01:33 11 Avgust 2020
Efir
  • RUB137.46
  • EUR12021.09
  • USD10209.86
Analitika
Havola olish
Afgʻoniston: 30 yil tinchlik ilinjida (54)
1438 0 0

Oʻzbekiston Afgʻoniston shimolidagi oʻzbeklarni doimo himoya qilib kelgan.

TOSHKENT, 12 noya - Sputnik. Oʻzbekiston Afgʻoniston uchun begona emas, Afgʻonistonda ham juda koʻp oʻzbeklar yashaydi, - deydi maxsus izlanishlar markazi eksperti Igor Nikolaychuk, - Shuning uchun ham Oʻzbekiston Afgʻoniston shimolidagi oʻzbeklarni doimo himoya qilib kelgan.

Oʻzbekiston Markaziy Osiyoda aholi soni boʻyicha eng yirik mamlakatdir. Shu saba u hududda muhimroq rol uynashni istaydi. Oʻzbekiston Afgʻonistonda tinchlik oʻrnatish jarayonida, turli infraqurilma loyihalarida faol ishtirok etish yoʻlini tanlashi va qator tashabbuslar bilan chiqishi – mutlaq toʻgʻri yoʻldir.

“Yaqinda Vladimir Putinning Oʻzbekistonga boʻlgan tashrifi doirasida Afgʻoniston masalasi ham muhokama qilingan va Putin Shavkat Mirziyoyevning ushbu yoʻnalishdagi tashabbuslarini qoʻllab-quvvatlagan boʻlsa ajab emas. Rossiya esa Afgʻonistonga Oʻzbekiston orqali qandaydir maʼnoda “yumshoq” qaytishi mumkin”, - deydi ekspert.

Buning ustiga oxirgi vaqtlarda Afgʻonistonda Amerikaga qarshi kayfiyatlar oshib bormoqda. Ushbu kayfiyatlar hatto 10 yil oldin AQSH tomonidan qoʻllab-quvvatlab, hukumat boshiga olib kelingan elitalar orasida ham kuchaygan.

Mahalliy aholi koʻp hollarda Afgʻonistonda sobiq Ittifoq askarlari boʻlgan davrni hozirgi AQSH boshqaruvidagi vaqt bilan solishtirib, unda oldingi davrlar yaxshi edi degan xulosalarni aytishmoqda. Bundan bilish mumkinki Afgʻoniston, qandaydir maʼnoda, Rossiyaning oʻz hududiga qaytishini istaydi.

Ekspert fikriga koʻra, oʻtgan haftada “Oʻzbekiston - Afgʻoniston – Pokiston” qoʻshma komissiyasining tashkil etilishi ham ushbu yoʻnalishda qoʻyilgan muhim qadamlardan biridir.

Mavzu:
Afgʻoniston: 30 yil tinchlik ilinjida (54)

Asosiy mavzular