Putin tashrifi maqsadi: O‘zbekiston va Rossiya I mintaqalararo hamkorlik forumi yakunlari

© Press-slujba Prezidenta RF / Mediabankka o‘tishGosudarstvenniy vizit prezidenta RF V.Putina v Uzbekistan
Gosudarstvenniy vizit prezidenta RF V.Putina v Uzbekistan - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekistonga shu paytgacha xorij davlatlaridan bu qadar ko‘psonli "desant" kelib tushmagan. Birinchi O‘zbekiston-Rossiya mintaqalararo forumi davomida, umumiy hajmi 25 milliard dollarga teng 800ta kelishuvlar imzolandi. Forum yakunlarini e’tiboringizga havola qilamiz

TOShKENT, 19 okt - Sputnik. Rossiya va O‘zbekiston o‘rtasida savdo-iqtisodiy sohada umumiy hajmi 6,2 milliard dollarlik kelishuvlar va investitsiya sohasida 20,8 milliard dollarlik 202 ta bitim imzolandi.

Prezidenti Uzbekistana i RF ob ekonomicheskix itogax peregovorov v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston
Mirziyoyev va Putin o‘zaro iqtisodiy hamkorlik haqida nimalarni aytishdi

Ikki davlat tashkilotlari tomonidan imzolangan hujjatlarning umumiy hajmi 25 milliard dollarni tashkil qildi.

Shuni alohida aytish joizki, O‘zbekiston-Rossiya birinchi mintaqalararo hamkorlik forumi ikki kun - 18-19 oktabr kunlari davom etdi va O‘zbekistonga xorij davlatlari orasida birinchi marta aynan Rossiyadan bu qadar ko‘p "desant" kelib tushdi.

Samarali maydon

O‘zbekiston Iqtisodiyot vaziri Botir Xodjayev Rossiya prezidenti Vladimir Putin va O‘zbekiston rahbari Shavkat Mirziyoyevning birinchi mintaqalararo hamkorlik forumidagi ishtirokini ikki davlat viloyatlari o‘rtasidagi hamkorlik aloqalariga nisbatan katta e’tibor sifatida baholadi.

Start proyektu stroitelstva pervoy AES v Respublike Uzbekistan - Sputnik O‘zbekiston
Putin va Mirziyoyev O‘zbekistondagi birinchi AES qurilishiga start berdi

Xodjayev ma’lumotiga ko‘ra, iqtisodiyotning turli jabhalari vakillari, davlat tuzilmalari, parlament, ikki davlat regionlari hokimiyati organlari vakillari ishtirok etgan ushbu forum maydonchalarida 11ta biznes uchrashuvlar o‘tkazilgan. Tadbirda Rossiyaning 17ta regionidan 173 nafar administratsiya vakillari va 400dan ortiq Rossiya kompaniyalari qatnashgan.

"Bunday salmoqli delegatsiya tashrifi tufayli umumiy hajmi 25 milliard AQSh dollari bo‘lgan 792tadan ziyod ikkiyoqlama bitimlar va memorandumlar imzolandi", - dedi Xodjayev.

Vazir bayonotiga ko‘ra, Rossiya va O‘zbekiston o‘rtasida 20ta ulgurji-taqsimot markazlarini tashkil etish bo‘yicha kelishuv imzolangan. 

"Misol uchun, Orenburgdagi loyiha noyob joylashuvga ega, deb ta’kidlash mumkin. Chunki - G‘arb-Sharq, Janub-Shimol va Yevropa-G‘arbiy Xitoy singari xalqaro transport koridorlari shu yerdan o‘tadi. Rossiyalik hamkorlar bilan birgalikda erishilgan kelishuvlarni keng ko‘lamda hayotga tatbiq etish bo‘yicha o‘z sayi-harakatlarimizni kuchaytiramiz va shu maqsadda, har bir loyiha, xususan, 79ta qo‘shma korxona, 23ta savdo uylari va 20ta ulgurji-taqsimot markazlarini tashkil etish bo‘yicha aniq "yo‘l xaritalari" ishlab chiqiladi", - deb ma’lum qildi Xodjayev.

Oreshkin: O‘zbekiston iqtisodiyoti sobiq SSSR mamlakatlari orasida eng yuqori ko‘rsatkichga ega bo‘ladi

Rossiya iqtisodiy rivojlantirish vaziri Maksim Oreshkin forum yakunida so‘zlagan nutqida, ushbu tadbir noyob voqea bo‘lganini, garchi ilk bor tashkil etilgan bo‘lsa-da, rekord natija qayd etganini ma’lum qildi.

