05:48 10 Dekabr 2018
Efir
  • RUB123.85
  • EUR9408.25
  • USD8314.85
Maket buduщey AES v Uzbekistane

Atom elektr stantsiyasi Oʻzbekistonni elita-davlatlar qatoriga qoʻshadi - ekspertlar

© Sputnik / Dilshoda Raxmatova.
Analitika
Havola olish
Oʻzbekistonda atom elektrostantsiyasi qurilishi (11)
109920

Markaziy Osiyo mintaqasida birinchi boʻlib Oʻzbekistonda atom elektr stantsiyasi qurilmoqda. Loyihaning rasmiy ochilish marosimi 19 oktyabr kuni Navoiy viloyatida boʻlib oʻtadi

TOSHKENT, 9 okt - Sputnik, Dilshoda Rahmatova. Atom elektr stantsiyasini qurish uchun Oʻzbekiston Rossiyaning zamonaviy yadro texnologiyalari qatoridan boʻlgan 3+ SSER-1200 reaktorini tanladi. AES qurilishi tamal toshi 19 oktyabr kuni Navoiy viloyatida oʻtkazilishi rejalashtirilgan.

Ushbu munosabat bilan joriy yilning 9-11 oktyabr kunlari Toshkentda Rosatom davlat korporatsiyasi va Atom energiyasi boʻyicha Xalqaro agentlik (AEXA) vakillari Oʻzbekiston mutaxassislari uchun qoʻshma seminar oʻtkazishdi.

Seminarda Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi va Oʻzatom agentligi vakillari, yadro energetika sohasi mutaxassislari va tegishli vazirlik va idoralar vakillari ishtirok etdilar.

Seminarning birinchi kunida ishtirokchilar Rossiyaning atom sanoati sohasidagi ilgʻor texnologiyalar, SSER-1200 raqobat afzalliklari, Rosatom davlat korporatsiyasining sogʻliqni saqlash tizimi va yadroviy texnologiyalar orqali turmush darajasini oshirish boʻyicha yechimlari bilan tanishdilar. Shuningdek, qurilishi rejalashtirilgan AES uchun mutaxassislarni tayyorlash dasturi haqida ham maʼlumot berildi.

AES rasmiy ochilish marosimi Putinning tashrifi vaqtida roʻy beradi

"Oʻzatom" atom energetikasini rivojlantirish agentligi bosh direktori Joʻrabek Mirzamahmudov Oʻzbekistonda AES qurilishi loyihasiga 7-sentyabr kuni, yaʼni Oʻzbekiston va Rossiya oʻrtasida Rossiya loyihasi boʻyicha AES qurishda hamkorlik toʻgʻrisida hukumatlararo bitim imzolangan vaqtda start berilganiga eʼtibor qaratdi.

Ammo rasmiy ochilish marosimi oktyabr oyining ikkinchi yarmida kutilayotgan oliy darajadagi tashrif - Rossiya prezidenti Vladimir Putinning Oʻzbekistonga davlat tashrifi vaqtida roʻy berishi kutilmoqda.

Oʻzatom rahbarining soʻzlariga koʻra, Oʻzbekiston AES qurilishini Atom energiyasi boʻyicha Xalqaro agentlik tomonidan qoʻyiladigan talab va tavsiyalar asosida hamda barcha xavfsizlik choralariga qatʼiy rioya qilgan holda barpo etish tarafdori.

"Texnologiyalar va tajribalarni uzoq muddat oʻrganish asosida mamlakat rahbari tomonidan biz bu loyihani Rossiya Federatsiyasi bilan birgalikda, ushbu yoʻnalishda dunyoda yetakchi boʻlgan Rosatom davlat korporatsiyasi bilan birgalikda amalga oshiramiz, degan qaror qabul qilindi", - dedi Oʻzatom rahbari.

Mirzamahmudov, oʻz nutqi yakunida shu bugungi seminar olis yoʻlning boshlanishi ekanini va AES qurilishi loyihasi - texnologiyalar naqadar ishonchli va xavfsiz ekanligini, aynan mana shu texnologiyalar Oʻzbekiston taraqqiyotiga qanchalik naf keltirishini amalda koʻrsatib berishini alohida qayd etdi. 

Rossiyaning Oʻzbekistondagi elchisi: AES - iqtisodiyot kelajagidir

Rossiya Federatsiyasining Oʻzbekistondagi Favqulodda va Muxtor elchisi Vladimir Tyurdenev oʻz nutqi avvalida Toshkentda oʻtkazilayotgan ushbu seminar "muhim va katta ahamiyatga ega" ekanligini qayd etdi. 

