"Toshkent City"ni 4-yilda qursa bo‘ladimi? Ekspert Roman Osokin bilan intervyu

© Foto : Iz lichnogo arxiva Romana OsokinaRoman Osokin
Roman Osokin - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Keng ko‘lamdagi islohotlar O‘zbekiston tarixida yangi sahifani ochdi. "Toshkent City" loyihasi bilan esa O‘zbekiston jahon sahnasida zamonaviy va taraqqiy etayotgan respublika sifatida namoyon bo‘lishi kerak edi. Ammo ekspert Roman Osokin ushbu loyihani amalga oshirishda ba’zi kamchiliklarga yo‘l qo‘yilgani va shu tufayli “Toshkent-Siti” loyihasi atrofida muammolar yuzaga kelayotganini aytmoqda

TOShKENT, 2 noya - Sputnik, Dilshoda Rahmatova. Katta qurilish - bu katta mablag‘ degani. Toshkent katta harajatlar sinoviga tayyormi, xalqaro ekspertlar bugun O‘zbekistonga qanday tavsiyalarni berishmoqda? Umuman, mamlakatdagi shahar qurilishi bilan bog‘liq masalalar va "Toshkent-Siti" qurilishini amalga oshirish muddati haqida Sputnik O‘zbekiston muxbiri Toshkent City loyihasida bevosita ishtirok etgan, loyihalarni boshqarish bo‘yicha ekspert Roman Osokin bilan suhbatlashdi.

Proyekt budushego delovogo sentra Tashkent-Siti - Sputnik O‘zbekiston
"Toshkent-siti" - maydoni 70 gektar, qiymati 1 mlrd dollar

Joriy yil iyun oyida Toshkent shahar hokimi Jahongir Artikxodjayev Xalqaro Press-klub sessiyasida Toshkent City loyihasi haqida to‘xtalgan va bu nafaqat O‘zbekistonda, balki Markaziy Osiyodagi eng ulkan loyihalardan biri bo‘lishini qayd etgan edi. Oktabr oyi boshida O‘zbekistonda ilk marotaba UDAW 2018 - Dizayn va arxitektura haftaligi o‘tkazildi. Dizayn haftalik dunyoning taniqli dizaynerlari va arxitektorlarini Toshkentda to‘plashi, professionallar o‘z ishlarini ko‘rsatishi, boshqalar bilan fikr va tajriba almashishi ko‘zda tutilgan edi.

Dizayn haftalikda bevosita ishtirok etgan Roman Osokin tadbirdan olgan taassurotlari va fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

"Dizayn va arxitektura haftaligi - O‘zbekistonda o‘tkazilgan bu turdagi birinchi tadbir bo‘ldi. Bu borada tanqidiy fikr bildirishdan yiroqman, sababi, uning o‘tkazilishining o‘ziyoq katta muvaffaqiyat desa bo‘ladi. Agar bu haftalik Moskvada har yili o‘tkaziladigan Urban forum - ya’ni developer, arxitektor, urbanistlar va siyosatchilarni bitta muzokara maydonchasiga to‘play oladigan miqyosga yeta olsa, bu uning eng katta yutug‘i bo‘lardi. Istagim ham shu. Muhimi, u navbatdagi odatiy reklama yoki dizayn ko‘rgazmasiga aylanib qolmasin...".

Osokin O‘zbekistonga bugungi kunda bu kabi tadbirlar juda kerak, deb hisoblaydi. Chunki "respublikada shaharsozlik, arxitektura, umuman, shaharning kelajakdagi tashqi qiyofasini belgilovchi muzokaralar maydoniga bo‘lgan ehtiyoj bugun juda yuqori".

"Men loyihani maksimal qisqa vaqt ichida boshqarish bo‘yicha master klass o‘tdim. O‘zbekistonda mijozlar sizdan imkon qadar qisqa vaqtda ishini bitirib berishingizni so‘rashadi. Arxitektorlar ham dizayn uchun noreal qisqa vaqt belgilaydilar va meni nazarimda, bu hamisha ham o‘zini oqlamaydi. Shu bois, loyihalashtirish bo‘yicha jarayonni qisqa vaqtda tugallangan holatga keltirish uchun ularga o‘z yechimlarimni yetkazishga harakat qildim", - deydi Osokin.

