Osokin: O‘zbekistonda yaxshi biznes-analitika yetishmaydi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovEkspert po upravleniyu proyektami, upravlyayushiy partnyor Osokins Consulting Roman Osokin
Ekspert po upravleniyu proyektami, upravlyayushiy partnyor Osokins Consulting Roman Osokin - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston-Rossiya birinchi mintaqalararo forumda ishtirok etgan ekspert Roman Osokin forum haqidagi fikrlari va kelgusida nimalarga e’tibor qaratish kerakligi xususida o‘z fikr-mulohazalari bilan o‘rtoqlashdi

TOShKENT, 20 okt - Sputnik, Dilshoda Rahmatova. Rossiya prezidenti Vladimir Putinning O‘zbekistonga davlat tashrifi doirasida Toshkentda ikki kunlik O‘zbekiston-Rossiya birinchi mintaqalaro forumi o‘tkazildi. Unda ikki davlatdan viloyatlar hokimlari, biznes doiralar va korxonalar rahbarlari ishtirok etishdi.

Roman Osokin, loyihalar boshqaruvi bo‘yicha ekspert 18-19 oktabr kunlari Toshkentda o‘tkazilgan O‘zbekiston-Rossiya birinchi mintaqalararo hamkorlik forumi bo‘yicha o‘z fikr-mulohazalarini bildirdi.

Gosudarstvenniy vizit prezidenta RF V.Putina v Uzbekistan - Sputnik O‘zbekiston
Putin tashrifi maqsadi: O‘zbekiston va Rossiya I mintaqalararo hamkorlik forumi yakunlari

"Birinchi o‘rinda forum tashkilotchilariga minnatdorlik bildirmoqchiman. Men bir yarim yildan beri O‘zbekistonda bo‘lsam, shuni tasdiqlashim mumkin-ki O‘zbekiston-Rossiya forumi men bu yerda guvohi bo‘lgan boshqa xalqaro biznes tadbirlarni ham ishtirokchilar va tashkilotchilik sifati nuqtayi-nazardan ham ortda qoldirdi", - dedi Osokins Consulting boshqaruvchi hamkori.

Osokinning aytishicha, Rossiya prezidenti Vladimir Putindan tashqari gubernatorlarning va RF hukuat a’zolarining O‘zbekistonga tashrifi forum ahamiyatini oshirdi.

"Bu Rossiya va O‘zbekiston o‘rtasidagi munosabatlarda sezilarli ijobiy tendensiyaga javob beradi: so‘nggi bir yil ichida mamlakatlar o‘rtasidagi tovarayriboshlash uch barobar ortdi", - dedi Osokin.

U shuningdek, forumdagi ayrim kamchiliklar xususida ham to‘xtalib o‘tdi.

Uzekspotsentr - Sputnik O‘zbekiston
Yangi AES, iqtisodiyot va klasterlar: birinchi mintaqalararo hamkorlik forumi

"Forumda sezilgan kamchiliklarga to‘xtaladigan bo‘lsam, aytishim mumkin-ki - mustaqil ekspertlar ishtiroki yetishmadi. Ular O‘zbekiston iqtisodiyoti haqida to‘liq, shuningdek, alohida sanoatlar bo‘yicha ham tahlil va prognozlarni taqdim etishlari mumkin edi. Mening fikrimcha, O‘zbekiston haqida yaxshi biznes-analitika haqiqatda bugun kamob, bu sohada axborot tanqisligi ko‘zga tashlanmoqda. Moliya va yuridik konsalting, ko‘chmas mulk konsaltingi va loyihalarni boshqarish bo‘yicha konsaltinglar sohalaridagi yirik firmalar mana shunday ekspertlar rolini bajarishi mumkin", - dedi u.

Osokin kelgusi forumlarda doklad va taqdimotlar kamroq, jonli muloqot - diskussiyalar ko‘proq bo‘lishi kerak, degan fikrda.

"Savol/javob" formatida fikr almashish menimcha yetarli darajada bo‘lmadi. Ishonchim komilki, barcha ishtirokchilar o‘rtasida o‘tkaziladigan yuqori darajadagi interaktiv muloqot tadbir muvaffaqiyatini belgilovchi indikator bo‘ladi va bu umuman olganda Rossiya va O‘zbekiston biznesi vakillari o‘rtasida ishonch va o‘zaro tushunishga yordam beradi", - deya o‘z fikrini yakunladi ekspert.

Yangiliklar lentasi
0