23:28 18 Fevral 2019
Efir
  • RUB127.67
  • EUR9510.03
  • USD8395.15
Spetspredstavitel prezidenta Uzbekistana v Afganistane Ismatulla Irgashev

Ismatulla Irgashev Afgʻoniston-Oʻzbekiston loyihalari haqida

Mejdunarodnыy press-klub
Analitika
Havola olish
Afgʻoniston: 30 yil tinchlik ilinjida (33)
212 0 0

Oʻzbekiston prezidentining Afgʻoniston boʻyicha Maxsus vakili Ismatulla Irgashev Sputnik Oʻzbekistonga bergan ekslyuziv intervyusida afgʻon muammosini tartibga solish boʻyicha Toshkent tomonidan koʻrilayotgan choralar haqida soʻzlab berdi.

- Bugungi kunda Oʻzbekiston Afgʻonistonda tinchlikka erishish uchun qanday siyosatni olib bormoqda?

- Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Markaziy Osiyoda barqaror va mustahkam rivojlanish istiqbollari qoʻshni Afgʻonistonda tinchlik oʻrnatish bilan chambarchas bogʻliqligini bir necha marta taʼkidlagan. Mamlakatimiz odatdagidek afgʻon xalqi tanlagan hukumatni qoʻllab-quvvatlab, ushbu davlatga nisbatan oʻzaro hurmat, teng huquqlik va bir-birlarini manfaatlarini hisobga olish printsipiga asoslangan doʻstlik siyosatini olib bormoqda.

Oʻzbekiston Afgʻonistondagi vaziyatni mustahkamlash va ushbu mamlakatning normal rivojlanishga qaytishiga oid barcha saʼy-harakatlarni qoʻllab-quvvatlashga tayyor. Ushbu yoʻnalishda 2018 yilda Toshkentda boʻlib oʻtgan xalqaro konferentsiya muhim voqea boʻldi. Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning soʻzlariga koʻra, uchrashuv ishtirokchilarini umumiy pozitsiyasi ifodalangan, forum yakunida qabul qilingan Toshkent deklaratsiyasi Afgʻoniston uchun oʻziga xos tinchlik loyihasi boʻldi.

Aynan shu konferentsiyadan keyin Afgʻonistonning barcha ichki siyosiy kuchlari, jumladan, “Tolibon” harakatini jalb qilib, muhokamalar oʻtkazish boʻyicha xalqaro saʼy-harakatlar sezilarli darajada faollashdi. Afgʻon muammosi BMTning Xavfsizlik kengashining yana diqqat markaziga aylandi. Kobul jarayoni, “Osiyo yuragi” deb nomlangan Istambul jarayoni, Moskva  formati, Xalqaro muloqot guruhi, “SHHT-Afgʻoniston” muloqot guruhi va boshqa koʻp tomonlama muhokama jarayonlari yangicha tus oldi.

Bugungi kunda hech bir afgʻon ushbu siyosiy jarayonidan chetda qolib ketmasligi kerak, degan umumiy fikr barcha qoʻshiladi. Butun afgʻon jamiyati mamlakat gullab-yashnashi va tinchlik maqsadida milliy manfaatlar atrofida birlashmogʻi lozim.

Oʻzbekiston Qobul bilan kelishgan holda Toshkent deklaratsiyasini amalga oshirish maqsadida Oʻzbekiston Afgʻonistonning asosiy ichki siyosiy kuchlari yetakchilari, shuningdek, “Tolibon” harakati vakillari bilan muzokaralar oʻtkazdi. Bundan tashqari biz Rossiya, AQSH, Xitoy, Pokiston, Hindiston va mintaqaning boshqa davlatlari hamda afgʻon muammosini tartibga solish boʻyicha musulmon dunyosining asosiy davlatlari bilan aloqa qilamiz.

Toshkent Afgʻoniston boʻyicha Moskva formati maslahatlashuvlarini fikr almashish va Afgʻonistondagi vaziyatni yakuniy mustahkamlash, mamlakat hududida jangovar harakatni toʻxtatish masalasini hal qilishda birgalikda yoʻl izlash imkoniyati sifatida maʼqullaydi. Biz Rossiyaning ushbu yoʻnalishdagi saʼy-harakatlarini oʻz vaqtida va talab etilgan deb hisoblaymiz.

Mavzu:
Afgʻoniston: 30 yil tinchlik ilinjida (33)

Asosiy mavzular