09:06 22 Mart 2019
Efir
  • RUB129.09
  • EUR9488.13
  • USD8378.04
Demonstrantы s flagom IG. Arxivnoye foto

Ekspert: "AQSH ID ustidan gʻalaba qozongani haqidagi bayonot" bu tarixni qayta yozish

© AFP 2018 / TAUSEEF MUSTAFA
Analitika
Havola olish
49410

Trampning soʻzlariga koʻra, "Islom davlati" terroristik uyushmasi ustidan gʻalaba toʻliq qozonilgan

TOSHKENT, 20 dek - Sputnik. AQSH prezidenti Donald Tramp "ID ustidan qozonilgan tarixiy gʻalabadan soʻng" Suriyadan qoʻshinlarning olib chiqilishi haqida eʼlon qildi.

© Sputnik / Vladimir Astapkovich

Ekspert Vladimir Olenchenko Sputnik radiosi efirida terrorchilar Suriyada kim tufayli va qachon yutqazishni boshlaganliklarini eslatib oʻtdi.

AQSH prezidenti Donald Tramp amerikalik harbiy xizmatchilarni "butun jahon qahramonlari" deb atadi va qoʻshinlar Suriyadan chiqib ketishini eʼlon qildi

Trampning soʻzlariga koʻra, "Islom davlati" terroristik uyushmasi ustidan gʻalaba toʻliq qozonilgan.

"Biz ularni kaltakladik, ayovsiz kaltakladik, hududni qaytarib oldik, va endi bizning qoʻshinlarimiz uyga qaytishi vaqti keldi", - degan Tramp Twitterda joylashtirilgan videomurojaatida.

Kuni kecha Oq uy AQSH Suriyadan oʻz qoʻshinlarini chiqarishni boshlaganini, lekin "Islom davlati" ustidan qozonilgan gʻalaba mavjud koalitsiyaga endi barham berilishini anglatmasliginieʼlon qildi.

Reuters agentligi oʻz manbalariga tayangan holda AQSH davlat departamentining barcha xodimlarini Suriyadan sutka davomida evakuatsiya qilishlarini, qurolli kuchlar esa 2-3 oy ichida olib chiqib ketilishini eʼlon qildi.

Rossiya Fanlar Akademiyasi yevropa tadqiqotlar markazi ilmiy xodimi Vladimir Olenchenko Sputnik radiosi efirida amerikalik mansabdorlarning "ID" ustidan qozonilgan gʻalabasi haqidagi bayonotiga izoh berdi:

"Qoʻshma Shtatlarning ID ustidan qozonilgan gʻalabasi haqidagi bayonotlarida amerikaliklarning goʻyoki faqat ularning sayi-harakati tufayli Ikkinchi jahon urushida gʻalaba qozonilganiga juda oʻxshash parallelni koʻryapman. Bu yana oʻziga xos tarixni qayta yozish demakdir. Eslatib oʻtaman, amerika qoʻshinlari IDga qarshi operatsiyani Suriyada 2014 yilda boshlashgan, xususan, bu ishga ular oʻz ittifoqdoshlarini jalb qilishgan edi. Ammo 2015 yilgacha, Suriyaga Rossiya qoʻshinlari yuborilgunga qadar, amerika koalitsiyasining sezilarli muvaffaqiyatlari boʻlmagan shu bilan birga ID muntazam ravishda oʻz taʼsir doirasini kengaytirib borgan. Rossiya kirib kelgach esa, ID ustidan gʻalaba qozonish ham boshlandi shu bilan birga Suriyada siyosiy jarayonning tartibga solinishi jarayoni boshlandi. Men shuni qoʻrqmay aytishim mumkinki, Rossiya ishtirokisiz shu vaqtgacha na Suriyada na boshqa joyda ID ustidan gʻalaba qozonilmas edi", - dedi Vladimir Olenchenko.

Asosiy mavzular