22:43 15 Noyabr 2018
Efir
  • RUB121.79
  • EUR9374.66
  • USD8271.27
Zolotыe slitki

Bular bir nimani biladi... Qator davlatlar oltin zahiralarini oshirmoqda

© Sputnik / Aleksandr Kondratyuk
Analitika
Havola olish
346361

Rossiya, Qozogʻiston, Turkiya, Polsha, Vengriya, Hindiston – yoppasiga oltin sotib olishmoqda. Buning sababi nimada.

TOSHKENT, 4 noya – Sputnik. Umumjahon Oltin Kengashi (WGC) oʻzining hisobotida aytishiga qaraganda, Rossiya Banki 2018 yilning 9 oyi davomida 92,2 tonna oltin sotib olgan. Bu UOK tarixida qisqa vaqt ichida amalga oshirilgan eng yirik xarid boʻlgan, RIA Novosti xabariga asosan.

Ayni damda Rossiya oltin zahiralari 2000 tonnadan ortib, dunyodagi barcha  oltin zahiralarining 17% ini tashkil qildi.

Shuni qayd etish kerak-ki, soʻnggi vaqtlarda oltin sotib olish boʻyicha nafaqat Rossiya, balkim boshqa mamlakatlar ham rekord qoʻymoqda. UOKning soʻnggi hisoboti boʻyicha, 2018 yilning 3 kvartalida dunyo mamlakatlari Markaziy Banklari oxirgi 148,4 tonna oltin sotib olishdi. Bu oʻtgan yilning ushbu davriga nisbatan 22% ga koʻp.

2018 yilda eng koʻp oltin sotib olgan malakatlar qatoriga Qozogʻiston, Turkiya, Polsha, Hindiston ham qoʻshilgan. Vengriya boʻlsa oltin sotib olish boʻyicha mutlaq rekord oʻrnatgan. Ushbu mamlakat yil davolmida oʻz oltin zahiralarini 10 baravarga oshirgan - 3,1 tonnadan 31,5 tonnagacha.

Yirik xaridorlar oltin sotib olishda, albatta, juda ehtiyotkor harakat qilishadi. Hech kim oldindan men bu yil 100 tonna oltin sotib olaman deb eʼlon qilmaydi. Aks holda yirik buyurtma paydo boʻlganda taklif narxi ham keskin oshishi mumkin. Markaziy banklar sekin-sekin, kichik partiyalar bilan, doimiy ravishda sotib olishda davom etadi.

Lekin shunga qaramasdan, ushub  bozori chaqqon mahsulotning narxi oshishi ham tabiiydir. Avgust oyida Bir troya untsiyasi uchun 1178 dollar boʻlgan oltin 29 oktyabrda - 1230,8 dollardan sotilishi kuzatildi.

Xoʻsh, nega Markaziy banklar oltinni bunchalik yaxshi koʻrib qolishdi?

Oltinga talab va uning narxi oshishi uni yana, eng qadrli tovariga – xalqaro ayrboshlash va mablagʻni ishonchli saqlash vositasiga aylantirayotganga oʻxshaydi. Oldinlari “oltin jamlash” trendi 3-4 mamlakatni  qamrab olgan boʻlsa, endi bunday mamlakatlar soni 10 dan ortgan. Qolgan koʻplab malakatlar oltin jamlamasada, oʻz oltin zahiralarini sotishni toʻxtatgan.

Yaʼni, Bretton-Vud va Yamaykada imzolangan, dunyo rezerv valyutasi haqidagi shartnomaning tagiga suv quyilayotganidan darak beradi. Yaʼni, insoniyat tarixida eng yirik piramida, boʻsh pufak boʻlgan – dollarning sanoqli kunlari qolganidan dalolat berishi mumkin.

AQSH dunyoda tadbir etgan moliyaviy tizimining kuni bitayotganidan yana bir necha omillar ham dalolat berishi mumkin:

  • Biror tizim yoki mantiqqa asoslanmagan iqtisodiy siyosat;
  • Istalgan mamlakatni iqtisodiy nishonga olish, sanktsiyalar kiritish, milliy valyutasi kursini barbod  qilish;
  • Dunyo iqtisodiyoning eng yirik ishtirokchilari boʻlgan Xitoy va YEI bilan bir vaqtning oʻzida iqtisodiy urush olib borish;
  • AQShning ichki siyosatida yuz berayotgan turli hodisalar;

Bundan nostabil sharoitda, tabiiyki iqtisodiyotining yirik  subʼyektlari ehtiyot choralarini koʻrib qoʻyishga majbur boʻlishadi.

Oltin. Arxiv surat
© Sputnik / Aleksandr Kondratyuk

Xususan, maʼlum  vaziyatlarda oʻz qiymatini yoʻqotishi mumkin boʻlgan nostabil manbaaning aktivlaridan imkon qadar xalos boʻlishga harakat qiladi.

Rossiya 2014 yildan boshlab Amerika obligatsiyalaridan voz kechishni boshladi. Ayni damda Rossiya Markaziy Banki ixtiyorida boʻlgan AQSH obligatsiyalari miqdori 2010 yilga nisbatan 12 baravarga kamaydi. 2018 yilning boshidan buyon esa 6 baravarga: 96 mlrd dollardan – 14,9 mlrd dollargacha.

Bu esa faqat bir nasadan - oldin “tinchlik va barqarorlik oroli” va har qanday krizisdan mablagʻni saqlab qoluvchi “ishonchli vosita” hisoblangan - AQSH dollari va AQSH davlat obligatsiyalari bugungi kunda oʻz maqomini yoʻqotayotganidan dalolat beradi.

Asosiy mavzular