04:27 20 Iyun 2019
Efir
  • RUB132.57
  • EUR9566.00
  • USD8535.74
Vыvod sovetskix voysk iz Afganistana

Urush Afgʻonistonni "sevadi"

Sputnik / A. Solomonov
Analitika
Havola olish
Rostislav Iщenko
Afgʻoniston: 30 yil tinchlik ilinjida (35)
300720

Biz Afgʻoniston uzluksiz urush iskanjasida ekaniga koʻnikkanmiz. Qirq yildan oshdi. Mamlakatda chet el qoʻshinlari boʻlmaganida afgʻonlar fuqarolar urushida bir-birini oʻldiradilar. Chet el kontingenti paydo boʻlsa: farqi yoʻq, u xoh sovet, xoh amerika yoki koʻpmillatli qoʻshin boʻlsin, unga qarshi urushga otlanadilar...

Aytish mumkin-ki, u hozirgi davrning eng uzoq uzluksiz davom etayotgan urushidir. Eng hayratlanarlisi, bir qancha, nisbatan qisqa davrlarni hisobga olmaganda (shulardan eng soʻngisi 1919-1973 yillarga toʻgʻri kelgan), Afgʻoniston deyarli hamisha jang qilib kelgan. Koʻproq hujumlardan himoyalangan, baʼzida oʻzi tajovuzkor boʻlgan. Ammo Markaziy Osiyo qaʼridagi ushbu bir boʻlak quruqlikda urushlar insoniyat tarixi davomida toʻxtamagan.

Urushlar hech qachon toʻxtamagan

Bu yerda 100-200 yil oraligʻi bilan sulola va shohliklar bir-birini almashtirgan. Afgʻoniston - urush qilmagan avlodi mutlaqo mavjud boʻlmagan mamlakatdir, bu yerda urushda tugʻilib, urushda oʻlib ketgan avlodlar ham bor. Yerlari u qadar unumdor emas, iqlimi (oʻta noqulay) keskin kontinental, cheklangan zaxirali foydali qazilmalarini faqat mashaqqatli mehnat natijasida qazib olish mumkin boʻlgan Afgʻoniston nimasi bilan oʻziga tortadi?

Ming yilliklar davomida Afgʻoniston nima sababdan istilochilar diqqat-markazida boʻlib kelmoqda? 19-asr oxirida esa oʻsha davrning global imperiyalari - Buyuk Britaniya va Rossiya oʻrtasida Afgʻoniston uchun urush boshlanishiga bir bahya qolgan, shu bilan birga bu ikki imperiyaning birortasi uni oʻz sarhadlariga qoʻshib olishni rejalashtirmagan. Peterburg ham, London ham mahalliy amirga u oʻz hududi orqali boshqa davlatlar harbiy ekspeditsiyalarini oʻtkazmasligi uchungina taʼsir koʻrsatishdan manfaatdor boʻlgan.

Afgʻonistonning joʻgʻrofiy joylashuvi katta ahamiyat kasb etgan. Rossiya - Afgʻoniston inglizlar uchun Markaziy Osiyo darvozasi boʻlib xizmat qilishidan qoʻrqqan boʻlsa, London ushbu mamlakatni boshqarish orqali markaziy Rossiya, Sibir va Uzoq Sharq oʻrtasidagi katta koʻlamdagi, sust qoʻriqlanadigan kommunikatsiyalarni nishon ostida ushlashga muvaffaq boʻlar edi.

Buyuk Britaniya shuningdek, Afgʻoniston rus qoʻshinlari uchun Hindistonga koʻprik boʻlishidan ham juda hadiksiragan.

Yevroosiyo chorrahasi

Afgʻoniston qitʼadagi shimoldan janubga va janubdan shimolga oʻtadigan yoʻllarnigina nazorat qilmagan. U bir vaqtning oʻzida Hindiston, Oʻrta Osiyo, Xitoy va Eron uchun darvoza boʻlgan.

U qadimiy Yevroosiyo savdo yoʻllarini tutashtiruvchi chorrahadir. Savdo yoʻllari esa hamisha harbiy yoʻllar vazifasini ham oʻtagan. Istilochilar har doim savdo karvonlari izlaridan harakatlanganlar.

Tsivilizatsiya muayyan gullagan davrlarda urushlar qulay savdo sharoitlari, savdo yoʻllarida ortiqchalik qilgan vositachilarni yoʻq qilish maqsadida olib borilgan. Lekin ularning barchasi moddiy (savdo-iqtisodiy) asosga ega boʻlgan va bundan kelib chiqadiki, armiyalar (dengiz va okeanlarda - flotlar) muqarrar aynan savdo yoʻllariga chiqishgan.

Butun Yevroosiyo savdo yoʻllari chorrahasi - strategik ahamiyatga ega pozitsiya boʻlib, uni egallash orqali mintaqadagi savdoning eng daromadli oqimlarini nazorat qilish mumkin. Biz yana ikkita huddi shunday strategik muhim nuqtalarni bilamiz. Bu Levanta mamlakatlari (Suriya, Falastin, Livan), hamda Kichik Osiyo.

