07:02 13 Dekabr 2018
Efir
  • RUB125.22
  • EUR9456.46
  • USD8312.64
Prezidentы Uzbekistana, Kazaxstana, Tadjikistana i Kыrgыzstana

Maktab oʻquvchisidan milliardergacha: Markaziy Osiyo yetakchilarining farzandlari

Press-slujba prezidenta KR / Sultan Dosaliyev
Analitika
Havola olish
Bakit Tolkanov
151010

Markaziy Osiyo davlatlari har bir prezidentining farzandi bor. Ular orasida Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon eng serfarzand – toʻqqiz farzandning otasi. Qirgʻiziston rahbari ikki farzand otasi. Davlat rahbarlarining baʼzi farzandlari oʻz hayotlarini yashirin tarzda oʻtkazishadi, boshqalari esa – mamlakat hayotida faol qatnashib, yuqori lavozimlarida faoliyat olib borishadi.

TASHKENT, 5 dek — Sputnik. Prezident farzandlari – mintaqamizdagi sisyosatning muhim shaxslaridan biridir. Investitsiya va innovatsiya rivojlanish markaziy agentligi rahbari sifatida faoliyat yuritgan Maksim Bakiyevni yodga olish kifoya. Koʻpchilik ekspertlarning fikriga koʻra, u hattoki bosh vazirdan ham eʼtiborliroq va kuchliroq boʻlgan.

Sputnik Qirgʻiziston tahririyati Markaziy Osiyo davlatlari amaldagi prezidentlarining farzandlari nima ish bilan shugʻullanishini eslatib oʻtadi. Maʼlumotlar ochiq manbalardan olingan.

Qozogʻiston: Nazarbayevning qizi – milliarder

Millat yetakchisi Qozogʻiston prezidenti Nursulton Nazarbayevning uch nafar qizi bor.

Katta qizi Dariga Nazarbayeva. U  55 yoshni qarshilagan. Oligarx va siyosatchi Raxat Aliyev bilan turmush qurgan. Uch nafar farzandi bor. Keyinchalik Aliyev muholifatchiga aylanib, 2015 yilda vafot etgan. Dariga Nazarbayeva OAVga rahbarlik qilgan, tadbirkorlik bilan shugʻullangan, "Nurbank" aktsioneri va "Asar" partiyasining rahbari sifatida faoliyat yuritgan. Shuningdek, Qozogʻiston parlamentning quyi palatasi deputatligiga saylangan, bosh vazir oʻrinbosari etib tayinlangan, ayni damda esa parlamentning yuqori palatasi deputati.

Prezident Kazaxstana Nursultan Nazarbayev s semyey.
© Sputnik / RIA Novosti
Prezident Kazaxstana Nursultan Nazarbayev s semyey.

Ikkinchi qizi 51 yoshli Dinara Kulibayeva. Qozogʻistonlik tadbirkor va siyosatchi Timur Kulibayevga turmushga chiqqan. Bir oʻgʻil va ikki qizi bor. Forbes jurnalining maʼlumotiga koʻra, uning boyligi 3,2 milliard dollarda baholanadi. Turmush oʻrtogʻining ham shuncha boyligi bor. Dinara biznesdan tashqari xayriya ishlari, ilmiy loyihalar bilan shugʻillanadi. Qozogʻiston Fanlar akademiyasi akademikidir.

Uchinchi qizi 38 yoshli Aliya. Uch marta oila qurgan, birinchi turmush oʻrtogʻi – Qirgʻiziston birinchi prezidenti Askar Akayevning oʻgʻli Aydar. Ikkinchi marta futbolchi va ishbilarmon Daniyar Xasenovga turmushga chiqib, ikki qizning onasi baxtiga muyassar boʻlgan. Ishbilarmon va siyosatchi Dimash Dosanov – Aliyaning uchinchi turmush oʻrtogʻi. Ularning bir oʻgʻli va bir qizi bor. Aliya tadbirkor va ekologik loyihalar bilan shugʻullanadi.

