22:23 19 Sentyabr 2019
Efir
  • RUB146.51
  • EUR10421.13
  • USD9411.30
Parashyutistы brigadы bundesvera

Harbiy xavfsizlik, energetika, iqtisod: Berlin va Toshkent hamkorligining yangi yoʻnalishlari

© Sputnik / Denis Baxtin
Analitika
Havola olish
44440

Germaniya Markaziy Osiyoga transmilliy jinoyatlarga qarshi kurashishda - narkotik vositalarining noqonuniy aylanmasi hamda Afgʻoniston muammosini hal etishda yordam berishga tayyorligini maʼlum qildi

TOSHKENT, 20 sen - Sputnik, Dilshoda Rahmatova. Bugungi kunda Oʻzbekiston Germaniya bilan koʻpqirrali munosabatlarning yangi bosqichiga qadam qoʻymoqda. 

Taʼkidlash joizki, Oʻzbekiston rahbarining ochiq va konstruktiv tashqi siyosati hamda mintaqadagi davlatlar rahbarlarining hamkorlikdagi sayi-harakatlari tufayli mintaqada mutlaqo yangi siyosiy muhit yuzaga keldi. Bu Markaziy Osiyodagi vaziyatni keskin ravishda ijobiy tomonga oʻzgartirib yubordi.

Endilikda jahon siyosiy va iqtisodiy tizimiga integrallashuvni maqsad qilgan Markaziy Osiyo davlatlari uchun Germaniya, Yevropa Ittifoqi davlatlarining faollashuvi va qoʻllab-quvvatlashi muhim.

Demak, bundan buyogʻiga Germaniya va Oʻzbekiston oʻrtasida "Oʻzbekistonning Yevropaga integrallashuvi" gʻoyasiga asoslangan hamkorlik modeli yoʻlga qoʻyiladi.

19 sentyabr kuni Toshkentda oʻtkazilgan Oʻzbekiston va Germaniya munosabatlariga bagʻishlangan tadbir boʻlib oʻtdi. Unda Oʻzbekiston Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti rahbari Vladimir Norov ikki davlat munosabatlarining bugungi holati va istiqbolda hamkorlik qanday yoʻnalishlarda amalga oshirilishi haqida toʻxtaldi.

Norovga koʻra, Toshkent va Berlinni yaqinlashtiruvchi omillardan biri - bu xavfsizlik va taraqqiyot masalalaridagi oʻxshash pozitsiyalar va yondashuvlardir.

"Oʻzbekiston Germaniyani xalqaro sahnada muhim sheriklardan biri sifatida qabul qiladi, u bilan koʻpqirrali, oʻzaro manfaatli munosabatlarni rivojlantirishga urgʻu beradi. Oʻz navbatida, Germaniya Oʻzbekistonning Markaziy Osiyoda hamkorlikni chuqurlashtirish boʻyicha tashabbusini hamda Afgʻonistondagi vaziyatni barqarorlashtirish orqali mintaqaviy xavfsizlikni mustahkamlash boʻyicha tashabbusini olqishlashini bayon etdi. Ikkala davlat ham, terrorizm, ekstremizm va radikallashuvni xalqaro xavfsizlikning bosh tahdidlari sifatida qabul qiladi", deb taʼkidladi siyosatchi.

Norovga koʻra, Oʻzbekiston-Germaniya munosabatlariga bagʻishlangan tadbir Oʻzbekiston va Yevropa Ittifoqining kengaytirilgan strategiya toʻgʻrisidagi bitimni ishlab chiqish va imzolash boʻyicha muzokaralar oʻtkazayotgan bir paytda boʻlib oʻtayotgani ham alohida ahamiyatga molik.