Hatto hozir ham Rossiya va AQSH oʻrtasidagi global mojaro ham (Suriyadagi ikki davlat doimiy qoʻshinlari oʻrtasidagi (rasmiy boʻlmasa-da) bir-biriga qarshi turishlar orqali) moddiy tus oldi. Shunday ekan, keling eslaylik, 1989-yil sovet qoʻshinlari Afgʻonistonni tark etishi bilan, AQSH shu zahoti bu mintaqaga siyosiy aralashuvni boshlagan edi. Amerika gumashtasining fuqarolar urushida toliblardan qoʻli kaltalik qilayotgani maʼlum boʻlgach, Afgʻonistonda shu zahoti xalqaro koalitsiya koʻrinishidagi niqobni hatto oʻnglab taqib olmagan amerika qoʻshinlari hoziru-nozir boʻldi.

Vыvod ogranichennogo kontingenta sovetskix voysk iz Afganistana
© Sputnik / V. Kiselev
Vыvod ogranichennogo kontingenta sovetskix voysk iz Afganistana

Faqatgina AQSH emas

Bugun, Afgʻonistonda koʻp qololmasligi ravshan boʻlib qolgan amerikaliklar oʻz qoʻshinlarini olib chiqib ketishga tayyor turgan bir vaqtda, Rossiya bir-biriga qarshi turgan tomonlarga vositachilik xizmatini, yaʼni fuqarolik urushiga nuqta qoʻyadigan afgʻonlararo muzokaralar tashkilotchisi boʻlishni taklif etib, ushbu mintaqaga oʻz siyosiy aralashuvini boshlamoqda.

Xitoy ham mintaqada faol ishlamoqda. U Pokistonda mustahkam oʻrin olishga va u yerdan turib Afgʻonistonga taʼsir koʻrsatishga urinmoqda. Eron ham (Afgʻoniston uning tarkibida koʻp marotaba boʻlgan) oʻz manfaatlarini unutgan emas va oʻz kuchi va imkoniyatlaridan kelib chiqib vaziyatni nazorat qilishga urinmoqda.

Afgʻoniston - endi tashkil topayotgan Yangi Buyuk Ipak yoʻlida muhim boʻgʻindir. Toʻgʻri, uni aylanib oʻtsa ham boʻladi. Ammo bu hudduddan Shimoliy dengiz yoʻlidan tashqari barcha mavjud marshrutlar ustidan harbiy-siyosiy nazoratni osonlikcha amalga oshirish mumkin.

Chunki, har bir potentsial yoʻlakchada blok-postda oʻtirishgina emas, balki istalgan vaqtda har qanday transport arteriyasini kesib qoʻyish ham juda muhim. Afgʻoniston egasi esa, kontinental Yevroosiyo transport arteriyasini kesish imkoniga ega boʻladi, xuddi Yaqin Sharq egasi Osiyodan Yevropaga boruvchi asosiy dengiz va quruqlik yoʻllarini nazorat qilganidek.

Nazoratga intilib

Dunyo okeanida amerika floti umuman olganda oʻzini yaxshi tutmoqda. Ammo AQShning butun boshli global strategiyasi shunga asoslanadiki, ular istalgan vaqtda har qanday davlatning dengiz kommunikatsiyalarini uzib qoʻyishlari mumkin. Qoʻshma Shtatlarning Rossiya bilan abadiy qarama-qarshiliklari maʼnosi shunda-ki, Rossiya boshqa har qanday yirik derjavalardan farqli oʻlaroq dengiz kommunikatsiyalariga qaramligi ancha kam.

Oʻzgargan dunyoda Rossiya butun Yevroosiyoni birlashtiruvchi kontinental savdo koʻprigiga aylanmoqda va amerika floti uni nazorat qilolmaydi. Vashingtonning keyingi 15 yil davomida Moskvani amerika gegemoniyasini tan oldirish va soʻzsiz itoat qildirish boʻyicha urinishlari ham aynan shu bilan bogʻliq.

Oʻz harbiylari va texnikasini yoʻqotayotgan, mamlakat hududining kattagina qismida nazoratni boy bergan, olib borgan harbiy operatsiyasi deyarli "yoʻqqa chiqqan" AQSH shu bois ham Afgʻonistonda hech boʻlmaganda "ilinib qolish" uchun titrab-qaqshab harakat qilmoqda.

Rossiya mintaqada amerika faoliyatini avvaliga nazorat qilish, soʻngra AQShni u yerdan siqib chiqarish uchun bor harakatni amalga oshirdi. Rossiyaning Tojikistondagi harbiy bazasi xuddi shu maqsadda qoldirilgan edi. Umuman olganda, Rossiyaning Afgʻonistonda oʻz qoʻshinlari kontingentini ushlab turishiga ehtiyoj ham yoʻq. Tojikistondagi bazasi yetarli.