"Rossiya tomondan forumda 1200 kishi qatnashdi, bu esa Rossiya va Qozog‘iston o‘rtasida o‘tkazilgan forum ko‘rsatkichlaridan ikki barobar ko‘p", - dedi u.

Zdanie Sentralnogo banka Uzbekistana - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston iqtisodiyoti MDHning boshqa davlatlariga qaraganda tezroq o‘sib bormoqda - Moody’s

Oreshkin ushbu forum - O‘zbekiston prezidenti tashabbusi natijasi ekanini, Shavkat Mirziyoyev 2017-yilning aprel oyida Rossiyaga amalga oshirgan tashrifi davomida bu boradagi ishlarni boshlab berganini aytdi.

"Rossiyaning 300dan ortiq kompaniyalaridan 800dan ziyod vakillar kelishdi. Ular o‘zbekistonlik hamkorlar bilan biznesni rivojlantirishga tayyor. Tadbirga bildirilgan katta qiziqishga hayratlanmasa ham bo‘ladi, negaki, O‘zbekiston - aholi soni tezlikda oshayotgan, iqtisodiyoti taraqqiy etayotgan davlat. Chuqur o‘ylab amalga oshirilayogan iqtisodiy islohotlar tufayli yaqin yillarda O‘zbekiston iqtisodiyoti sobiq sovet ittifoqi hududida eng yuqori ko‘rsatkichlarni namoyon etadi", - deb ta’kidladi rossiyalik amaldor.

Oreshkin, shuningdek, forum davomida ikki davlat vakillari o‘rtasida hamkorlikdagi ko‘plab loyihalar muhokama qilinganini aytib o‘tdi. Bular: qishloq xo‘jaligi, tekstil sohasi, logistika, energetika, raqamli iqtisodiyot va bir turkum boshqa yo‘nalishlar.

© Sputnik / Dilshoda RaxmatovaBiznes-zavtrak v ramkax pervogo mejregionalnogo rossiysko-uzbekskogo foruma v Tashkente
Putin tashrifi maqsadi: O‘zbekiston va Rossiya I mintaqalararo hamkorlik forumi yakunlari - Sputnik O‘zbekiston
Biznes-zavtrak v ramkax pervogo mejregionalnogo rossiysko-uzbekskogo foruma v Tashkente

Oreshkin, shuningdek, so‘nggi 1-yil ichida Rossiya va O‘zbekiston o‘rtasidagi iqtisodiy, madaniy va mintaqalararo hamkorlik aloqalari dadil rivojlanganini ta’kidladi.

"Bizning vazifamiz esa, belgilab olingan rejalarni hayotga tatbiq etish va hamkorlikning yangi yo‘nalishlarini shakllantirishdan iborat. Hamkorlikdagi faoliyatimiz iqtisodiyotimizni jadallik bilan rivojlantirishga, aholimizga esa o‘z daromadlarini hayot sifatiga tatbiq etishga xizmat qiladi", - deb ishonch bildirdi Oreshkin.

Mirziyoyev: Rossiya bizning strategik hamkorimiz va ittifoqdoshimiz

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev o‘z chiqishi davomida forumning tashkiliy jihati va yuqori darajada o‘tkazilgani - ikki davlat o‘rtasidagi o‘zaro qiziqish va hamkorlikning ulkan salohiyatidan dalolat berishini qayd etdi. 

Gosudarstvenniy vizit prezidenta RF V.Putina v Uzbekistan - Sputnik O‘zbekiston
Putin Mirziyoyev unga yuqori baho berganini aytdi

"Strategik sherigimiz va ittifoqdoshimiz - Rossiya Federatsiyasi bilan barqaror va ishonchga asoslangan munosabatlarimizni yuqori baholaymiz va samimiy qadrlaymiz. Shu bugun to‘liq o‘zaro tushunish va ishonch, ochiqlik ruhida o‘tgan muzokaralar - bizning ko‘pqirrali hamkorliklarimizni xalqlarimiz manfaati yo‘lida kengaytirish va mustahkamlash bo‘yicha qat’iy niyatimizni namoyon etdi. Bu borada biz mintaqalararo hamkorlikka muhim ahamiyat qaratmoqdamiz", - dedi O‘zbekiston yetakchisi. 

