07:56 19 Oktyabr 2019
Efir
  • RUB147.25
  • EUR10438.58
  • USD9455.24
Shef-povar afganskogo restorana v Tashkente Nakibulla Kargar za prigotovleniyem blyud

Afgʻonistonlik oshpaz Naqibullo: Oʻzbekiston oʻylaganimdan ham goʻzal ekan

Foto iz lichnogo arxiva Nadjibullы Korgara
Analitika
Havola olish
Afgʻoniston: 30 yil tinchlik ilinjida (35)
124530

Naqibullo intervyu soʻnggida Oʻzbekistonda hali koʻp ishlash rejasi borligini, mamlakat aholisi esa oʻzida boshqacha mehr uygʻotganini aytadi. "Insonlarga muhabbatli, oʻzgaga ozor, zarar bermaydigan xalq ekan, menga shu yerda boʻlish baxti nasib etganidan juda ham xursandman", deydi u

Afgʻoniston bugungi kunda tinch hayotga qaytishga harakat qilmoqda, Oʻzbekiston esa bu borada oʻz "birodari"ga har tomonlama koʻmak berishga tayyor. Hamkorlikdagi muzokaralar, loyihalar va savdo kelishuvlari buning yaqqol dalilidir.

Oʻzbekistonda shuningdek, qoʻshni davlat kompaniyalari va xususiy tadbirkorlari soni ham kundan-kunga ortmoqda. Bunda afgʻon tadbirkorlarini AIRsi bilan chegaradosh Surxondaryo viloyatidagina emas, balki boshqa regionlarda ham koʻplab uchratish mumkin. Misol tariqasida, yaqinda Toshkent shahrida ochilgan afgʻon madaniyatining mitti orolchasi boʻlmish, afgʻon milliy oshxonasi taomlari tayyorlanadigan jozibador "Pudding" restoranini keltirish mumkin.

Restoran ixchamgina boʻlsa-da, zal va tamaddi qilinadigan xonalar bezagi har qanday insonni hayratlantirishi turgan gap. Bu yerga qadam qoʻyishingiz bilan, sharqona dunyoga tushasiz.

Interyer afganskogo restorana v Tashkente
© Sputnik / Dilshoda Raxmatova.
Interyer afganskogo restorana v Tashkente

Restoran bosh oshpazi Naqibullo Kargar tayyorlaydigan taomlarning barchasi afgʻon retsepturasi asosida, qoʻshni mamlakatdan maxsus keltiriladigan mahsulotlar, noyob oʻsimlik va ziravorlar asosida tayyorlanadi.

Naqibullo Kargar 29 yoshda. Afgʻonistonning Faryob viloyatidan. 

Shef-povar afganskogo restorana v Tashkente Nakibulla Korgar
© Sputnik / Dilshoda Raxmatova.
Shef-povar afganskogo restorana v Tashkente Nakibulla Korgar

"Oʻzbekistonga kelganimga ikki oy boʻldi. Oshpaz oilasida dunyoga kelganman. Eng yaxshi kasb - ota kasb, deya shu sohani tanladim. Toshkentga restoran egasining taklifi bilan kelganman. Mamlakatlarimiz oʻrtasida aloqalar yaxshi tomonga oʻzgarishni boshlashi bilanoq, menda ham Oʻzbekistonda ishlash imkoni paydo boʻldi", - deydi Naqibullo. 

Bosh oshpazning aytishicha, ishi u qadar qiyinmas, oʻzbekistonliklar uchun afgʻon taomlarini maromiga yetkazib tayyorlay olishini aytadi.

Afgʻoncha palovlardan tashqari, moʻrgʻi (qush) kabob, sepida (sochma) kabob, loʻli kabob, goʻsht, jigar kaboblar, alfa-maraviy (tirik tovuqdan tayyorlanadigan) kabob, shomi (kechqurun uchun tayyorlanadigan) kabob, asosan barra qoʻzichoqdan tayyorlanadigan goʻsht kaboblarni tayyorlash boʻyicha ustaligini aytadi.

Naqibullo retsepti boʻyicha quyidagi goʻsht-kabobni tayyorlab koʻrishingiz mumkin: 6 oylik qoʻzi goʻshti olinadi va poʻstidan tozalanadi. Mayda boʻlaklarga boʻlinib, tuzlanadi. Soʻngra yaxshilab yanchilgan chesnok va va piyoz suvi aralashtirilib, goʻshtga qoʻshiladi, aralashtiriladi. Ustidan quritilgan va maydalangan anjir va ozroq yogʻ qoʻshilib, yana aralashtiriladi. Bir kecha shu marinadda turgan goʻshtdan ogʻizda eriydigan kabob tayyorlash mumkin.

Shashlыk, prigotovlennыy povarom iz afganskogo restorana v Tashkente
Iz lichnogo arxiva Nakibullы Korgara
Shashlыk, prigotovlennыy povarom iz afganskogo restorana v Tashkente

Naqibullo intervyu soʻngida Oʻzbekistonda hali koʻp ishlash rejasi borligini, mamlakat aholisi esa oʻzida boshqacha mehr uygʻotganini aytadi. "Insonlarga muhabbatli, oʻzgaga ozor ham zarar ham bermaydigan xalq ekan, menga shu yerda boʻlish baxti nasib etganidan juda ham xursandman", deydi u.

Shef-povar afganskogo restorana v Tashkente Nakibulla Korgar pokazыvayet interyer zavedeniya
© Sputnik / Dilshoda Raxmatova.
Shef-povar afganskogo restorana v Tashkente Nakibulla Korgar pokazыvayet interyer zavedeniya
Mavzu:
Afgʻoniston: 30 yil tinchlik ilinjida (35)

Asosiy mavzular