23:32 22 Yanvar 2019
Efir
  • RUB126.33
  • EUR9518.45
  • USD8378.18
Rukovoditel Tsentra ekonomicheskix issledovaniy Instituta globalizatsii i sotsialnыx dvijeniy Vasiliy Koltashov

Koltashov: dollarga bosim mintaqaviy xarakterga ega

© Foto: facebook.com / iz arxiva Vasiliya Koltashova
Analitika
Havola olish
633 0 0

Ilgariroq, yevropa komissiyasi energiya resurslariga boʻlgan hisob-kitoblarda dollardan voz kechishga chaqirgan edi

Rossiyaning taniqli iqtisodchisi, Globalizatsiya va ijtimoiy harakatlar instituti iqtisodiy tadqiqotlar markazi rahbari Vasiliy Koltashov Yevrokomissiyaning hisob-kitobdan dollarni chiqarib tashlash taklifiga izoh berdi.

Ilgariroq, yevropa komissiyasi energiya resurslariga boʻlgan hisob-kitoblarda dollardan voz kechishga chaqirgan edi.

Yevrokomissiya relizida bu kabi bitimlarda yevrodan foydalanish boʻyicha ochiq daʼvat bayon etilgan.

Sputnik Belarusga bergan intervyusida Koltashov AQSH dollari hozircha eng ishonchli omonat turi ekanligini qayd etdi.

"Bugun dollarga bosim Yevroosiyo, mintaqaviy xarakterga ega. Va bu bosim ataydan tashkil qilingan emas, balki tasodifiydir. Nafaqat Yevropa, balki Rossiya, Xitoy, Turkiya, Eron va hatto Pokiston ham dollarni savdo aylanmasidan chiqarib tashlashdan manfaatdor. Eng ishonchli valyuta boʻlgan dollar savdodan ketsa, oʻz pozitsiyalarini albatta qattiq boy beradi, shu bilan birga istiqbolda bu "neftedollar" tushunchasi yevropada kundalik hayotdan yoʻq boʻlib ketishiga olib keladi", - degan Koltashov.

 

Asosiy mavzular