Mehnat vazirligi norasmiy mehnatga qarshi kurashmoqchi emas

© StringerGrajdane aktivno blagoustraivayut territorii i uchastvuyut v ix ozelenenii.
Grajdane aktivno blagoustraivayut territorii i uchastvuyut v ix ozelenenii.  - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Mardikorchilik singari bandlikning norasmiy turlari patentlashtirilishi bo‘yicha berilgan xabarlarga xalq noroziligidan keyin Mehnat vazirligi o‘ziga o‘zi qarshi chiqdi

TOShKENT, 9 noya - Sputnik, Dilshoda Rahmatova. Internet foydalanuvchilarining ommaviy noroziligidan keyin Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi matbuot xizmati O‘zbekistonda mardikorchilik, ustachilik va kirakashchilik kabi "soyadagi" mehnat faoliyatlari patentlashtirilishi haqidagi xabarlar haqiqatga mos emasligi va kontekstdan yulib olingani haqida bayonot e’lon qildi.

Shu bilan birga, vazirlik, yuqoridagi ish turlarini patentlashtirish qarori qonunchilik tashabbusi emasligini ma’lum qilib, fuqarolarni tinchlantirgan holda, hozirda bu masala muhokamada ekanligi va bu yangilik istiqbolda qanday afzalliklar berishi haqida qo‘shimcha ma’lumotlarni taqdim etgan.

Vazirlikning "ushbu xabar haqiqatga mos emas" deya, OAVga bildirgan e’tiroziga javoban, quyidagilarni keltirib o‘tamiz.

Dvorniki na ulitse v Dushanbe, arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda mardikorchilik, kirakashlik va uy-xizmatlari uchun patent joriy etiladi

Hafta boshida Toshkent shahrida o‘tkazilgan "Mamlakatning demokratik yangilanishi va modernizatsiyasida ayollarning o‘rni: O‘zbekiston tajribasi va xalqaro amaliyot" xalqaro konferensiyada har bir jurnalistga spikerlar dokladlari to‘plami tarqatilgan bo‘lib, to‘plamda O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri Sherzod Kudbiyevning "O‘zbekiston Respublikasida ayollar bandligini ta’minlash va ularni tadbirkorlikka jalb qilish" mavzusida ma’ruzasi ham o‘rin olgan edi.

Ma’ruzada mehnat bozoridagi, shu jumladan, ayollar bandligini ta’minlashdagi 4ta asosiy muammo ajratib ko‘rsatilgan.

Birinchi muammo: potensial (yig‘ilib borayotgan) ishsizlikning yuqori darajasi - bunda aholi soni yiliga 600 mingga ko‘payayotganiga qaramay, ish o‘rinlarini tashkil etish tempi demografik o‘sish tempidan ortda qolmoqda.

Ikkinchi muammo: O‘zbekistonda noformal sektorda ishlovchilar ko‘rsatkichi 56% bo‘lib, bunda ayollar ko‘pchilikni tashkil etayotgani va ushbu holat qator salbiy oqibatlarga olib kelayotgani: jumladan, budjetga soliq to‘lovlari kelib tushmayotgani, tekin yeb yotish kayfiyati shakllanayotgani, istiqbolda esa bu holat pensiya tizimiga "yuk" bo‘layotgani aytilgan. 

Uchinchi muammo: fuqarolarning malakasini tasdiqlash tizimi mavjud emasligi. Ya’ni ochiq vakansiyalar soni ko‘p bo‘lishiga qaramay, ko‘pchilik ishsiz va faol ravishda ish izlovchi ayollar yetarlicha professional ko‘nikmalarga ega emasliklari.

Fermeri, yakobi nakazannie za nevipolnenie plana po sboru xlopka - Sputnik O‘zbekiston
Mehnat vazirligi fermerlarni “xo‘rlagan” rahbarni izlamoqda

To‘rtinchi muammo: mehnat bozori strukturasi haqida, ya’ni viloyatlar, iqtisodiy sohalar, korxonalarning tegishli malakali ishchilarga bo‘lgan ehtiyoji haqidagi ma’lumotlar bazasi mavjud emasligida.