"Oʻzbekiston Yevropa Ittifoqini xalqaro sahnada muhim hamkorlardan biri sifatida qabul qiladi va YEI hamda unga aʼzo-davlatlar bilan koʻpyoqlama va oʻzaromanfaatli hamkorlikni rivojlantirishga katta ahamiyat qaratadi. Ayniqsa, Germaniya bilan ikkiyoqlama va koʻpyoqlama shaklda hamkorlikni rivojlantirishni xohlaydi", - deb taʼkidladi Norov.

Yevropa Ittifoqi ayni vaqtda Markaziy Osiyo davlatlariga nisbatan yangi strategiyani ishlab chiqish jarayonini ishga tushirgan. YEIning MO davlatlari boʻyicha hozirgi yangi strategiyasi oʻn yil muqaddam Germaniya tashabbusi bilan qabul qilingan.

Ushbu kontseptual hujjatga zamon talabi, tomonlar manfaatlari va umidlariga javob beradigan oʻzgarishlarning kiritilishi Yevropa Ittifoqi va Oʻzbekiston, shuningdek, Markaziy Osiyo davlatlari oʻrtasidagi siyosiy va savdo-iqtisodiy munosabatlar uchun qulay sharoitlar yaratilishi hamda ularni rivojlantirishga xizmat qiladi, deb ishonch bildirdi Norov.

Norov, Markaziy Osiyo mamlakatlari mintaqada Yevropani tashqi kuchlar manfaatlari oʻrtasidagi qatʼiy muvozanatni raqotbat emas, balki hamkorlik va taraqqiyot uchun saqlab qolishga qodir boʻlgan katta obroʻga ega boʻlgan olam qutbi sifasita koʻrishni xohlashiga urgʻu berdi.

Shu oʻrinda, siyosatchi Oʻzbekistonning Germaniya bilan Markaziy Osiyoda hamkorligi ustuvor yoʻnalishlarini sanab oʻtdi.

Bundan buyogʻiga Germaniya Markaziy Osiyoda ekologik, energetik, iqtisodiy va harbiy xavfsizlikni taʼminlashda oʻz rolini kuchaytirishi taʼkidlandi.

Germaniya tomoni MO davlatlariga Orol dengizining qurishi bilan bogʻliq asoratlarni yengib oʻtishda, suv resurslaridan ratsional foydalanishda, suv omborxonalari, suv bilan taʼminlash va suvni tejash tizimlarini takomillashtirishda koʻmaklashish salohiyatiga ega, dedi Norov.

U shuningdek, Germaniya Markaziy Osiyoga transmilliy jinoyatlarga qarshi kurashishda - narkotik vositalarining noqonuniy aylanmasi hamda Afgʻoniston muammosini hal etishda yordam berishini taʼkidladi.

"Oʻzbekiston Germaniya bilan Afgʻoniston masalasida hamkorlik boʻyicha ijobiy tajribaga ega, 2002 yildan 2016 yilgacha Bundesver kontingenti Termiz shahridagi obʼyektlardan Afgʻoniston Islom Respublikasidagi stabillashuv missiyasini qoʻllab-quvvatlash uchun foydalangan", deb eslatib oʻtdi Norov.

Oʻzbekiston Germaniya investitsiyalarini jalb qilish, biznes-muhitni yaxshilash, turizmni rivojlantirish, fermer xoʻjaliklarini, kichik va oʻrta biznesni qoʻllab-quvvatlash, ishlab-chiqarishga zamonaviy texnologiyalarni joriy qilish, infratuzilma va tranzit-transport kommunikatsiyalarini rivojlantirish, tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanish sohalarida hamkorlik qilishi taʼkidlandi.

Shuningdek, ikki davlat demokratik institutlarni mustahkamlash, davlat boshqaruv tizimi hamda sud-huquq tizimini takomillashtirishda, sogʻliqni saqlash tizimin takomillashtirishda, taʼlim sifatini yaxshilashda, ilmiy salohiyatni rivojlantirish sohalarida hamkorlik qilishi va birgalikda tadqiqotlar olib borishi aytildi.

Asosiy mavzular