Diplomatga koʻra, ayni vaqtda atom energetikasi energobalansning ajralmas bir qismi boʻlib, koʻpgina rivojlanayotgan davlatlar tanlovni aynan atom texnologiyalari foydasiga amalga oshirmoqda. "Chunki bu nafaqat ishonchli va xavfsiz energiya manbasi, balki mamlakat iqtisodiyotiga kiritilgan uzoq muddatli investitsiyadir", - deb qayd etdi Tyurdenev.

Elchi taqdim etgan maʼlumotlarga koʻra, bugungi kunda Rossiya texnologiyalari boʻyicha dunyoning 12ta davlatida 36ta energobloklar qurilmoqda. Va bu chet davlatlarda qurilayotgan energobloklar soni boʻyicha rekord koʻrsatkichdir. 

"Rosatom davlat korporatsiyasi - zamonaviy yadro texnologiyalari qatoridan boʻlgan va xalqaro talablar hamda MANATE tavsiyalariga toʻliq javob beradigan 3+ avlodidagi suv-energetik reaktorini taklif etadigan dunyodagi yagona kompaniyadir", - deb maʼlum qildi elchi.

Ilxom Sadыkov zamestitel direktora Akademii nauk RUz
© Sputnik / Dilshoda Raxmatova.

Tyurdenev shuningdek, Oʻzbekiston faol rivojlanayotgan davlat ekanligi, shu bois, elektr energiyasiga boʻlgan talab yildan yilga oshayotganini qayd etdi va AES qurilishi respublika energetikasi sohasida diversifikatsiyani amalga oshirishda yordam berishiga ishonch bildirdi.

Rossiya elchisining soʻzlariga koʻra, Oʻzbekiston va Rossiya oʻrtasidagi tinch atom boʻyicha hamkorlik amaliy jihatga oʻtgan va bu mamlakatlar oʻrtasida munosabatlarning oʻn yilliklar istiqbolida, va nafaqat atom energetika sohasida, yangicha tus olganini anglatadi. Atom energetikasi sohasi boshqa sohalar taraqqiyoti uchun lokomotib vazifasini oʻtashga qodir, deb qayt etdi diplomat.

AES tufayli, mashinasozlik, metallurgiya, qurilish majmuasi va boshqa sohalar taraqqiy etishiga katta turtki boʻladi. 

Ilhom Sodiqov: AES Oʻzbekistonni elita davlatlar safiga qoʻshadi

Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Yadro fizikasi instituti rahbari oʻrinbosari, kimyo fanlari nomzodi Ilhom Sodiqov Oʻzbekiston va Rossiya oʻrtasidagi AES qurish boʻyicha hamkorlik hukumatlararo bitim Oʻzbekistonda AES qurilishi boʻyicha ishlarni boshlab berganini qayd etdi.

Olimning aytishicha, Hozirda AES qurilishi uchun tanlab olingan joy maydonida dastlabki qidiruv ishlari olib borilmoqda. AES loyihasi esa ishlab-chiqish bosqichida.

Olim AES qurilishi uchun moʻljallangan hudud Rosatom davlat korporatsiyasi tomonidan atom elektr stantsiyasi qurilishi uchun qoʻyiladigan barcha talablarga javob berishini taʼkidlab oʻtdi. Olim AESning Oʻzbekistonga, xususan, oʻzbekistonliklarga qanday foyda keltirishi haqida toʻxtalar ekan, ushbu ulkan loyiha kelajakda Oʻzbekiston aholisini uzluksiz va arzon narxdagi elektr energiyasi bilan taʼminlashini aytib oʻtdi.

"Mana koʻrayapmiz, soʻnggi yillarda elektr energiyasi tanqisligi kuzatilmoqda. AES qurilishi esa ushbu masalani hal etishda yordam beradi. Qolaversa, AES respublika infratuzilmasini rivojlantirishga hamda mamlakatning madaniy darajasini koʻtarishga, taʼlim darajasini oshirishga hamda iqtisodiyotimizni rivojlantirishga katta hissa qoʻshadi", - deb ishonch bildirdi Sodiqov hamda bularning barchasi Oʻzbekiston uchun elita davlatlar klubiga yoʻl ochishini qoʻshimcha qildi.

Mavzu:
Oʻzbekistonda atom elektrostantsiyasi qurilishi (11)

Asosiy mavzular