04:09 18 Noyabr 2019
Efir
  • RUB148.82
  • EUR10455.03
  • USD9490.77
Prezident RF V. Putin vstretilsya s prezidentom Uzbekistana SH. Mirziyeyevыm

Putin va Mirziyoyev uchrashuvi: atom, olimlar, yoʻllar, notinch qoʻshni va nahotki, paxta?

© Sputnik / Sergey Guneyev
Analitika
Havola olish
Vladimir Putinning Oʻzbekistonga davlat tashrifi (31)
324650

Rossiya davlat rahbarining bu tashrifi sermazmun va sermahsul boʻlishi kutilmoqda. Bu, birinchidan, nafaqat Oʻzbekistonda, balki Markaziy Osiyodagi birinchi atom stantsiyasi qurilishinining tamal toshini qoʻyish, ikkinchidan, ikki yirik – hududlararo va oliy oʻquv yurtlari oʻrtasidagi forum. Uchinchidan, oliy darajadagi muzokaralar.

Yangi tarixning boshlanishi

Oʻzbekiston va Rossiya oʻrtasidagi ikki tomonlama munosabatlarning yangi tarixi aynan Shavkat Mirziyoyevning 2017 yildagi Moskva shahriga tashrifidan boshlangan edi. Oʻquvchilarning xabari bor, oʻshanda 15 milliard dollarga teng shartnomalar imzolangandi. Asosiysi, bu shartnomalarning asosiy qismini investitsiyalar tashkil qilgan. Investitsiya esa, bilamiz, uzoq muddatda moʻljalangan shekrikchilik, oʻzaro ishonch degani.

Ushbu shartnomalarda belgilangan kelishuvlar bugungi kunda faol tarzda amalga oshirilmoqda va oʻzining “meva”sini ham bermoqda. Darvoqe, “meva” deganga, aynan Oʻzbekiston shu shartnomalar asosida Rossiyaga joriy yilning birinchi yarmida oʻtgan yilning shu davridagiga nisbatan 70 %ga koʻproq meva-cheva yetkazib berdi.

Aytish lozim, ikki davlat oʻrtasidagi munosabatdar, tuziladigan bitimlar ayrim hollarda boʻlgani kabi, umumiylik xususiyatiga ega boʻlmay, aniq tadbirlar, ish hajmi, miqdori belgilanggan “yoʻl xarida”talari koʻrinishida boʻlib, oʻzaro hamkorlikning bu kabi koʻrinishi ancha samarali, aniq manzilli va natijador hisoblanadi.

Nimalar koʻriladi?

Rossiya davlat rahbarining bu tashrifi sermazmun va sermahsul boʻlishi kutilmoqda. Bu, birinchidan, nafaqat Oʻzbekistonda, balki Markaziy Osiyodagi birinchi atom stantsiyasi qurilishinining tamal toshini qoʻyish, ikkinchidan, ikki yirik – hududlararo va oliy oʻquv yurtlari oʻrtasidagi forum. Uchinchidan, oliy darajadagi muzokaralar.

AES qurilishi ikki davlat oʻrtasidagi strategik hamkorlikni yanada mustahkamlaydigan yirik loyiha. Albatta, bu ikki davlat oʻrtasidagi yagona yirik loyiha emas. ”Lukoyl” bilan sherikchilikda yaratilgan Qandim gazni qayta ishlash majmuasi yoki  Toshkent va Qoraqalpogʻistonda qurilishi rejalashtirilayotgan yirik metall zavodlarini yodga olish kifoya. Bu kabi loyihalar yildan yilga koʻpayib bormoqda

Ilm-fan ham chetda emas

Ikki davlat oʻrtasidagi hamkorlikning asosiy qismini gumanitar soha tashkil etishi kutilmoqda. Rossiya va Oʻzbekistonning turli darajadagi amaldorlari, vazirlari, harbiylari, tijoratchilari koʻp bordi-keldi qilishgan, biroq hech qachon  Rossiya oliy oʻquv yurtlarining shuncha vakillari (60ga yaqin boʻlishi taxmin qilinmoqda) hali na yaqin va na uzoq tarixda Oʻzbekistonda boʻlmagan.

Ikki davlat prezidentlari uchrashuvlari doirasida boʻlib oʻtishi rejalashtirilayotgan oliy oʻquv yurtlari rektorlarining forumi ikki davlatning gumanitar sohadagi hamkorligini yangi bosqichga olib chiqadi.

Albatta, shu kungacha ham u hamkorlik bor edi. Hozirda Oʻzbekistonda Rossiyaning beshta oliy oʻquv yurti faoliyat yuritmoqda. Forum natijalari boʻyicha esa ular soni oshishi kutilmoqda. Rossiyada oʻqiyotgan oʻzbek talabalarining ham soni yildan yilga oshib bormoqda. Bu uchrashuvdan keyin ushbu yoʻnalishda ham keskin oʻzgarishlar boʻladi.

Rossiyaning oʻz paxtasi boʻladimi?