Mirziyoyev ikki davlat o‘rtasidagi mintaqalararo hamkorlik ayniqsa, so‘nggi bir yil ichida faol tus olganini, O‘zbekistonning 14ta regioni rahbarlari Rossiyaning 26ta subyektida tashrif uyushtirishganini qayd etdi. Bugungi tadbirda Rossiyaning 18ta subyektlari vakillari ishtirok etishayotgani va bunaqasi shu paytgacha bo‘lmaganini alohida ta’kidladi.

O‘zbekiston prezidenti forum ishtirokchilariga murojaat qilar ekan, biznes doiralarga ikki davlat hamkorligida yuqori texnologiyali ishlab-chiqarishlar sonini ko‘paytirish zarurligini tavsiya etdi. 

"Talabgir mahsulotlarni ishlab-chiqarishda hamda uchinchi davlatlar bozorlarini o‘zlashtirishda kooperatsiya ko‘lamini kengaytirish lozim", - dedi prezident Mirziyoyev.

Forumdagi samarali hamkorlikka misol keltirar ekan, O‘zbekiston yetakchisi Rossiyaning Ivanovo viloyatidagi kompaniyalar ishtirokida Navoiy vilotida tekstil klasteri tashkil etilishi, Tataristondagi sheriklar bilan hamkorlikda Toshkent viloyatida kimoviy o‘g‘itlar ishlab-chiqaruvchi, Qoraqalpog‘istonda esa farmatsevtika preparatlarini ishlab-chiqaruvchi korxonalar yo‘lga qo‘yilishini aytdi va ushbu forumda bu kabi ko‘plab loyihalar borasida kelishuvlar bo‘lganini qo‘shimcha qildi.

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaPrezidenti prinyali uchastie v pervom Forume mejregionalnogo sotrudnichestva "Uzbekistan – Rossiya"
Putin tashrifi maqsadi: O‘zbekiston va Rossiya I mintaqalararo hamkorlik forumi yakunlari - Sputnik O‘zbekiston
Prezidenti prinyali uchastie v pervom Forume mejregionalnogo sotrudnichestva "Uzbekistan – Rossiya"

"Ammo eng asosiy natija - regionlarimiz o‘rtasida mustahkam va uzoq istiqbolga mo‘ljallangan sheriklik munosabatlar o‘rnatildi", - dedi Mirziyoyev.

O‘zbekiston rahbari sessiya qatnashchilariga, xususan, mehmonlarga O‘zbekiston hukumati a’zolari, vazirliklar va idoralar hamda viloyatlar rahbarlari ushbu forumda kelishilgan loyihalarning hayotga tatbiq etilishida har tomonlama ko‘mak beradilar, deya va’da berdi.

Mirziyoyev O‘zbekiston hukumati a’zolariga murojaat qilar ekan, "Sizlar bu forum - katta yo‘lning boshlanishi ekanligini tushunishlaringiz lozim. Agar biz bugun barcha shart-sharoitlarni mujassam qilsak, uchinchi davlatlar bozorlarini o‘zlashtirishga qaratilgan hamkorlikda amalga oshiradigan loyihalarimiz juda ko‘p", - dedi.

Prezident shuningdek, O‘zbekiston bugun Rossiya bilan hamkorlikda yangi strategik yo‘nalishni ochayotganini va bu - Rossiya Federatsiyasi bilan birgalikda atom energetikasini rivojlantirish sohasi ekanini qo‘shimcha qildi.

Shavkat Mirziyoyev  - Sputnik O‘zbekiston
Mirziyoyev: Rossiya O‘zbekistonning muhim savdo hamkori

"Bu loyiha yangi klasterni shakllantiradi. Uning hayotga tatbiq etilishi - sanoat salohiyatining bundan keyingi taraqqiyotini belgilab beradi va mamlakat iqtisodiyotining turli jabhalarida yangi ish o‘rinlarini yaratadi", - deb qayd etdi O‘zbekiston rahbari.

Mirziyoyev hamkasbi - Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan bunday forum har yili o‘tkazilishi kerak, degan to‘xtamga kelishgani haqida ma’lum qildi. Va bunday tadbir tizimli ravishda o‘tkazilsa, aniq natijalar ham kuttirib qo‘ymasligiga ishonch bildirdi.

