04:10 17 Oktyabr 2018
Efir
  • RUB123.85
  • EUR9490.14
  • USD8208.04
Biotexnologicheskaya kompaniya Biocad v Sankt-Peterburge

Gʻarb AQSH bakteriologik urushga tayyorlanayotganini tasdiqlamoqda

© Sputnik / Mixail Kireyev
Analitika
Havola olish
Aleksandr Xrolenko
842 0 0

Harbiy tahlilchi Aleksandr Xrolenko yevropalik olimlar tomonidan amerika laboratoriyalarining sobiq SSSR mamlakatlaridagi faoliyati haqida qilgan xulosalari haqida maʼlumot berdi

Mikrobiologiya va evolyutsiya genetikasi sohasida faoliyat yurituvchi nemis va frantsuz mutaxassislari Pentagonni biologik qurolning yangi turlarini yaratishda gumonlamoqda.

Olimlarning maqolalari Science jurnalida 5 oktyabr kuni "Qishloq xoʻjaligi tadqiqotlari, yoxud biologik qurolning yangi tizimi?" sarlavhasi ostida chop etilgan. Va bu birinchi tashvishli signal emas.

Sal oldin Rossiya Mudofaa vazirligi Rossiya va Xitoy chegarasida amerika biologik laboratoriyalari soni oshayotgani, ularda oʻta xavfli boʻlgan yuqumli kasalliklar qoʻzgʻatuvchilari bilan keng spektrli tadqiqotlar olib borilishi haqida xabar bergan edi. Vazirlik shuningdek, AQSH maxfiy laboratoriyalarida 73 nafar gruzin fuqarolari halok boʻlganini maʼlum qilgandi.

Sal oldin Gruziyaning sobiq davlat xavfsizlik xizmati vaziri Igor Giorgadze Moskvada oʻtkazilgan matbuot-anjumanida odamlar ustidan oʻlim eksperimentlari oʻtkaziladigan Richard Lugar nomidagi laboratoriya faoliyatini oʻrganish zarurligi haqida aytgan edi.

RF Qurolli Kuchlari radiatsiya, kimyo va biologik himoya qoʻshinlari rahbari general-mayor Igor Kirillov AQShning Gruziya hududidagi qonunga xilof faoliyatini tasdiqlagan edi.

Bu MDH davlatlarida biologik xavf darajasini yangicha baholash imkonini beradi.

Endi esa katta obroʻga ega boʻlgan ilmiy jurnallardan biri - Science (ilm rivojiga koʻmaklashuvchi Amerika uyushmasi nashri)dagi maqolalarga qaytsak.

Nemis va frantsuz mikrobiologlari va genetiklari tadqiqotlari shuni isbotlaydiki, Pentagonning Insect Allies dasturi ("Ittifoqdosh-hasharotlar") kattagina biologik, iqtisodiy hamda ijtimoiy oqibatlarga ega boʻlib, ulardan harbiy maqsadlarda foydalanish mumkin.

Ikki yil ichida "saxiy hasharotlarga" 27 million dollar tikilgan, ammo AQSH qishloq xoʻjaligi uchun ushbu loyiha foydasi ravshan emas.

Shubhali ittifoq

Insect Allies – Pentagonning gen injeneriya va mikrobiologiya sohasidagi koʻpsonli dasturlarining biridir. Gʻarbiy yevropalik tadqiqotchilar taʼkidiga koʻra, genetik texnologiyalar laboratoriya turlarini aniq turlar xromosomalariga kiritish orqali agronomik maqsadlarga yetishadi.

Ammo ushbu metodning tezligi va egiluvchanligi chegaralangan - modifikatsiyalangan xromosomalar vertikal ravishda bir avloddan ikkinchisiga oʻtishi uchun vaqt kerak.

Bevosita "maydon"ning oʻzida xromosomalar tezlikda oʻzgarishi uchun AQSH tadqiqot dasturi sunʼiy ravishda yaratilgan yuqumli genetik modifikatsiyalashgan viruslarni tarqatishga ixtisoslashadi (gorizontal gen injeneriya).