© mytashkent.uzToshkent-siti
Toshkent Cityni 4-yilda qursa bo‘ladimi? Ekspert Roman Osokin bilan intervyu - Sputnik O‘zbekiston
Toshkent-siti

Ekspert muddat masalasiga qaytar ekan, O‘zbekistonda ko‘pincha "Qanchalik tez?", degan savolga duch kelishini tan oladi.

"Shunday vaqtlarda mijoz o‘ziga-o‘zi o‘ta muhim bo‘lgan "Nega?" degan savolni berishini xohlayman va shunga harakat qilaman. Ya’ni tezda bajara olamizmi, ehtimol bajara olamiz. Lekin natijada nimaga ega bo‘lamiz, keling shu haqda o‘ylab ko‘raylik, ya’ni xatarlarga baho beraylik. Umuman olganda, har qanday loyihani boshlashdan oldin - u nega kerak degan savolni chuqur o‘ylab ko‘rish lozim", - deya o‘z fikrlari bilan bo‘lishadi Osokin.

Qurilish va siyosat

Suhbatimiz qurilish va siyosatning o‘zaro bog‘liqliklariga ko‘chadi. Shunda Osokin O‘zbekiston poytaxtida o‘tkazilgan dizayn haftaligi ishtirokchilaridan biri - mashhur ispan arxitektori Manuel Nunyes-Yanovskiy o‘z chiqishining yarmini arxitektura emas, siyosatga bag‘ishlagani haqida aytib o‘tadi.

Press-konferensiya datskogo arxitektora Yana Geyla - Sputnik O‘zbekiston
Dunyoga mashhur arxitektor Yan Geyl Samarqand obidalaridan hayratda qoldi

"Shahar qurilishida siyosat nima uchun kerak? Bunda bosh maqsad - xorijiy davlatlar investorlari va siyosatchilariga loyiha taqdimotini o‘tkazish bilan birga loyihaning xalq uchun ahamiyatini tushunarli izohlab berishdir. Agar yaxshilab tushuntira olsangiz, ehtimol ishlar jadallashar. Shu bilan birga, "Nega?" degan savol chuqur o‘ylab ko‘rilsa, balki qurilishni tezlashtirish zarurati ham yo‘qolar", - deydi Osokin .

O‘n yildan ziyod tajribaga ega bo‘lgan xalqaro ekspert O‘zbekistonda "Nega?" degan savolga javob berilmasligi, umuman shaharga ko‘chmas mulklar va ulkan loyihalar nega kerakligi to‘g‘risida deyarli gapirilmasligini ta’kidlab o‘tadi.

Suhbatdosh "Toshkent City" O‘zbekistonning butun boshli iqtisodiyoti indikatori rolini bajarishi kerak bo‘lgan bir vaqtda mutasaddilar ushbu loyihaning ham tashqi ham ichki manifestatsiyasi uchun mas’ul ekanligini qayd etadi.

Daniyalik arxitektor Yan Geyl - Sputnik O‘zbekiston
Arxitektor Yan Geyl: Toshkent ko‘chalarini piyodalarga qaytarish zarur

"Misol uchun, Moskva-Siti qurila boshlaganida, Moskvaga kirishni rejalashtirgan har qanday investor eng avvalo Moskva-Sitida ro‘y berayotgan oxirgi voqealar haqida ma’lumotga qiziqib ko‘rardi. Hamma ish turibdimi - qurilish bo‘lmayaptimi - unda men ham kutib turaman, derdi investorlar. Toshkent-Siti loyihasi jamoasi nafaqat qurilish oxiriga yetkazilishi va uning moliyaviy jozibadorligi, balki loyiha bilan bog‘liq ma’lumotlarni tushuntirib berish uchun ham mas’ul. Lekin afsuski, bu loyihaning Toshkent aholisi uchun nega kerakligi haqidagi tushunarli manifestatsiyani men hali ham ko‘rganim yo‘q. Unda qurilayotgan metrlar haqida gapirishmoqda, bu yaxshi. U yerda yashash qulayliklari haqida aytishdi - tasanno. Hatto park hamma uchun ochiq bo‘lishini ma’lum qilishdi. Lekin bu loyiha Toshkent hokimligiga nega kerakligi hamon ochiq qolmoqda", - deydi xalqaro ekspert va ayni vaqtda ushbu loyihada qanday ehtimoliy xatarlar mavjudligini aniqlashtirib olish kerakligini qo‘shimcha qiladi.