Yuqorida qayd etilgan muammolarni hisobga olgan holda, aholi, shu jumladan, ayollarning ratsional bandligini ta’minlashning ustuvor yo‘nalishlari belgilangan.

Ya’ni bunda vazirlik yaqin istiqbolda amalga oshiradigan (katta ehtimol bilan amalga oshirmoqchi bo‘lgan) ishlari rejasi bilan bo‘lishgan.

Birinchidan: Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi har yili davlat buyurtmasi bo‘yicha 300-350 ming ish o‘rinlarini yaratish mexanizmini joriy etishni rejalashtirayotganini ma’lum qilgan.

Ikkinchidan: aholi, jumladan ayollar orasida tadbirkorlik ko‘nikmalarini rivojlantirishni rejalashtirmoqda va "Davlat - tadbirkor bo‘lishga yordam beradi" loyihasi asosida 200-250 ming ish o‘rinlari yaratilishi ko‘zda tutilgan.

Uchinchidan: bandlik sohasiga subsidiya ajratish. O‘z ishini tashkil qilmoqchi bo‘lgan ishsizlarni, shu jumladan, ayollarni qo‘llab-quvvatlash va imtiyozli kreditlashtirish maqsadlari uchun 100 mlrd so‘m mablag‘ ajratish.

To‘rtinchidan: biznes rivojini ta’minlovchi doimiy ravishda yangilanib boradigan mini-ko‘rgazmalarni tashkil qilish.

Beshinchidan: "Ustachilik", "mardikorchilik", "kirakashlik", "uy xizmatlari" singari soyada qolayotgan mavjud mehnat faoliyatlari uchun patent tizimini joriy etish.

Kudbiyevning to‘plamda keltirilgan dokladida noformal bandlikning salbiy oqibatlari sifatida budjetga soliq to‘lovi kelib tushmasligi, tekinga yeb yotish kayfiyati shakllanayotgani va bu oxir-oqibat pensiya tizimiga "yuk" bo‘layotgani aytilgan edi. Shu bugun e’lon qilingan rasmiy bayonotda bugungi kunda rasman ishlamayotgan odamlar kelajakda staj yo‘qligi va tabiiyki buning oqibatida kichik pensiya singari muammolarga duch kelishlari aytilgan. Shunday ekan, OAV vakillariga tarqatilgan dokladda ham gapni soliqdan emas, balki bu holat qanday og‘ir ijtimoiy oqibatlarga olib kelishidan boshlash kerak emasmidi?

Nasilie, arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston
Mehnat vazirligi 5 kunlik ish haftasiga o‘tishga qarshi

Noformal bandlikning eng keng tarqalgan turlari - kirakashlik, mardikorchilik singari mehnat faoliyati yo‘nalishlarining patentlashtirilishini rad etgan vazirlik bunday turdagi patentni olish (kelajakda) faqatgina ixtiyoriy holda amalga oshirilgan bo‘lar edi, deya qo‘shimcha qilgan.

Ya’ni ixtiyoriy ravishda patent olgan va bir yil uchun 912 285 so‘m (oyiga 76 023 so‘m) to‘lagan fuqaroning mehnat staji to‘liq mehnat faoliyati sifatida rasmiylashtirilishini ma’lum qilgan.

Mehnat vazirligining OAVlarda tarqalgan xabarlarga raddiyasiga javoban bir fikrni bildirish mumkin, bugungi kunda butun dunyo bo‘yicha dolzarb muammolardan biri bo‘lgan noformal bandlik muammosiga yechim taklif etayotgan rahbar internet foydalanuvchilarining e’tirozidan cho‘chib o‘zining qonuniy deb hisoblagan nuqtayi-nazaridan voz kechishi emas, balki uni qat’iylik bilan himoya qila bilishi kerakdir, albatta, agar vazirlik ushbu muammo bilan chuqur shug‘ullanib, uning yechimi mana shunda degan yagona xulosaga kelgan bo‘lsa.

Vazirlik o‘zining bu boradagi qarashlarini qat’iy himoya qilishdan cho‘chiyotgan ekan, demak idora mazkur masala borasidagi qarashlarini chuqur tahlil asosida shakllantirmagan.

Yangiliklar lentasi
0