21:36 20 Iyul 2019
Efir
  • RUB136.34
  • EUR9673.87
  • USD8584.50
Prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev i Kantsler FRG Angela Merkel

Mirziyoyevning Germaniyaga tashrifi: milliardlik savdo va Reyxstagdagi yozuvlar

REUTERS / Hannibal Hanschke
Analitika
Havola olish
Anton Kurilkin
Shavkat Mirziyoyevning Germaniyaga tashrifi (15)
1798 0 0

Shavkat Mirziyoyev Germaniyaga rasmiy tashrif bilan keldi – bu Oʻzbekiston rahbarining 18 yil davomida Germaniyaga birinchi tashrifi va Mirziyoyevning Yevropa ittifoqiga ikkinchi tashrifi boʻldi. Sputnik tashrif natijalarini tahlil qildi.

TOSHKENT, 22 yanv – Sputnik. Shavkat Mirziyoyevning Germaniyaga birinchi tashrifining kun tartibiga - siyosiy muloqotni chuqurlashtirish, iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish, yangi investitsiyalar v madaniy va ilmiy aloqalarni faollashtirish masalalari kiritildi.

Tashrifning birinchi kunida Germaniya siyosiy rahbariyati bilan uchrashuvlarga bagʻishlandi – boshida Mirziyoyev Germaniya prezidenti Frank-Valter Shtaynmayer, keyin Germaniya kantsleri Angela Merkel bilan uchrashdi.

“Siz mamlakatingizda keng qamrovli siyosiy islohotlarni amalga oshirishga kirishdingiz. Inson huquqlari va qoʻshni davlatlar bilan munosabatlar sohalarida katta yutuqlarga erishildi. Ushbu tashrif davomida biz sizni bu yoʻldan, xususan fuqarolik jamiyati tarraqiyoti yoʻlidan ketishni davom etishga chorlamoqchimiz. Biz bu oson ish emasligini bilamiz va Germaniya siz uchun ishonchli hamkor boʻlishni xohlaydi”, - RIA Novosti kantsler soʻzlarini keltiradi.

Merkel va Mirziyoyev siyosiy muammolarni - Afgʻonistondagi vaziyatni tartibga solish (kantsler Toshkentning bu yoʻnalishdagi saʼy-harakatlarini yuqori baholadi) va Markaziy Osiyo boʻyicha Yevropa Ittifoqining yangi strategiyasini  muhokama qilishdi.

Germaniya, mamlakatda amalga oshirilayotgan oʻzgarishlarni qoʻllab-quvvatlayotgani soʻnggi ikki yil ichida ortib borayotgan tovar ayirboshlash koʻrsatkichi bilan chambarchas bogʻliq: agar 2016 yilda tashqi savdo xajmi 520 million dollar boʻlgan boʻlsa, 2018 yil 10 oy yakunida 712,1 million dollarni tashkil etdi. Tomonlar muzokaralarda yaqin vaqtlarda bu koʻrsatkichni 1 milliard dollarga yetkazish maqsad qilib qoʻyishdi.   

Merkel bilan muzokaralar yakunida iqtisodiyot, savdo, moliya, taʼlim, ilm-fan va innovatsiya sohalari boʻyicha 9 ta hukumatlararo va idoralararo hujjatlar imzolandi.

Mirziyoyev tashrif arafasida amalga oshirilgan ikki tomonlama biznes-forumda kompaniyalar 8 milliard yevrodan ortiq (9 milliard dollar) shartnomalar imzolanganligi haqida xabar berildi.

Berlindagi muzokaralarga Germaniya parlamenti - Bundestag raisi bilan uchrashuv yakun yasadi. Mirziyoyev Volfgang Shoyble bilan ikki davlat qonun chiqaruvchi organlar oʻrtasida hamkorlik va hukumatni partament nazorati mexanizmlarini muhokama qildi.

Nachalis peregovorы Prezidentov Uzbekistana i Germanii
© Press-slujba prezidenta Uzbekistana.

Uchrashuv davomida Oʻzbekiston prezidentiga Bundestag tarixi va faoliyati haqida soʻzlab berildi va uning tarixiy qismi boʻylab ekskursiya uyushtirildi. Prezidentga Ikkinchi jahon urushi vaqtida oʻzbekistonlik askarlar tomonidan, Reyxstag devorlarida qoldirilgan yozuvlarni koʻrsatishdi.

Bundan keyin Mirziyoyev Myunxenga yoʻl oldi. Mirziyoyev Bavariyada oʻqiyotgan, ishlayotgan oʻzbekistonlik yoshlar bilan suhbatlashdi.

Bugun Shavkat Mirziyoyev Bavariya Bosh vaziri Markus Zyoder hamda Germaniyaning yetakchi ishbilarmon va moliyaviy doiralari vakillari bilan uchrashadi.

Mavzu:
Shavkat Mirziyoyevning Germaniyaga tashrifi (15)

Asosiy mavzular