Osokin fikricha, ko‘p ma’lumotlar ochiqlanmasa-da, loyihani amalga oshirishdan maqsad - bu yangi ish o‘rinlari va soliqlar bo‘lishi mumkin.

"Toshkent-Siti" "Moskva-Siti"dan nimalarni o‘rganishi mumkin?

Roman Osokin Toshkent-Siti dunyodagi eng yirik loyihalar bilan raqobatlashayotganini ta’kidladi.

"Cushman & Wakefield"dagi hamkasblarimiz va Toshkent-Siti direktori bilan birgalikda ushbu loyihaning moliyaviy konsepsiyasini ishlab chiqishda, dunyoda biz namuna olishimiz mumkin bo‘lgan "Toshkent-Siti" loyihasini aynan takrorlovchi referent loyihani topa olmadik. Ammo maydoni jihatdan o‘xshash relevant loyihalarni uchratdik. Bitta farqi shundaki, "Toshkent-Siti"ga o‘xshash loyihalarning barchasi dunyo bo‘yicha 15-20 yil muddatda qurilgan", - deydi ekspert va O‘zbekistondagi loyihani to‘rt yilda amalga oshirish rejasiga mutaxassis sifatida "urinib ko‘rish mumkin", deya baho beradi.

© Sputnik / Aleksey Filippov Mejdunarodniy delovoy sentr Moskva-Siti
Toshkent Cityni 4-yilda qursa bo‘ladimi? Ekspert Roman Osokin bilan intervyu - Sputnik O‘zbekiston
Mejdunarodniy delovoy sentr Moskva-Siti

Eskpert bugungi kunda moliyaviy jihatdan muvaffaqiyat qozongan "Moskva-Siti", uni qurishda yo‘l qo‘yilgan xatoliklar va ushbu kamchiliklardan chiqarish mumkin bo‘lgan xulosalar haqida to‘xtalib o‘tdi.

Osokin, bu loyihaning muvaffaqiyatini belgilagan asosiy sabablardan biri - Moskva meriyasining ushbu loyihaga "master-developer" sifatida kiritilganida deb biladi.

"Boshida loyihaga munosabat boshqacha edi. Maydonlar taqsimlanib, Bosh reja va aksariyat binolarning dizayni ishlab chiqilgan va investorlarga "nima xohlasang, qur" degan ma’noda to‘liq erkinlik berilgan edi. Ya’ni davlatning investorlarni Bosh rejaga amal qildirish bo‘yicha qat’iy pozitsiyasi yo‘q edi. Natijada, davlat loyiha rahbari safidan deyarli chiqdi, shu tariqa markazda park o‘rnida "Afimoll" ko‘ngilochar-savdo majmuasi qurildi, barcha binolarda kutilmaganda qo‘shimcha qavatlar paydo bo‘la boshladi, ya’ni, menimcha, investorlarning o‘ylab ko‘rilmagan ochko‘zligi tufayli "qo‘shnilar" o‘rtasida kimning binosi balandroq bo‘lishi borasida "poyga" boshlandi. Natijada, bozor o‘zlashtirishi mumkin bo‘lgandan ko‘proq maydonlar yuzaga keldi", - deydi suhbatdosh.

Osokin Moskva-Siti loyihasi hayotga tatbiq etilishida, shu tariqa, davlatning hatto marketingda ham roli bo‘lmaganiga e’tibor qaratadi. Mana shu tajribadan xulosa chiqargan holda, investorlar qiziqishini qozonish uchun loyiha kelajakda mayda 8ta "Toshkent-sitichalar" emas, balki yagona loyiha sifatida taklif etish kerak, deydi. Va bunda davlatning aniq va qat’iy pozitsiyasi talab etiladi.

To‘siqlar masalasi - ular nega kerak?

Roman Osokin suhbatimiz davomida qurilish amalga oshirilayotgan vaqtda shrnatiladigan va qurilishdan keyingi to‘siqlar haqida batafsil to‘xtaldi.

