“9 rota” filmi yolg‘on, aslida hammasi boshqacha bo‘lgan – Goblin

© Sputnik / V. Kiselev / Mediabankka o‘tishVivod ogranichennogo kontingenta sovetskix voysk iz Afganistana
Vivod ogranichennogo kontingenta sovetskix voysk iz Afganistana - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Kompyuter o‘yinida nemislar tomonidan turib o‘ynash - urushda qurbon bo‘lgan avlodlarimiz xotirasini tahqirlaydi, - deydi Dmitriy Puchkov.

TOShKENT, 13 fev - Sputnik. Sovet qo‘shinlarining Afg‘onistondagi faoliyatini bugungi kunda qoralab chiqayotgan turli “ekspertlar” juda ko‘payib ketgan. Kimdir buni “zoe ketgan mablag‘ va inson umrlari” desa, boshqalar Sovet Ittifoqini ushbu urushga “ataylab jalb qilishgan” deydi.

Meropriyatiya v Parije v chest 100-letiya okonchaniya I mirovoy voyni - Sputnik O‘zbekiston
Afg‘oniston urushi SSSR tarqalishiga sabab bo‘lgan, dedi Tramp

Siyosatni chetga surib qo‘yib, bo‘lib o‘tgan voqealarga oddiy inson sifatida nazar solganda, bir narsa yaqqol namoyon bo‘ladi. Afg‘oniston urushi turli millatga mansub sovet askarlarining mard va kuchli jangchilar ekanini namoyish qildi. Sobiq dushmanlar sovet askarlarini haligacha hurmat bilan eslaydi. 

Afsuski, Afg‘oniston haqida suratga olingan va olinayotgan filmlar ko‘p hollarda, ushbu haqiqatni aks ettirmaydi. Xususan, Rossiyada 2005-yilda rejisser Bondarchuk tomonidan suratga olingan “9 rota”  filmi ham – voqelikni mutlaq buzib ko‘rsatgan.

“9 rota” filmi asosida Afg‘oniston urushidagi eng mashhur janglardan biri – 3234 nomli balandlikni dushmanlardan himoya qilish voqealari yotadi.

ID Afg‘oniston shimolida Rossiyaga qarshi targ‘ibot olib bormoqda

Albatta bu badiiy film, hujjatli emas, lekin muallif, allaqanday badiiy maqsad yo‘lida, jang voqealarini mutlaq buzib ko‘rsatgan. Xususan, film bo‘yicha jangchilarini, hech kimga kerak bo‘lmagan tepalikda, qo‘mondonlik unutib qoldirgan, hamma askarlar qurbon bo‘lib bir kishi tirik qolgan. Undan tashqari ayrim soha ekspertlari ushbu filmda mashhur amerika filmlariga taqlid qilib olingan sahnalar borligini qayd etishgan.    

“Aslida u yerda hammasi boshqacha bo‘lgan va oxirida ham boshqacha tugagan”, - deydi  taniqli tarjimon, yozuvchi, sobiq ichki ishlar organi xodimi va bloger Dmitriy Puchkov (Goblin).

“Hech kim hech kimni unutib qoldirmagan yoki tashlab ketmagan. Askarlar berilgan buyruqqa asosan jang qilgan. 18 kishidan 6 tasi qurbon bo‘lgan. Bu albatta juda katta yo‘qotish. Lekin hamma akarlar qurbon bo‘lib faqat bir kishi qolgani – bo‘lmagan gap”, - deydi Goblin.     

Bondarchukka qasdma-qasd

“Ushbu film menga yoqmadi. Men bu haqida o‘z sahifamda post yozdim. Uni 70 ming kishi o‘qib chiqdi va o‘sha jangda ishtirok etgan haqiqiy 9 rota askarlari men bilan bog‘lanishdi. Xususan 345 – desantchilar polki komandiri va aynan jangda ishtirok etgan navodchik – Ivan Babenko. Filmda Bondarchukning o‘zi shu Babenko rolini ijro etgan.

Shundan so‘ng men sobiq askarlar bilan uchrashib, 3234 balandligidagi jang voqealarini daqiqama-daqiqa tiklab “9 rota haqida haqiqat” nomli hujjatli film suratga oldim. Afsuski, rejisserlik tajribam yo‘qligi tufayli – filmda tovush yozishda nosozlik yuz berdi va film ekranlarga chiqmadi.

Noodatiy kompyuter o‘yini

Shundan so‘ng men 1S firmasiga murojaat qilib “Kelinglar ushbu voqea asosida kompyuter o‘yin ishlab chiqamiz” dedim.

Bir necha urinishlardan so‘ng, “9 rota haqida haqiqat” o‘yinni Chelyabinsklik Extreme Developers kompaniyasi mutaxasisslari tomonidan 9 oy ichida ishlab chiqarildi.

Bolalar kompyuter o‘ynamoqda - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda ta’qiqlangan kompyuter o‘yinlari ro‘yxati paydo bo‘ldi

O‘yin shuter uslubida yasalgan bo‘lib, uning asosida Puchkov tomonidan tiklangan 3234 balandligidagi jang voqealari yotadi. Dushman tomonida turib o‘ynash mumkin emas. Faqat sovet askarlari tomonidan turib “soqolli dushmanlarni va AQShlik instruktorlarni” o‘ldirish mumkin.

Ma’lumot uchun, shuter (otishma) kompyuter o‘yinlari ikki xil bo‘ladi PvE (player vs environment) yoki PvP (player vs player). Birinchi turda o‘yin qaxramoni raqib-kompyuterga qarshi o‘ynaydi ikkinchi turda esa o‘yinchilar bir biriga qarshi o‘ynaydi.

Masalan, G‘arb mamlakatlarida Ikkinchi jahon urushi haqida o‘yinlar ishlab chiqarilganda ham Sovet askarlari tomonida ham nemislar tomonida o‘ynash mumkin. Menimcha bu – axloqqa to‘g‘ri kelmaydi. Nemislar tomonidan turib o‘ynash - urushda qurbon bo‘lgan avlodlarimiz xotirasini tahqirlaydi, - deydi Dmitriy Puchkov.

Albatta, “9 rota haqida haqiqat” o‘yinni kompyuter o‘yinlari orasida tijorat muvaffaqiyati kutayotgani yo‘q. Buning uchun u barcha bozorlarda, jumladan xorijiy bozorlarda ham sotilishi kerak. Buni uning yaratuvchilari yaxshi bilishadi.

Yangiliklar lentasi
0