Moskvaga, xuddi yuz yil oldingi singari Afgʻonistonda begona kontingent joylashmasligi muhim.

Shu bois ham, AQSH uchun shunday sharoit yaratilgan-ki, u har qanday sharoitda Afgʻonistonni tark etishga majbur boʻladi. Ularning muammosi toliblarda emas. Ular toliblar bilan yuz yil ham jang olib borishlari mumkin. Ularning muammosi - afgʻon kommunikatsiyalari Rossiya va Xitoy tomonidan olib qoʻyilganida. AQSH ishonchli va mustaqil taʼminot liniyasini yoʻlga qoʻya olmadi. Afgʻonistondagi maqsadi - Rossiya va Xitoyning kontinental kommunikatsiyalariga tahdid qiluvchi guruhni ushlab turish esa (ushbu guruh kommunikatsiyalari Rossiya va Xitoy nazoratida boʻlib turgan bir vaqtda) hech bir maʼno kasb etmaydi.

Shu bois, AQSH har qanday usul bilan Xitoy Rossiya oʻrtasida harbiy-siyosiy raqobatni yuzaga keltirishga urinib kelgan va bundan keyin ham urinishda davom etadi. Oʻshanda raqiblardan biri AQSH ittifoqdoshiga aylanib, ular Afgʻoniston bilan mustaqil kommunikatsiya chizigʻiga ega boʻladilar, yaʼni quruqlikdagi yevroosiyo kommunikatsiyalar ustidan nazoratni qoʻlga kiritadilar. Axir AQShga oʻzining global gegemoniyasini rostdan tiklashi uchun xuddi mana shu narsa yetishmayapti.

Vыvod ogranichennogo kontingenta sovetskix voysk iz Afganistana
© Sputnik / V. Kiselev
Vыvod ogranichennogo kontingenta sovetskix voysk iz Afganistana

Oʻzaro manfaatlarni taʼminlash yoʻlida

Rossiyaning Afgʻonistonga kirishi uchun zarurati yoʻq. Shunday qilish kerak-ki, u yerda boshqalar boʻlmasin, yoki oʻsha boshqalarning Afgʻonistondagi boʻlishini nafaqat maʼnisiz, balki "oʻz-oʻzini oʻldirish bilan teng" holatga aylantirish lozim.

Soʻnggi yillarda Rossiya chuqur oʻylangan, strategik ishonchli va resurslarni tejovchi siyosatni olib bormoqda va oʻz kuchlarini koinotning strategik muhim nuqtalarida jamlamoqda. Bu nuqtalar ustidan nazorat jahon ustidan nazorat qilishni taʼminlab beradi. Amaliyot shuni koʻrsatmoqdaki, aniq nuqtada koʻp qoʻshinlarga egalik qilish va hatto aksariyat hollarda u yerlarda qoʻshin saqlash shart emas. Oʻz kuchlarini shunday joylash muhim-ki - strategik nuqtani egallash raqib uchun foydasiz yoki falokatli boʻlsin. Va. albatta, strategik region tub yashovchilari bilan yaxshi, konstruktiv aloqalarni oʻrnatish muhim.

Afgʻonistondagi sovet ittifoqi operatsiyasi shuni koʻrsatdiki, regionni qoʻshinlar bilan toʻldirish, koʻp yillik mojaro botqogʻiga botish mumkin, ammo bu bilan asosiy masala - strategik manfaatlar taʼminotini hal etib boʻlmaydi. Chunki muammo armiya gʻalaba bilan qaytsagina taʼminlanadi, uning muvaffaqiyatlari esa tegishli bitimda qayd etiladi. Armiya davlatni holdan toydiradigan urushni olib boradigan boʻlsa, qoʻshin va qoʻmondonlar qanday gʻalabalarga erishishmasin, asosiy gʻalaba boʻlmaydi - chunki jangovar harakatlar maqsadiga erishilmagan boʻladi.

Afgʻoniston Qirolligi bilan ajoyib munosabatlarda boʻlgan SSSR tajribasi shuni koʻrsatdi-ki, bu territoriyani faqatgina mahalliy siyosiy tuzilmalar qoʻllab-quvvatlashiga tayanib ishonchli nazorat qilish mumkin. Bu uchun esa ularni qoʻshinlar bilan qoʻrqitish, yoki bundan ham yomoni abadiy urush iskanjasida boʻlgan davlatni istilo qilishga harakat qilish emas, balki uning samimiy doʻsti va savdo-iqtisodiy faoliyatda oʻzaromanfaatli sherigiga aylanmoq lozim.

Rossiya va Afgʻoniston manfaatlari esa bir-biriga mos. Moskva ham, Qobul ham - afgʻon xalqi oʻz taqdirini oʻzi hal etishini, Afgʻoniston hududi esa chet el harbiy-siyosiy ishtirokidan ozod boʻlishini istashadi.

Mavzu:
Afgʻoniston: 30 yil tinchlik ilinjida (35)

Asosiy mavzular