12:29 25 Noyabr 2020
Efir
  • RUB136.69
  • EUR12344.73
  • USD10414.86
Analitika
Havola olish
413 0 0

Oʻzbekiston—Rossiya oʻrtasidagi soʻnggi oʻquv mashgʻulotlari Forish poligonida 2005 yilda tashkil etilgan edi. 12 yillik tanaffusdan keyin oʻtgan yilning oktyabrida oʻtkazilgan qoʻshma mashgʻulotda ikki mamlakatdan jami 400 nafarga yaqin harbiy xizmatchi ishtirok etdi

TOSHKENT, 17 okt - Sputnik. Harbiy sohadagi hamkorlik bugungi kunda Oʻzbekiston va Rossiya munosabatlarida muhim ahamiyat kasb etmoqda. Oʻzbekiston Mudofaa vazirligi matbuot xizmati ikki davlat qurolli kuchlari hamkorligi boʻyicha tahliliy maqolani eʼlon qildi.

Harbiy hamkorlik rejasi

2000 yildan boshlab Oʻzbekiston va Rossiya oʻrtasidagi harbiy hamkorlik ikki davlat mudofaa vazirliklari oʻrtasida har yili imzolanadigan Harbiy hamkorlik rejasi asosida amalga oshiriladi.

Mazkur kelishuvlarni amalga oshirish yoʻlida tomonlar tezkor va jangovar tayyorgarlik, taʼlim, harbiy xizmatchilarning malakasini oshirish, harbiy kadrlarni tayyorlash, zamonaviy axborot kommunikatsiya texnologiyalari, havo kemalari harakatini boshqarish va parvozlar xavfsizligini taʼminlash, harbiy-texnik hamkorlikni rivojlantirish kabi yoʻnalishlarda koʻplab tadbirlarni tashkil etib kelmoqda.

Oʻtgan davr mobaynida ikki mamlakat hududida 300 ga yaqinhamkorlik tadbirlari oʻtkazilgani, buning isboti.

Bundan tashqari ikki tomonlama harbiy va harbiy-texnik hamkorlik yoʻlida normativ-huquqiy baza ham yaratilgan. Bu esa davlatlararo, hukumatlar va idoralararo imzolangan oʻttizdan ortiq hujjatda oʻz aksini topgan.

Munosabatlardagi yangi sahifa

Mudofaa vazirligi matbuot xizmati taʼkidiga koʻra, ayniqsa, soʻnggi ikki yil ikki davlat alohida ahamiyatga ega boʻldi.

2017 yilning oktyabrida Jizzax viloyatidagi "Forish" togʻ dala oʻquv maydonida 12 yil deganda birinchi marotaba Rossiya hamda Oʻzbekiston kuchlari boʻlinmalari oʻrtasida qoʻshma mashgʻulot oʻtkazildi.

Bundan oldin Oʻzbekiston—Rossiya oʻrtasidagi soʻnggi oʻquv mashgʻulotlari aynan mana shu poligonda 2005 yilda tashkil etilgan edi. 12 yillik tanaffusdan keyin qoʻshma mashgʻulotda ikki mamlakatdan jami 400 nafarga yaqin harbiy xizmatchi ishtirok etdi.

Qoʻshma mashgʻulot davomida harbiylar shartli terrorchilar guruhini qidirib topish va ularni yoʻq qilish, shuningdek, murakkab togʻli hududlarda maxsus operatsiyalarni oʻtkazish boʻyicha oʻzaro tajribalari bilan almashdilar.

2017 yilning oʻzida yana ikkita diqqatga sazovor hodisa roʻy berdi. Birinchidan, Oʻzbekistonning Rossiyadagi elchixonasi qoshida harbiy attashe lavozimi joriy etildi.

Ikkinchidan, mintaqada xavfsizlikni taʼminlash masalalariga bagʻishlangan Oʻzbekiston–Rossiya maslahatlashuvlarining 5-bosqichi Toshkentda boʻlib oʻtdi.

2018 yilning 21 may sanasida Rossiya mudofaa vaziri armiya generali Sergey Shoygu boshchiligidagi harbiy delegatsiya rasmiy tashrif bilan Oʻzbekistonga kelgan edi. Oliy martabali mehmonni Oʻzbekiston mudofaa vaziri general-mayor Abdusalom Azizov kutib oldi.

Tomonlar mudofaa sohasidagi hamkorlik va uning istiqbollarini muhokama qilib, harbiy-texnika yoʻnalishida oʻzaro aloqalarni mustahkamlash boʻyicha fikr almashgan edilar.

Shu yilning 12 oktyabr kuni Oʻzbekiston va Rossiya mudofaa idoralari rahbarlari yana bir bor Toshkentda uchrashdi. Tomonlar ikki mamlakatning mudofaa sohasiga oid masalalarini hamda oʻzaro hamkorlikni rivojlantirish istiqbollarini muhokama qildilar.

Abdusalom Azizov Rossiya mudofaa vaziri bilan suhbatda rossiyalik harbiy mutaxassislar bilan qoʻshma tadbirlarni oʻrkazish muhim ahamiyatga ega ekanligini qayd etib oʻtdi.

Uchrashuv yakunida Oʻzbekistonva Rossiya mudofaavazirlari tomonidan 2019 yilgi ikki tomonlama harbiy hamkorlik rejasihamda Oʻzbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasining harbiy havo kemalari tomonidan ikki mamlakat havo makonidan foydalanish boʻyicha kelishuvlar imzolandi.

Asosiy mavzular