Qirgʻiziston: qizi – talaba, oʻgʻli – maktab oʻquvchisi

Bir yil oldin Qirgʻiziston prezidenti etib saylangan Sooronbay Jeenbekovning ikki nafar farzandi bor.

Katta qizi - Baktigul Jeenbekova B.N. Yeltsin nomli Qirgʻiziston-Rossiya slavyan universiteti talabasi. 2016 yilda deputat Aliyarbek Abjaliyevning oʻgʻli Atabekka turmushga chiqqan. Atabek hukumat apparatining xalqaro hamkorlik boʻlimida ekspert boʻlib ishlaydi.

Davlat rahbarining oʻgʻli maktabda oʻqiydi.

Tojikiston: prezidentning eng yaxshi yordamchilari kim

Emomali Rahmon 1994 yilning oxiridan buyon Tojikistonni boshqarib kelmoqda. Hozirda u nafaqat prezident, balki tinchlik va milliy birlik asoschisi – Millat yetakchisidir. Tojikiston prezidenti Emomali Raxmon nafaqat mintaqadagi, balki butun dunyodagi eng serfarzand prezidentdir. U toʻqqiz nafar farzandning otasi. Ikki nafar farzandi hukumatda yuqori lavozimlarni egallashgan.

Doch prezidenta Tadjikistana Ozoda Raxmon
© Sputnik / /Amir Isayev
Doch prezidenta Tadjikistana Ozoda Raxmon

Ikkinchi qizi, 40 yoshli Ozoda Rahmon Tojikiston prezidenti apparatini boshqaradi. U Rahmoning ikkinchi qizi va uchinchi farzandi. Ilgari Tojikistonning AQShdagi elchixonasida ishlagan, soʻngra TIV boshqarmasining konsullik rahbari boʻlgan. Uning turmush oʻrtogʻi Jamoliddin Nuraliyev Tojikiston Milliy banki raisining oʻrinbosari. Ularning besh nafar farzandi bor.

Katta oʻgʻli, 30 yoshli Rustam Emomali 2006 yilda davlat xizmatida oʻz faoliyatini boshlagan. Bir necha idoralarda ishlagan, 2012 yilda Bojxona xizmati boshligʻining oʻrinbosari etib tayinlangan, bir yildan keyin esa rahbarlikni qoʻlga olgan. Soʻngra Davlat moliya nazorati va korruptsiyaga qarshi kurash boʻyicha agentlik direktori sifatida faoliyat yuritgan. 2017 yilda Rustam Dushanbe shahri hokimi etib tayinlandi.

Rustam Emomali
Sputnik / Amir Isayev
Rustam Emomali

Rustam sport sohasida ham ulkan muvaffaqiyatlarga erishgan. U “Istiqlol” futbol jamoasi tarkibida hujumchisi sifatida toʻp surib, ikki marta chempion boʻlib, Tojikiston Kubogi va Superkubogi sovrinlarini qoʻlga kiritgan.  Shuningdek, hozirda Tojikiston Futbol federatsiyasi prezidenti va Osiyo Olimpiya kengashining aʼzosidir. Dushanbe oziq-ovqat sanoati korxonasi rahbarining qiziga uylangan. Ikki farzand sohibi.

Rahmonning katta qizi Firuza, OAVlarning maʼlumotiga koʻra,Tojikiston temir yoʻllarining sobiq rahbari Amonullo Hukumovning oʻgʻliga turmushga chiqqan.

Ikki yil ilgari OAVlarda prezidentning uchinchi qizi Ruxshona Rahmon Tojikiston TIV boshqarmalari boshligʻining biriga oʻrinbosar etib tayinlangani haqida xabarlar paydo boʻlgandi.

Toʻrtinchi qizi Taxmina haqida umuman maʼlumotlar mavjud emas.

Beshinchi qizi Parvina Energetika va sanoat vazirligi sobiq  vaziri Sherali Gulovning oʻgʻli Ashraf Gulovga turmushga chiqqan.

Rahmoning oltinchi qizi Zarrina Tojikiston birinchi kanalida suxandon (diktor) boʻlib ishlagan. Bir necha yil oldin Aloqa xizmati rahbari Beg Zuhurovning oʻgʻli Siyovush bilan oila qurgan.

