Yaxshi insonni nomi hech qachon o‘chmaydi - Darxon mahallasida urush qahramonlari xotirlandi

© Sputnik / Dilshoda RaxmatovaV maxalle "Darxan" aktivisti pochtili pamat geroyev VOV
V maxalle Darxan aktivisti pochtili pamat geroyev VOV - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Darxon mahallasi faollari Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari xotirasiga qo‘yilgan va restavratsiya qilingan yodgorlik yangi joyga o‘rnatilgani munosabati bilan Vatan uchun jon fido qilganlar xotirasini yod olish uchun to‘planishdi

TOShKENT, 6 dek - Sputnik, Dilshoda Rahmatova. Toshkentning Mirzo-Ulug‘bek tumaniga qarashli "Darxon" mahalla yig‘ini faollari Ikkinchi jahon urushi qahramonlari xotirasini yod etish va restavratsiya qilingan monument poyiga gul qo‘yish maqsadida 6-dekabr kuni ertalabdan mahallaning yangi qurilayotgan binosi oldida to‘plandilar.

© Sputnik / Dilshoda RaxmatovaV maxalle "Darxan" aktivisti pochtili pamat geroyam VOV
Yaxshi insonni nomi hech qachon o‘chmaydi - Darxon mahallasida urush qahramonlari xotirlandi - Sputnik O‘zbekiston
V maxalle "Darxan" aktivisti pochtili pamat geroyam VOV

To‘planganlar asosan shu mahallada istiqomat qiluvchi fuqarolar, mahalla faollari.

"Qurilish bitsin, monument atrofiga gullar ekamiz, ko‘rkam joyga aylantiramiz", - deydi tadbirda ishtirok etayotgan ayollardan biri. Uning gapini boshqa ayollar qo‘llab-quvvatlaydi. Atrofga erta bahor atirgul ko‘chatlari ekishga kelishiladi.

Staroe zdanie maxallinskogo soveta na Darxane v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston
Ulug‘ vatan urushi qatnashchilari xotirasiga qo‘yilgan yodgorlik Darxon mahallasiga qaytadi

Tadbirni ochib bergan 94 yashar otaxon, "Darxon" mahalla fuqarolar yig‘ini kengashi raisi Mahkam Aliyev so‘zi avvalida Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari, qahramonlari xotirasiga qo‘yilgan yodgorlik yangi joyga ko‘chirilishi munosabati bilan vaqtincha olib qo‘yilgani va endilikda yangitdan o‘rnatilganini eslatib o‘tdi.

Oqsoqolning so‘zlariga ko‘ra, yodgorlik atrofi suratda aks etganidek holatda bo‘lmaydi, qurilish ishlari o‘z yakunini topishi bilan, atrof obodonlashtiriladi.

"Monument orqasida turadigan do‘kon olib tashlanadi, atrof gulzorga aylantiriladi. Hozir hammamiz ko‘rib turgan holat - vaqtincha. Qurilish ishlari bitsin, bu yer barchaning havasi keladigan maskanga aylantiriladi", - dedi Mahkam ota Aliyev.

© Sputnik / Dilshoda RaxmatovaPamatnik geroyam VOV v maxalle "Darxan".
Yaxshi insonni nomi hech qachon o‘chmaydi - Darxon mahallasida urush qahramonlari xotirlandi - Sputnik O‘zbekiston
Pamatnik geroyam VOV v maxalle "Darxan".

"Bugun biz Ikkinchi jahon urushida halok bo‘lganlarni xotirlash uchun ham to‘plandik. Bundan buyog‘iga urush bo‘lmasin, hech kim o‘lmasin. Urushda o‘lganlar va qaytib kelganlarni hech qachon yodimizdan chiqarmasdan, hurmat-izzatda bo‘laylik. Vaqti-vaqti bilan esga olib, ularning haqiga duo qilib turish kerak", - dedi mahalla faoli.

Aliyev Ikkinchi jahon urushi davrida tekstil kombinati chugunoliteyniy sexida har kuni 12 soatdan chang va tutunda nafas olib bo‘lmaydigan sharoitlarda ishlagan va qo‘lbola granati korpusini quyishda qatnashgan "Darxon" mahallasidan bo‘lgan fuqarolarni yodga oldi.

