23:12 18 Fevral 2019
Efir
  • RUB127.67
  • EUR9510.03
  • USD8395.15
Molodыe lyudi tantsuyut na ulitse

Yosh boʻlish siri: olimlar qanday odamlar sekin qarishini aniqladilar

© Sputnik / Vladimir Pesnya
Analitika
Havola olish
340930

Olimlar yoshi 64dan yuqori boʻlgan bir yarim ming keksa ayollar hayot tarzini kuzatib, kam harakatda boʻladiganlar tezroq qarishlarini aniqlashgan. Bir sutkada 10 soatdan ortiq oʻtirgan holatda boʻlgan ayollarning biologik yoshi faol ayollarga nisbatan oʻrtacha 8 yosh koʻproq boʻlishi qayd etilgan.

TOSHKENT, 9 fev — Sputnik. Kimdir bir yil ichida uch yilga qariydi, yana kimdir uchun vaqt toʻxtab qolgandek, goʻyo. Gap irsiyatda ham boʻlishi mumkin, lekin hammasi ham emas. Bir nechta tadqiqotlarga koʻra, inson oʻz harakatlari bilan xujayralar va butun organizmi yoshligini uzaytirishi mumkin ekan.

Hamma ham bir xil qarimaydi

2015 yilda Dyuk universiteti, Iyerusalimdagi Yahudiy universiteti va Londondagi Qirollik kollejining bir guruh olimlari Yangi Zelandiyaning kichikroq boʻlgan Danidin shahrida yashovchi 1972-1973 yillarda tugʻilgan mingga yaqin fuqarolarning maʼlumotlarini tahlil qiladilar. Oʻsha vaqtda Oʻsha vaqtda tadqiqot ishtirokchilari yoshi 26 yoshdan 38 yoshgacha boʻlgan, oʻn ikki yil davomida ular ustidan qatʼiy nazorat olib borilgan.

Tadqiqot avvalida gerontoroglar sinovda boʻlgan fuqarolarning telomerlari - yaʼni xromosomalarning yakuniy uchastkalari uzunligini oʻlchab oladilar. Telomerlar hujayraning har bir boʻlinishida qisqarib boradi va inson qarishining bosh sabablaridan biri hisoblanadi.

Soʻngra oʻn yillik davomida 18 biomarkerlar (qon bosimi, moddalar almashinuvi tezligi, xolesterin darajasi, jigar, oʻpka, buyrak va boshqa aʼzolar faoliyati) boʻyicha muntazam ravishda ishtirokchilar biologik yoshi va organizm qarishi tezligi hisoblab borilgan. Bundan tashqari, barcha koʻngillilar 38 yoshga toʻlganlarida psixologik yoshni aniqlovchi testdan oʻtganlar.

Maʼlum boʻlishicha, sinovda boʻlgan shaxslarning ayrimlari qolganlaridan koʻra 3 karra tezroq qarigan, va tabiiyki, 12 oydan soʻng bundaylarning yoshi 3 yilga oshgan. Boshqalar esa, aksincha, oʻn olti yarim oy ichida bir yilni "yashaganlar". Ishtirokchilar 38 yoshga toʻlganlarida, bunday kishilarning biologik yoshidagi oʻzgarishlar 28 yoshdan tortib 61 yoshgacha boʻlgani kuzatilgan.

Ilmiy ish mualliflari fikriga koʻra, sinovda boʻlgan fuqarolarning qarishi tezligi 20% holatda genetika (irsiyat)ga bogʻliq boʻlgan. Bunda sport mashgʻulotlari, toʻgʻri oziqlanish, muntazam ravishda tibbiy koʻrikdan oʻtish va chekishdan voz kechish katta ahamiyat kasb etgan. Bundan tashqari, psixologik yoshi pasportdagi yoshidan katta boʻlgan insonlar ham tezroq qarishga moyil boʻlgan.

