22:46 15 Noyabr 2018
Efir
  • RUB121.79
  • EUR9374.66
  • USD8271.27
19 oktyabrya 2018. Prezident RF Vladimir Putin i prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyeyev (sprava) vo vremya tseremonii starta realizatsii proyekta stroitelstva AES v rayone ozera Tudakul v ramkax Foruma mejregionalnogo sotrudnichestva Rossii i Uzbekistana.

Putin Oʻzbekiston uchun tizimli “yonilgʻi” olib keldi – ekspert

© Sputnik / Aleksey Nikolskiy
Analitika
Havola olish
Igor Nikolaychuk
121730

Vladimir Putinning Oʻzbekistonga 18-19 oktyabr kunlari boʻlib oʻtgan davlat tashrifi doirasida umumiy qiymati 27 milliard dollardan oshiqroq 800 ta hujjatlar imzolandi, Markaziy Osiyoda birinchi AESga tamal toshi qoʻyildi.

Igor Nikolaychuk, maxsus mediametrik tadqiqotlar markazi eksperti - Sputnik Oʻzbekiston uchun

Rossiya prezidenti Vladimir Putinning Oʻzbekiston Respublikasiga tashrifidan oldin ikkita oʻta muhim voqea boʻlib oʻtdi.

Birinchidan, Putin “Valday” Xalqaro munozalar klubida bayonot qildi. Aniqrogʻi, jahon birlashmalariga yangi “xabar” yoʻlladi. Xorijiy matbuotlar ushbu bayonotni qoʻyidagicha talqin qilishdi: “Putin Gʻarbdagi yomon munosabatlarini eʼtiborga olmasdan, Rossiya uchun Sharqdagi aloqa va jarayonlarni qiziqroq deb hisoblamoqda”.

Shundan soʻng barcha – gap Rossiya va Xitoy munosatlari rivojlanishi va chuqurlashishi haqida boradi deb oʻylagandi. Lekin bu faqat qisman toʻgʻri boʻlib chiqdi. Obʼyektiv nuqtai nazardan esa, bugungi kunda Moskva tomonidan faqat bir yoʻnalishga kuchli geopolitik qiziqish sezilmoqda – Markaziy Osiyoga hududiga yangicha koʻrinishda qaytish.  

Ikkinchidan, Putinning mamlakatga davlat tashrifi arafasida Moskvada mustaqil Oʻzbekistonning birinchi prezidenti – Islom Karimov haykali ochilgandi.

Haykal britaniyalik zamonaviy haykaltaroshga buyurtma berilgandi. Moskvada bir yil ichida joy tayyorlab u yerga haykal oʻrnatish – bu amrimahol ish. Lekin  bu amalga oshirildi. 

Yuqorida keltirilgan faktlar Vladimir Putinning Toshkentga bulgan tashrifiga xolisona baho berish imkonini beradi va ushbu baho rasmiy OAVlarning odatiy maqolalari bilan belgilangan doira chegarasidan tashqariga chiqadi.

Biz ushbu tashrifning barcha tafsilotlari va yakunlarini sanab oʻtmaymiz. Ular jurnalistlar tomonidan keng yoritilib tahlil qilingan. Bu yerda bir umumlashtiruvchi qandaydir belgi, ramz, ifoda kerak. Men ushbu ramz quyidagidan iborat deb hisoblayman: Rossiya Oʻzbekiston jamiyatini zamonaviylashtirish jarayonida ishtirok etish istagi borligini yaqqol namoyish  qildi.

Rivojlanishning yangi bosqichi

Sir emaski, Markaziy Osiyo respublikalari tomonidan mustaqillikka erishish jarayoni qandaydir maʼnoda ijtimoiy – tarixiy ortga qaytish, jamiyatning eskilashuviga sabab boʻldi. Bunga iqtisodiy aloqalarning uzilishi, sanoat rivojining susayishi, dinning roli kuchayishi, dindorlarning hukumatga yaqinlashuvi, ilmiy jarayonlarning sekinlashuvi va ularning qisqartirilishi, madaniy gumanitar sohalarning qayta qurilishi sabab boʻldi. Hatto sovet davrida ham milliy anʼanalar, qarindosh urugʻchilik kuchli boʻlgan Oʻzbekiston ham  Islom Karimov davrida ushbu jarayonlardan chetda qolmadi.

SSSR parchalangan keyin ittifoq davridagi ijtimoiy liftlar ishlamay qoldi. Ushbu hol nafaqat Oʻzbekistonda, balkim boshqa respublikalarda ham yuz berdi. Jamiyatda oʻqituvchi yoki muhandis kasbi oʻrniga shou-biznes vakili, bank yoki neft-gaz kompaniyasi direktori lavozimida ishlash nufuzli maqomga ega boʻldi.

Putin Oʻzbekistonni zamoniylashtirish uchun tizimli “yonilgʻi” olib keldi. Alohida aytish joizki, ushbu loyihaning tashabbuskori va meʼmori, shubhasiz, Oʻzbekistonning hozirgi prezidenti Shavkat Mirziyoyevdir. Bu uning sisyosiy tanlovi va tarixiy xizmati deb oʻylayman. Rossiya hukumati esa, ushbu tashabbusni qoʻllab-quvvatladi.

Vaziyat shundan iboratki, Oʻzbekiston AES qurilmasa ham uzoq muddat yashashi mumkin edi. Afrikadagi davlatlar yashashmoqda-ku? Lekin bu ishni bir necha sohalarda olgʻa qadam tashlamasdan amalga oshirishning iloji yoʻq. Demak, ushbu yuqori texnologiyali loyiha qurilishi uchun Oʻzbekistonda bir necha sohalarda ilmiy va muhandislik kadrlari tayyorlashi kerak boʻladi. Masalan, Rossiya yadro ilmiy tadqiqot universiteti filialini  ochishni talab qiladi.Yangi avlod ilmiy-texnik intelligentsiyasi uchun esa yangi avlod gumanitariylari kerak boʻladi va ho kazo...  

Ishonch belgisi

Oʻzbekiston va Rossiya hamkorlikda Koinotni tadqiqot qiluvchi radioteleskop  qurish haqidagi rejalari shaxsan meni hayratga soldi. Bu, haqiqatdan, olishqishga savozor! Bunga birgalikda harbiy texnika ishlab chiqarish zavodlarni qoʻshamiz. Bular jangovar lazer boʻlmasa ham, lekin odatiy dasturlar uchun juda koʻp miqdorda yuqori malakali mutaxassislar kerak boʻladi.

Ushbu ulkan rejalarni amalga oshirish uchun iqtisod barqarorligi lozim. Shuningdek, sarmoyalar ham ortiqchalik qilmaydi. Bularnig hammasi hozir va shu yerda kerak. Rossiya buning uchun barcha sharoitni muhayyo qildi. bu Oʻzbekistonga boʻlgan ishonishining dalilidir.

Hadan ortiq optimist boʻlib koʻrinishdan qoʻrqaman, ammo biz sobiq Ittifoq davlatlari integratsiyasining yangi shakliga guvoh boʻlib turibmiz. Oʻzbekiston Rossiyada, Rossiya esa Oʻzbekistonda unib oʻsadi va bularning hammasi ikki davlat baxt-saodati va manfaatlari uchun xizmat qiladi. Ushbu sanani yodda saqlang: “2018 yil 19 oktyabr”

Asosiy mavzular