Yettinchi qizi Farzona 2010 yilda maktab oʻquvchilari oʻrtasidagi xalqaro olimpiadada birinchi oʻrinni egallagan. U haqida ochiq manbalarda boshqa maʼlumot mavjud emas.

Kenja (ikkkinchi) oʻgʻli Somon 2012 yilda Ruminiyadagi axborot texnologiyalari boʻyicha Xalqaro loyiha olimpiadasida oltin medalni qoʻlga kiritgan.

Turkmaniston: Arkadagning yagona oʻgʻli nimalar bilan band

Gurbonguli Berdimuhamedov 2006 yildan buyon Turkmanistonni boshqarib kelmoqda. U Arkadag (“himoyachi”) unvoniga ega. Prezidentning uchta qizi va bitta oʻgʻli bor.

37 yoshli Serdar 2003-2008 yillarda Turkmaniston Oziq-ovqat uyushmasida ekspert va yetakchi ekspert sifatida faoliyat yuritdi. Keyin davlat ishlariga qatnashib, diplomatlik martaba erisha boshladi. Qishloq xoʻjaligi vazirining oʻrinbosari boʻlib ishlashga ulgurdi. 2016 yildan boshlab deputat maqomi ega. Joriy yilning boshida Tashqi ishlar vazirining oʻrinbosari etib tayinlandi. Toʻrt nafar farzandi bor. Turmaniston OAVlari Serdan haqida tez-tez maʼlumotlar berib turishadi. Qator ekspertlar Serdarni Turkmaniston prezidentining davomchisi sifatida tayyorlashmoqda deb taxmin qilishmoqda.

Argadagning boshqa farzandlari haqida maʼlumotlar juda oz. Bir necha yil ilgari prezidentning katta qizi Guljahon Buyuk Britiniyadagi uglevodorod resurslarini boshqarish va foydalanish boʻyicha Turkmaniston davlat agentligi vakili boʻlgan turmush oʻrtogʻi Ilasgeldi Amanov bilan Londonda yashashi maʼlum qilingan edi. Kichik qizi oilasi bilan Parijda yashaydi. Uchinchi qizi haqida maʼlumotlar yoʻq.

Predsedatel komiteta po zakonodatelstvu i yego normam Turkmenistana Serdar Berdыmuxamedov
© Sputnik / Maksim Bogodvid
Predsedatel komiteta po zakonodatelstvu i yego normam Turkmenistana Serdar Berdыmuxamedov

Oʻzbekiston: kuyov qaynotasini qoʻriqlaydi

61 yoshli Shavkat Mirziyoyev ikki yil oldin Oʻzbekiston prezidenti etib saylangan edi. Rafiqasi Ziroatxon Hoshimova, ularning uch nafar farzandi bor.

Shavkat Mirziyoyev na prezidentskix vыborax so svoyey semyey
AFP / POOL / Anvar Ilyasov
Shavkat Mirziyoyev na prezidentskix vыborax so svoyey semyey

Katta qizi Saida va kuyovi Oybek Tursunov haqida juda oz maʼlumotlar maʼlum.

Ikkinchi qizi Shahnoza Maktabgacha taʼlim vazirligi boshqarma boshligʻi oʻrinbosari. Uning turmush oʻrtogʻi Otabek Shaxanov oʻtgan yili prezident xavfsizlik xizmati boshligʻining oʻrinbosari etib tayinlangan edi. Prezident qizlarining farzandlari bor. OAVlarida Oʻzbekiston rahbari oʻgʻli va nevarasi bilan birga tushgan foto-surat bor.

Shavkat Mirziyoyev sfotografirovalsya s ofitsialnыm talismanom chempionata mira po futbolu 2018 goda
Press-slujba prezidenta Uzbekistana
Shavkat Mirziyoyev sfotografirovalsya s ofitsialnыm talismanom chempionata mira po futbolu 2018 goda

Prezidentning yagona oʻgʻli maktab oʻquvchisidir.

Asosiy mavzular