Putin: Rossiya O‘zbekiston bilan birgalikda katta ishlarni amalga oshiradi

Rossiya prezidenti Vladimir Putin forumdagi nutqi davomida "Rossiya-O‘zbekiston: birinchi mintaqalararo hamkorlik forumi" ishtirokchilarini qutlar ekan, bu hamkorlikning ham foydali ham istiqbolli yo‘nalishi ekanligini aytdi. Regionlar darajasida tarmoq otgan hamkorlik - to‘laqonli ikkiyoqlama aloqalarning muhim ko‘rsatkichidir, dedi Putin.

Vladimir Putin posetil ploshad Mustakillik - Sputnik O‘zbekiston
Vladimir Putin Mustaqillik va ezgulik monumentiga gul qo‘ydi

"Shu bois, Shavkat Miromonovichning Toshkentda bunday forumni o‘tkazish borasidagi tashabbusini biz katta xayrixohlik bilan qo‘llab-quvvatladik. Rossiya qator davlatlar, avvalo, MDHga a’zo mamlakatlar bilan bu singari formatda hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘ygan va bu aloqalar amaliyotda chindan o‘zining samaradorligini ko‘rsatgan. Bu ish beradigan, jonli format. Rossiya-O‘zbekiston formati ham buyog‘iga har yili o‘tkaziladi, Rossiya Federatsiyasining turli subyektlari va O‘zbekiston o‘rtasida, birinchi galda, savdo-iqtisodiy sohalarda hamkorlikni rivojlantirishga salmoqli hissa qo‘shadi, deb umid qilamiz", - dedi Putin va mintaqalararo hamkorlik forumi doirasida nafaqat savdo-iqtisodiy, balki gumanitar sohada hamkorlikni rivojlantirish mumkinligini qo‘shimcha qildi.

Rossiya prezidenti shuningdek, O‘zbekiston bilan ikkiyoqlama iqtisodiy aloqalar muvaffaqiyatli rivojlanayotganini qayd etdi.

2017 yil davomida ikki davlat o‘rtasida tovar ayriboshlash 34% oshgan bo‘lsa, joriy yil yanvar-avgust oylarida bu ko‘rsatkich yana 30%ga ortdi, Rossiya Federatsiyasi subyektlari va O‘zbekiston viloyatlari o‘rtasidagi aloqalar tobora jadallashmoqda, hamkorlik yo‘nalishlari kengaymoqda. Joriy yilda regionlar rahbarlari 20ta javob tashriflarini amalga oshirdilar, Rossiya tomonidan, ayniqsa, Moskva, Peterburg, Orenburg va Chelyabinsk viloyatlari faollik ko‘rsatdi.

"Bilamizki, O‘zbekiston prezidenti sayi-harakatlari tufayli O‘zbekiston viloyatlari rahbarlarining faolligi ortdi. Bu juda ta’sirchan natijalarni berishi mumkin. Forumda bir necha bor ta’kidlangan bo‘lsa ham, takrorlab o‘taman, ushbu tadbirda Rossiyaning 30 ta subyektidan 1000ga yaqin ishtirokilar qatnashmoqda. Ular orasida 10 nafar gubernatorlar va 850 nafardan ortiq biznesmenlar bor. Bu o‘zbekistonlik sheriklar bilan hamkorlikda jiddiy ish olib borishga tayyorligimizni bildiradi", - dedi Rossiya prezidenti. 

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovPrezident Rossii Vladimir Putin i prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev
Putin tashrifi maqsadi: O‘zbekiston va Rossiya I mintaqalararo hamkorlik forumi yakunlari - Sputnik O‘zbekiston
Prezident Rossii Vladimir Putin i prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev

Putin shuningdek, Rossiyada O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi mahsulotlari importi uchun eng qulay sharoitlar yaratilganini aytdi.

"Bojxona "yashil yo‘lagi" tizimi joriy etilgan, fito-sanitar nazorati bo‘yicha maxsus tartib amaliyoti qo‘llaniladi, imtiyozli temir yo‘l tariflari amal qilib kelmoqda. Bularning barchasini o‘tgan yil O‘zbekiston prezidentining Moskvaga amalga oshirgan tashrifi davomida muhokama qilganmiz. Va bu kelishuvlarning barchasi, ko‘rib turganingizdek, hayotga tatbiq etilgan", - dedi u.

Putin ikki davlat o‘rtasidagi o‘zaro savdo va logistika bo‘yicha ishlarni yanada optimallashtirish choralarini davom ettirish zarurligini qayd etdi. 

