayevdan maktab hududida tasvirga olish uchun ruxsatnoma bormidi, deb so‘rashganida, Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar rektori "Bu — davlat maktabi. Davlat teleradiokompaniyasi esa uni tasvirga olyapti. Kimdan ruxsat so‘rash kerak?", — deb javob bergan.

"O‘zbekiston 24" telekanali direktori o‘rinbosari Haydar Hasanov bu lavhaga televideniyening aloqasi yo‘q, Xalqaro press-klub bilan gaplashaveringlar, qabilida javob qaytargan.

Qizig‘i, 110-maktab direktori yuz bergan holat bo‘yicha Xalq ta’limi vazirligiga shikoyat yozmoqchi, lavha davomida ko‘rsatilgan o‘quvchilarning ota-onalari esa bu holat uchun "O‘zbekiston 24" telekanalini sudga bermoqchiligini ma’lum qilgan "O‘qituvchi kanali", buyog‘i qiziq bo‘ladi, shekilli, deb yozadi maqola yakunida.

Xalq ta’limi xodimlari uchun maxsus kanal katta tomosha ilinjida.

Yangiliklar lentasi
0