23:32 22 Yanvar 2019
Efir
  • RUB126.33
  • EUR9518.45
  • USD8378.18
Snegopad v Moskve

Oʻzbekistonda Yangi yil oqshomida nega qor yogʻmayapti? Sinoptiklar javobi

© Sputnik / Ilya Pitalev
Analitika
Havola olish
305920

Oʻzbekiston sinoptiklarining maʼlum qilishicha, soʻnggi yillarda butun dunyoda kuzatilayotgan global isish tendentsiyalari tufayli, issiq kechayotgan qish mavsumlari soni ortmoqda, shu bois, qor koʻrinishida yogʻadigan qishqi yogʻingarchiliklar miqdori ham kamayib bormoqda.

TOSHKENT, 28 dek - Sputnik, Dilshoda Rahmatova. Oʻzbekiston gidrometeorologiya xizmati mamlakatda Yangi yil arafasida bir necha yil davomida nega qor yogʻmayotgani sababini tushuntirdi, deb xabar qilmoqda Sputnik Oʻzbekiston muxbiri.

Odamlar odatda Yangi yil bayramlarini sovuq va muzli ob-havo bilan bogʻlashadi. Ammo Oʻzbekiston aholisi, boshqa janubiy regionlar yashovchilari singari Yangi yilni hamisha ham qor bilan kutib olavermaydilar.

Statistik maʼlumotlarga koʻra, soʻnggi 50 yil ichida Toshkentda 31 dekabr kuni yogʻingarchilik 4-5 yilda bir marotaba, 1 yanvar kunlari esa 2-3 yilda bir marotaba kuzatilgan. Ammo hamisha ham bu yogʻingarchiliklar qor koʻrinishida boʻlavermaydi. Yangi yil oqshomi kuni qor yogʻishi holati esa yanada kamroq kuzatiladi. Oʻrta Osiyo iqlimi xususiyatlari shunday, deyiladi Oʻzgidromet javobida.

Oʻzbekiston sinoptiklarining maʼlum qilishicha, soʻnggi yillarda butun dunyoda kuzatilayotgan global isish tendentsiyalari tufayli, issiq kechayotgan qish mavsumlari soni ortmoqda, shu bois, qor koʻrinishida yogʻadigan qishki yogʻingarchiliklar miqdori ham kamayib bormoqda.

Bu yil ham 31 dekabr kuni Oʻzbekiston hududida quruq va moʻtadil iliq havo harorati kuzatiladi, Yangi yilning birinchi kunida esa respublika boʻylab yogʻingarchiliklar boʻladi. Ammo qor emas, yomgʻir yogʻadi.

Havo harorati kechasi 0oga yaqin, kunduzi esa 6-9o iliq daraja boʻlishi kutilmoqda.

Meteorologik kuzatuvlar tarixida Toshkentda eng sovuq  Yangi yil oqshomi 1889 yilda kuzatilgan. Haro harorati oʻshanda -28 daraja sovuq boʻlgan.

Soʻnggi 50 yil davomida Toshkentda bu kabi havo harorati pastlashi kuzatilmagan va shu davr mobaynida eng sovuq yangi yil oqshomi - 1991 yilning 1 yanvarida kechgan. Oʻshanda Toshkentda temperatura 13 daraja sovuq boʻlgan.

Toshkentda eng iliq Yangi yil oqshomlari 2009 yildan 2010 yilga va 2015 yildan 2016 yilga oʻtar kechalari kuzatilgan, bunda 31 dekabr va 1 yanvar kunlari kunduzi havo harorati 18-19 daraja iliq boʻlgan.

Novogodniy Tashkent
© Press-slujba xokimiyata g. Tashkent.

Eng qorli Yangi yil oqshomi esa 2007 yilning birinchi kuni boʻlgan. Qor yogʻishi yangi yil oqshomida boshlanib, 1 yanvar kun boʻyi davom etgan. Bu soʻnggi 15 yildagi eng goʻzal Yangi yil boʻlgan edi, deyiladi sinoptiklar javobida.

Shunday hollar boʻladiki, qor ertaroq yogʻib, Yangi yil oqshomida ham erimaydi. Oxirgi marta bunday holat 2011 yil yakuni va 2012 yil boshida kuzatilgan. Oʻshanda ob-havo Oʻzbekiston aholisida Yangi yil kayfiyatini tashkil qilish boʻyicha majburiyatlarini oldindan bajarib qoʻygan.

Oʻshanda yilning oxirgi haftasida qor koʻrinishidagi yogʻingarchiliklar bir necha marotaba yogʻib, 27 dekabr kunida shaharni momiq qor shapkalar kiygan daraxtlar bezab, chinakam qish ertagini hosil qilgan.

Sinoptiklarning taʼkidiga koʻra, iliq qishlar soni koʻpayishi sovuq qish mavsumlari endi boʻlmaydi, degan maʼnoni anglatmaydi. Normal yoxud iliq qish mavsumlari davomida ham sovuq davrlar boʻlishi mumkin. Shu bois, yaqin kelajakda Yangi yil ayyomlarini, albatta, qor bilan kutib oladigan kunlar boʻlishiga umid qilib qolamiz, deyiladi sinoptiklar tomonidan Sputnik muxbiriga yoʻllangan javobda.

Asosiy mavzular