Insect Allies dasturi genetik agentlarni (yuqtirish uchun) yetkazib berish uchun laboratoriya hasharotlaridan foydalandi va bu ekotizimda chuqur oʻzgarishlarga hamda epidemiyalarga olib kelishi mumkin. Germaniya va Frantsiya olimlari "Ittifoqdosh-hasharotlarni" dushmanona maqsadlar uchun ishlab chiqarilgan biologik ishlanma, deb biladilar. Ularning fikricha bu biologik qurol toʻgʻrisidagi Konventsiyani buzmoqda.

Bu xulosalar Gruziyaning Lugar markazidagi kasallanish darajasi yuqoriligida va tajriba oʻtkazilayotgan koʻngillilar orasida roʻy berayotgan ommaviy oʻlimlarda (2015 yilning dekabr oyida 24 kishi halok boʻlgani qayd etilgan) ham oʻz tasdigʻini topadi. Gruziyada ilgarilari mavjud boʻlmagan tropik hasharotlar paydo boʻlgan va ularning yashash maydoni shimolga tomon, Rossiya hududiga siljimoqda.

Aytgancha, amerika patentlaridan biri (№ 8967029) havoda zaharlangan hasharotlarni tarqatish uchun moʻljallangan uchuvchisiz uchar apparatga berilgan.

Bunday qurilma yordamida "dushman qoʻshinlari yoʻq qilinishi yoki AQSH harbiylari uchun xatarsiz ravishda safdan chiqarilishi mumkin". Kimyoviy va biologik retsepturalarni patentlashtirilgan vosita tomonidan yetkazib berish diapazoni juda keng va amerikaning "aloqasiz urush" kontseptsiyasiga juda monand tushadi.

MDH hududida AQShning oʻnlab biolaboratoriyalari qurilgan va oʻz tadqiqotlarini olib borishmoqda. Yevroosiyoda global biologik urush xavfi qismlardan iborat boʻlsada, lekin mavjud.

"Sof oʻlim" yonimizda

MDH kengliklarida joylashgan AQSH biolaboratoriyalarining himoya darajasi va milliy nazorat choralari haqida koʻplab fikr-mulohazalar bildirish va hatto jurnalistlarga amerika markazlarining alohida steril sektorlarini namoyish qilish ham mumkin.

Turli mamlakat va laboratoriyalarda xuddi pazllar singari yoyib tashlangan u yoki bu harbiy-biologik ishlanmalarning yakuniy natijalari haqida joylardagi hukumat va olimlar hatto tasavvurga ega boʻlmasliklari mumkin.

Mahalliy hokimiyat, qoidaga koʻra, barchasini inkor etadi. Ammo Pentagon – xayriya tashkiloti emas. AQShning harbiy-biologik faoliyatining moliyaviy hajmi 2017-2019 yillarda bir milliard dollarga yaqinni tashkil qiladi, ammo hech kim Pentagon bu ulkan mablagʻlarni olis va epidemiologik jihatdan farovon boʻlgan Shimoliy Yevroosiyoda genetik va mikrobiologik tadqiqotlarga sarflashidan maqsad nima, degan oddiy savolga javob bermaydi.

Gruziyadagi Lugara Markazi Qoʻshma Shtatlarning sobiq ittifoq hududidagi keng koʻlamdagi harbiy-biologik dasturining kichik elementi hisoblanadi.

Pentagon yangi va mutatsiyalashgan viruslar taʼsirini har bir regionda - Armanistonda, Ozarbayjonda, Gruziyada, Qozogʻistonda, Qirgʻizistonda, Oʻzbekistonda, Tojikistonda, modovada, Ukrainada alohida oʻrganib boradi. AQSH harbiy-biologik laboratoriyalari rivojlanishda davom etmoqda.

AQSH qonunchiligiga muvofiq, biologik qurolni yaratish sohasida tadqiqotlar oʻtkazishga amerika hukumati sanktsiyalari bilangina ruxsat beriladi va bunda ushbu loyihalarning ishtirokchilari jinoiy javobgarlikdan ozod etilgan.

Shu asnoda, tibbiy tajribalar koʻrinishida amerikaliklar hech qanday jazo olmasdan bakteriologik urushga tayyorgarlik koʻrishi mumkin.

Muallif fikri tahririyat nuqtai nazaridan farq qilishi mumkin.

Asosiy mavzular