© Sputnik / Dilshoda RaxmatovaObshestvenniy deyatel Muborak Yunusxodjayeva vozle monumenta geroyam VOV
Yaxshi insonni nomi hech qachon o‘chmaydi - Darxon mahallasida urush qahramonlari xotirlandi - Sputnik O‘zbekiston
Obshestvenniy deyatel Muborak Yunusxodjayeva vozle monumenta geroyam VOV

"Mahallamizda urushga bormaganlar ham jonini ayamasdan ishlashgan, frontga qanday qilib bo‘lsa ham yordami tegsin uchun mehnat qilishgan. Nonga ham qorni to‘ymagan mahalida ham hech kim hukumatni ustidan, yo davlatni ustidan norozi bo‘lib arz qilmagan", - deb ta’kidladi otaxon. 

© Sputnik / Dilshoda RaxmatovaAktivisti vozlojili sveti monumentu geroyam VOV v maxalle "Darxan"
Yaxshi insonni nomi hech qachon o‘chmaydi - Darxon mahallasida urush qahramonlari xotirlandi - Sputnik O‘zbekiston
Aktivisti vozlojili sveti monumentu geroyam VOV v maxalle "Darxan"

Tadbirda ishtirok etgan faollardan biri, bugungi kunda "Buvijon maktabi"ga asos solgan va jamoat ishlarida faol qatnashib kelayotgan yoshi saksondan oshgan onaxon - Muborak Yunusxodjayeva ham Sputnik muxbiriga bergan intervyusi davomida o‘zbek xalqi Ikkinchi jahon urushi davrida ota-bobolar tomonidan ko‘rsatilgan qahramonliklarni hech qachon unutmasligi haqida gapirdi.

© Sputnik / Dilshoda RaxmatovaV maxalle "Darxan" aktivisti pochtili pamat geroyev VOV
Yaxshi insonni nomi hech qachon o‘chmaydi - Darxon mahallasida urush qahramonlari xotirlandi - Sputnik O‘zbekiston
V maxalle "Darxan" aktivisti pochtili pamat geroyev VOV

"O‘zbek xalqining juda go‘zal fazilatlari bor, shular ichida eng qadrli, eng keraklisi - bu xotira va qadrlash kunidir. 9-mayda shu muqaddas sanani hammamiz nishonlaymiz. Hamma bir xil tug‘iladi va payti kelganida ketadi. Shu kelish bilan ketishning o‘rtasi hayot deyiladi. Lekin hayot hammada har xil. Biri mashhur bo‘ladi ilm bilan, biri ishi bilan, biri vatanga sadoqatli kurashi bilan. Shu vatan uchun jonini bergan insonlar xotirasiga qo‘yilgan yodgorlik, qaytaraman, remont ishlari tufayli vaqtincha chetga olingan yodgorlik hozir yangi joyga o‘rnatildi. Mahalla xalqi har bir bayramda bu yodgorlikka katta hurmat bajo keltirib, gul ko‘tarib keladi. Qur’on tilovat qilishadi. Bu nimadan dalolat? Yaxshi insonlar nomi hech qachon o‘chmasligidan", - deydi onaxon.

© Sputnik / Dilshoda RaxmatovaAktivisti maxalli "Darxan" sobralis pochtit pamat geroyev VOV
Yaxshi insonni nomi hech qachon o‘chmaydi - Darxon mahallasida urush qahramonlari xotirlandi - Sputnik O‘zbekiston
Aktivisti maxalli "Darxan" sobralis pochtit pamat geroyev VOV

Mahalla raisi Husan Valiyev Sputnik muxbiriga bergan intervyusida avvalo ota-bobolarimizning Ikkinchi jahon urushidagi fashizmga qarshi g‘alabasi tufayli bugungi kunlarga erishilgani, urush qatnashchilarining hammasi o‘z vatani uchun jon fido qilgani va bu qahramonliklarni hech kim hech qachon unutmasligini ta’kidladi. "Biz o‘sha yillarda amalga oshirilgan ishlar, ko‘rsatilgan qahramonliklar haqida yosh avlodlarga aniq ma’lumotlarni yetkazishga hissa qo‘shmog‘imiz lozim. Monumentni yangi joyga ko‘chirilishi va uning atrofida bolalab ketgan mish-mishlarga javoban aytish mumkinki Moskva ham birdan qurilgan emas. Xotira barchamiz uchun muqaddas va shunday bo‘lib qoladi", dedi oqsoqol.

© Sputnik / Dilshoda RaxmatovaV maxalle "Darxan" Mirzo-Ulugbekskogo rayona aktivisti pochtili pamat geroyev VOV
Yaxshi insonni nomi hech qachon o‘chmaydi - Darxon mahallasida urush qahramonlari xotirlandi - Sputnik O‘zbekiston
V maxalle "Darxan" Mirzo-Ulugbekskogo rayona aktivisti pochtili pamat geroyev VOV

Tadbir monument poyiga gul qo‘yish bilan yakunlandi.

Yangiliklar lentasi
0