Hayot - harakatda

Kaliforniya universiteti biologlari yuqoridagi hamkasblarining ayrim xulosalarini maʼqullaydilar. Olimlar yoshi 64dan yuqori boʻlgan bir yarim ming keksa ayollar hayot tarzini kuzatib, kam harakatda boʻladiganlar tezroq qarishlarini aniqlashgan. Bir sutkada 10 soatdan ortiq oʻtirgan holatda boʻlgan ayollarning biologik yoshi faol ayollarga nisbatan oʻrtacha 8 yosh koʻproq boʻlishi qayd etilgan.

Yoshlikni uzaytirishning toʻgʻri usullaridan biri - kamroq shirinlik isteʼmol qilishdir, deya fikr bildirishmoqda ingliz va nemis genetiklari. Ular drozofil pashshasini tarkibida shakar yuqori boʻlgan diyetaga oʻtirgʻizishadi va bu keksayish bilan bogʻliq boʻlgan FOXO geni faoliyatiga taʼsir koʻrsatganini aniqlaydilar.

Sabzavot atrofida uchib yuradigan mayda yosh pashshalar ikki guruhga boʻlinadi. Birinchi guruh tarkibida shakar miqdori optimallashtirilgan mahsulotlar bilan oziqlantiriladi, ikkinchi guruhga berilgan mahsulotlarda esa shakar normadagidan sakkiz baravar koʻp boʻladi.

Oradan uch hafta oʻtib, barcha hasharotlar oddiy parhezga oʻtkaziladi. Ammo shunday boʻlsada, yosh vaqtida shirinlikni koʻp isteʼmol qilgan drozofillar nazorat guruhida boʻlgan mayda pashshalarga nisbatan koʻproq oʻlishlari qayd etilgan. Shirinlik isteʼmol qiladiganlar orasida bevaqt oʻlish xavfi 50 foiz yuqori boʻlgan, va keyinchalik sogʻlom oziqlanishga oʻtish yashovchanlik darajasini yaxshilamagan.

Tarkibida shakar miqdori yuqori boʻlgan parhez drozofillarda dFOXO geni jarayonini oʻzgartirgan, va bu hasharotlar hayoti davomiyligining qisqarishiga olib kelgan.

Mualliflar fikriga koʻra, shakar miqdorining koʻpligi qarish jarayoni bilan bogʻliq boʻlgan FOXO geni faolligini oʻldirgan.

Olimlar shakar oʻrniga urolitinga boy mahsulotlarni isteʼmol qilishni tavsiya etadilar. Bu birikma yongʻoq, anor va qulupnay tarkibida mavjuddir. Urolitin ukolidan keyin nematoda-chuvalchanglari (Caenorhabditis elegans) oʻz qavmdoshlariga nisbatan 45% uzoq yashaydilar, oddiy laboratoriya sichqonlari esa 42% chidamli boʻlishlari kuzatilgan.

Umr davomiyligini chili qalampiri, aniqrogʻi uning tarkibida boʻlgan alkaloid kapsaitsin moddasi ancha uzaytirar ekan. Bu modda semirishga qarshilik koʻrsatib, yurak-qon tomir va oʻpka bilan bogʻliq kasalliklarning oldini oladi.

Asosiysi - asabiylashmang

Inson qay darajada kam asabiylashsa, u shu qadar sekin qariydi, deb hisoblashadi amerikalik genetiklar. Depressiya va stress hujayra membranalari harakati uchun javob beradigan ANK3 geni ishida oʻzgarishlarni keltirib chiqarishi mumkin. Normada ushbu gen aktivligi yillar davomida oshib boradi va bu tana qarishiga olib keladi. Ammo jiddiy stress, depressiya holatini boshdan kechirgan, yoki oʻz joniga qasd qilishga uringan kishilarda yoshlikdanoq ANK3 faolligi yuqoriligi kuzatiladi va natijada bu erta qarishga olib keladi.

Tadqiqotchilar fikriga koʻra, uzoq umr koʻrish siri aynan mana shu genga bogʻliq. Bu genning C. elegans nematodalarida "oʻchirib" qoʻyilishi chuvalchanglar hayoti davomiyligini sezilarli uzaytirgan.

Asosiy mavzular