Shavkat Mirziyoyevning oʻtgan yilgi Moskvaga tashrifi chogʻida hududlararo aloqalarga asos solingani haqida yuqorida bayon etildi. Oʻshandan keyin ikki davlatning maʼmuriy hududlari oʻzaro manfaatli sherikchilik asosida hamkorlikni yoʻlga qoʻymoqda. Bu yoʻnalishda ayniqsa, Tatariston ilgʻor. Rossiya Federatsiyasining mazkur subʼyekti Oʻzbekistonga neft-kimyo, toʻqimachilik, sanoat va mashinasozlik sohalarida foydali takliflarni bera oladi. Bundan tashqari, Oʻzbekiston yaqinda Vladivostok, Qozon, Yekaterinburg va Rostov-Donda oʻz vakolatxonalarini ochishni rejalashtirgan. Bu esa oʻz navbatida ushbu subʼyektlar ham faol hamkorlikka kirishishlari mumkinligini bildiradi.

Rossiya viloyatlarining manfaatlari haqida soʻz ketganda, janubiy Rossiya hududlarini paxta yetishtirishga boʻlayotgan qiziqishlarini eslab oʻtish lozim. Bu borada koʻp yillik tajribaga va yetuk muxataxassislarga ega boʻlga Oʻzbekistonning koʻmagi asqotishi mumkin.

Sibir ham hududiy hamkorlikning asosiy “oʻyinchi”laridan biri hisoblanadi. Hozircha bu hududning Tomsk viloyatigina, gumanitar va ilmiy hamkorlik hisobiga faol. Biroq boshqa hududlar va oʻzga sohalarda ham sherikchilik uchun yetarlicha sohalar, imkonlar mavjud.

Bu yoʻl qayga boradi?

Oʻzbekiston nafqat Markaziy Osiyodagi qoʻshnilari, balki Xitoy, Yevropa, Rossiyaning oʻzi bilan yuksak tranzit imkoniyatlariga ega.

Deyik, Hindiston oʻz  tovarlarini markaziy va sharqiy Rossiyaga tez va arzon yetkazib bermoqchi boʻlsa, albatta, Oʻzbekiston orqali oʻtadigan yoʻldan foydalanishi tabiiy. Oʻzbekiston esa oʻz navbatida transport yoʻlaklarini faol rivojlantirib bormoqda. Unchalar ham oddiy boʻlmagan Afgʻoniston yoʻnalishida ham jiddiy ishlar qilinmoqda. “Termiz-Mozori Sharif” temir yoʻli ishga tushirildi, ushbu yoʻlni Hirotgacha yetkazish ishlari amalga oshirilmoqda. Kelajakda esa bu yoʻl janubiy dengizga chiqarilib, oʻta muhim boʻlgan “Shimol-Janub” yoʻnalishiga aylanishi koʻzda tutilmoqda.

Yuksak darajadagi uchrashuv jarayonida ushbu yoʻnalishda ham muzokaralar oʻtkazilishi, sohadagi hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqishi kutilmoqda.

Eski notinch qoʻshni

Afgʻoniston! Bu jafokash davlat yuzasidan har ikkala davlatning oʻz manfaatlari boʻlsa-da, umumiylari ham yoʻq emas.

Asosiysi, har ikkala davlat ham Afgʻonistonda tinchlik oʻrnatilishidan manfaatdor.

Ikkinchidan, afgʻon mojarosining barcha tomonlari bilan hamkorlik qilishga tayyorligi har ikkala davlatni birlashtiradi. Deylak, ilgari Rossiya Afgʻonistonning shimoliy viloyatlariga alohida eʼtibor qaratgan boʻlsa, endilikda u mojaroning barcha tomonlarini muzokara stoli atrofida koʻrishga tayyor.

Uchinchidan, xavfsizlik har ikki davlat uchun ham muhim va uning umumiy jihatlari bor. Koʻp aytildi, Suriya va Iroqda yengilgan ISHID Afgʻonistonning shimoliy viloyatlariga koʻchib oʻtdi. Bu esa oʻz navbatida Rossiyaga ham, Oʻzbekistonga ham bevosita xavf soladi.

Afgʻonistondagi vaziyat mazkur masalaning harbiy-siyosiy muhokamasisiz oʻtmasligini koʻrsatmoqda.

Harbiy hamkorlik

Afgʻon masalasi koʻrilar ekan, xavfsizlik va harbiy hamkorlik albatta muhokama qilinadi.

Oʻzbekiston va Rossiyaning yangi davrdagi hamkorligi hech qachon bugungi darajada boʻlmagan. Ikki davlat rahbarlarining Moskvadagi uchrashuvidagi kelishuvlardan soʻng, harbiy sohada ham sherikchilik jonlandi. Rossiyaning jangovar Mi-35 vertolyotlarini yetkazib berish boʻyicha bitim imzolandi.

Hamkorlikdagi harbiy mashgʻulotlar oʻtazildi, harbiy mutaxassislarni yetkazib berish dasturi asosida ishlar amalga oshirilmoqda. Yaqinda esa MDHga aʼzo davlatlar mudofaa vazirlari sammitida ikki davlat mudofaa vazirlari  harbiy aviatsiya uchun Rossiya va Oʻzbekiston havo makonidan foydalanish boʻyicha kelishuv imzoladilar.

Bir soʻz bilan aytganda, bu oliy toifadagi uchrashuv shubhasiz, har ikki davlatning bundan keyingi taraqqiyoti, rivoji va siyosatiga oʻzining taʼsirini koʻrsatmasdan qolmaydi.

Mavzu:
Vladimir Putinning Oʻzbekistonga davlat tashrifi (31)

Asosiy mavzular