Xokim Tashkenta Artikxodjayev Djaxongir - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonning bosh hokimi kim u: Artikxodjayev o‘zi haqida gapirdi

"E’tibor beradigan bo‘lsak, qurilish bo‘layotgan hudud (Toshkent-Siti hududi demoqchi - tahr.) juda chiroyli, juda baland to‘siqlar bilan o‘ralgan. Men San-Fransisko va Las-Vegasda loyihalarni boshqarganim sababli, Toshkent-Siti rahbarlari mendan ekspert sifatida "Roman, San-Fransiskoda to‘siqlar qanaqa bo‘ladi?", deb so‘rashgan. Men San-Fransiskoda baland to‘siqlar man etilganini aytdim. U yerda barcha qurilish maydonlari setkalar bilan o‘ralgan bo‘lishi kerak. Ya’ni bu Hukumatning o‘ziga xos shaffofligi ramzi hisoblanadi: istalgan fuqaro qurilish ishlari jarayoni qay tartibda ketayotganini kuzatish imkoniga ega. Deylik, qurilish krani ikki haftadan buyon joyida turibdimi yoki maydondagi inshootlar balandligi oshaptimi - odamlar bu jarayonni kuzatib borishdan mahrum etilmaydi", - deydi ekspert.

Osokin, Toshkentdagi qurilish maydonini baland to‘siqlar bilan o‘rash qarori mutasaddilar tomonidan shahar aholisini qurilish maydonidagi changlardan himoya qilish maqsadida qabul qilingan bo‘lishi mumkin, degan taxminni ilgari suradi. Shuningdek, to‘siqlardagi suratlar odamlarga ushbu maydonda qanday inshootlar bunyod etilishi borasida o‘ziga xos ma’lumot bo‘lishi mumkinligini ham inkor etmaydi. Lekin shunday bo‘lsa-da, ekspert loyiha rahbarlariga tajriba ozlik qilganini iddao qildi.

Prezident Respubliki Uzbekistan Shavkat Mirziyoyev - Sputnik O‘zbekiston
Toshkent hamma sohalarda namuna bo‘lishi kerak - Shavkat Mirziyoyev

"Baland to‘siqlar Yevropa davlatlarida qo‘llanilmaydi, Moskva-Siti qurilishida ham maydon atrofi setka bilan o‘ralgan, va kerak bo‘lsa, fuqarolar uchun maxsus "kuzatuv-maydonchalari" bunyod etilgan edi. Nazarimda, shahar markazida mavjud bo‘lgan to‘siq - bu muvaffaqiyatsizlikning tan olinishi", - deydi Osokin.

Ekspert so‘zlariga ko‘ra, "Toshkent-Siti" qurilishi uchun shaharning eng yaxshi maydoni tanlangan. Va hatto qurilish maydonining "eng yaxshi" qismi - eng qimmat lot - uy-joylar uchun ajratib berilgan. Roman Osokin ishbilarmonlik markazi bo‘lishi kutilayotgan Toshkent-Sitiga uy-joylar kerak emas edi, degan fikrda.

"Agar biz yangi iqtisodiyot sari harakat qilmoqchi ekanmiz, nega biz bor diqqatimizni biznesga qaratmaymiz? Nega Toshkent-Siti 80% maydonnigina ofislar uchun ajratgan. Menimcha, loyihaning muvaffaqiyati bilan bog‘liq savollarni mana shu yerdan qidirish kerak. Kimdir u yerdan kvartira olish-olmasligi masalasi, muvaffaqiyatsizlik ko‘rsatkichi bo‘lmasa ham, bu loyihaning ko‘lami boshpana masalasidan kengroqligini ta’kidlamoqchiman", - deydi suhbatdosh va loyihaning shahar uchun foydali jihati Toshkent-Sitida kelajakda ishlaydigan ishchilardan olinadigan soliqda ekanligini eslatib o‘tadi.

Toshkent - katta xarajatlarga tayyormi?

Xalqaro ekspert, O‘zbekiston poytaxtida Toshkent-Sitidek ulkan loyihani amalga oshirish uchun zaxira borligini, misol uchun ma’lum bir loyihani amalga oshiradigan investorlar topilishini ta’kidlaydi.

"Masala shundaki, bu zaxiralar chegaralanmagan emas, tabiiyki, chet ellik investorlarni olib kelish kerak. O‘zbekistonga kirib keladigan investorlar duch keladigan masalaga to‘xtalsak, ha, mamlakatda ajoyib maydonlar, Hukumatning turli darajada qo‘llab-quvvatlovi, bularning barchasi bor, faqat kommersiya borasida ma’lumot yo‘q. Ya’ni investor o‘z mablag‘ini nimaga tikishini aniq ko‘rsata oladigan iqtisodiy axborot mavjud emas", - degan fikrda ekspert.

Yangiliklar lentasi
0