"Xususan, O‘zbekistonga qaytayotgan transportni to‘ldirish masalasini hal etish kerak, albatta, gap bu yerda Rossiya mahsulotlari, jumladan, oziq-ovqat mahsulotlari haqida bormoqda. Bu uchun imkoniyatlar yetarli. Rossiyada qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab-chiqarilishi so‘nggi 5-yil davomida 20%dan oshdi", - dedi Rossiya prezidenti va o‘tgan yil davomida don mahsulotlari hosildorligi "rekord" natija - 135 milliard tonnani tashkil etganini  qo‘shimcha qildi. 

Furalar - Sputnik O‘zbekiston
Rossiya O‘zbekistonga urug‘lik kartoshka, baliq va don yetkazib bermoqchi

Rossiya bugun dunyoda bug‘doy yetkazib berish bo‘yicha birinchi o‘rinda, don mahsulotlarini yetkazib berish bo‘yicha ikkinchi o‘rinda turadi. Shuningdek, go‘sht eksporti bo‘yicha ham ko‘rsatkichlari tobora oshmoqda.

Putin Rossiya qayta ishlash yo‘nalishlari bo‘yicha ham O‘zbekiston bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yishi mumkinligini aytdi. "Forum doirasida o‘tkazilayotgan qishloq xo‘jaligi ko‘rgazmasi yangi biznes-aloqalarni o‘rnatishga imkon yaratadi va hamkorlikdagi istiqbolli loyihalarni ochib beradi. Rossiya O‘zbekistondagi katta yer egalarining sifatli qishloq xo‘jalik texnikasiga bo‘lgan ehtiyojlarini to‘liq qondirishga hamda oziq-ovqat va qayta ishlash sanoatini modernizatsiya qilishda yordamlashishga tayyor", - dedi Putin va Rossiyaning qishloq-xo‘jalik mashinalari qurilishi bo‘yicha eng yirik korxonalaridan biri - "Rosselmash" O‘zbekistonda yem-xashak yig‘ishtiruvchi kombaynlarni ishlab-chiqarish bo‘yicha loyihani hayotga tatbiq etishga kirishganini aytdi.

Putin Rossiyaning boshqa ishlab-chiqaruvchilarida ham xuddi shunga o‘xshash rejalar borligini qo‘shimcha qildi. 

"Rossiya bundan keyin ham O‘zbekiston agrar-sanoati majmualari uchun mutaxassislarni tayyorlashda ko‘maklashadi. Rossiya qishloq xo‘jaligi yo‘nalishidagi oliy ta’lim dargohlarida 800 ga yaqin o‘zbekistonlik talabalar tahsil olishmoqda. Kelgusi o‘quv yilida Toshkentda Astraxan universitetining agro-madaniyat fakulteti filialini tashkil etish ko‘zda tutilgan", - dedi Rossiya prezidenti.

Putin O‘zbekiston bilan hamkorlik aloqalarida qishloq xo‘jaligi - muhim rol kasb etishini, ammo aloqalar bu yo‘nalish bilan cheklanib qolmasligini qayd etdi.

Proyekt AES v Uzbekistane - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistondagi birinchi atom elektr stansiyasi surati

"O‘zbekiston va Rossiya hamkorligi uchun imkoniyatlar juda keng va ulardan ko‘p natijalarni kutish mumkin. Va bugungi muzokaralarimiz yakuni ham buni isbotladi. Ishonchim komilki, regionlarimiz ikkiyoqlama sheriklik aloqalarini rivojlantirishda o‘z ishtirokini yanada faollashtiradi. Biz, O‘zbekiston prezidenti bilan sizlarning barcha konstruktiv tashabbuslaringiz va yangi hamkorlikdagi loyihalaringizni qo‘llab-quvvatlab boramiz. Va men ham, O‘zbekiston prezidenti singari sizlarga faqat ezguliklarni tilab qolaman. Ishingizga muvaffaqiyat tilayman", - deb o‘z nutqini yakunladi Vladimir Putin.

Sessiya yakunida Rossiya va O‘zbekiston prezidentlari Markaziy Osiyoda birinchi bo‘lgan va O‘zbekiston iqtisodiyotining "lokomotivi" bo‘lishi prognoz qilinayotgan AES qurilishi loyihasiga birgalikda start berdilar.

Yangiliklar lentasi
0