Markaziy Osiyo davlatlarida nechta Bosh vazir almashgan?

© Sputnik / Dmitriy AstaxovMujchina zakrivayet portfel
Mujchina zakrivayet portfel - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Qozog‘istonda yaqinda yangi hukumat rahbari tayinlandi. Sputnik mustaqillikka erishgach Markaziy Osiyo davlatlarida bosh vazirlar soni qancha bo‘lganini va ulardan qaysilari o‘z lavozimlarida ko‘proq ushlanib turganini aniqlashga qaror qildi.

TOShKENT, 26 fev - Sputnik. Kuni kecha, 25-fevral kuni Qozog‘istonda yangi hukumat rahbari etib Askar Mamin tayinlandi.

Shavkat Mirziyoyev - Sputnik O‘zbekiston
Yulduzlar va siyosatchilar 10-yil oldin qanday ko‘rinishga ega edilar

Ochiq ma’lumotlarga ko‘ra, u Qozog‘istonning o‘n birinchi bosh vaziridir. Lekin Karim Masimov ikki marta hukumat rahbari vazifasini bajargan. Shu tariqa, Mamin qo‘shni mamlakatda hukumat rahbarligiga tayinlangan o‘ninchi shaxsdir.

Qozog‘istonda yaqinda yangi hukumat rahbari tayinlandi. Sputnik Qirg‘iziston mustaqillikka ega bo‘lgach, Markaziy Osiyo davlatlarida bosh vazirlar soni qancha bo‘lganini va ulardan qaysilari o‘z lavozimlarida ko‘proq "ushlanib turganliklarini" aniqlashga qaror qildi.

Qozog‘iston

Yuqorida ta’kidlangani kabi, Qozog‘iston Respublikasida jami 10 nafar bosh vazirlar bo‘lgan. Ular orasida rekordsmeni Karim Masimov bo‘lib, u ikki marotaba hukumat rahbarligiga tayinlangan va bu lavozimda jami 7-yildan ziyod ishlagan.

Nazarboyev hukumatni nega iste’foga chiqardi>>>

Qirg‘iziston

Qirg‘iziston mustaqillikka erishgach, bu mamlakatda o‘ttizdan ortiq bosh vazirlar almashgan, degan fikr keng tarqalgan. Ammo haqiqatda ularning soni kamroqdir: Vaqtinchalik Hukumatni boshqargan Roza Otunbayevani hisobga olgan holda, Muxammadkaliy Abilg‘oziyev 23-bosh vazir etib tayinlangan.

Arxivnoe foto prezidenta Rossii Borisa Yelsina i prezidenta Kirgizstana Askara Akayeva vo vremya priyezda delegatsii iz RSFSR s ofitsialnim vizitom v Kirgizstan - Sputnik O‘zbekiston
Akayevning "boshida o‘ynagan" Yelsinning qoshiqlari - Feliks Kulov hikoya qiladi

Qurmonbek Boqiyev va Almazbek Atambayevlar ikki martadan hukumat rahbari bo‘lganliklari hisobga olinsa, Qirg‘izistonda sobiq bosh vazirlar soni 20 nafarni tashkil etishi oydinlashadi. Bosh vazirlikda rekord natija Apas Djumagulovga tegishli u bu lavozimda 4-yildan ortiq ishlagan (1993 y dekabr oyidan—1998 y martgacha). Bosh vazirlarning to‘rt nafari — Boqiyev, Otunbayeva, Atambayev va Jeenbekovlar — keyinchalik prezident bo‘lishgan.

Tojikiston

Hozirgi hukumat rahbari Kohir Rasulzoda hisob bo‘yicha sakkizinchi bosh vazirdir, u 2013-yildan buyon faoliyat yuritib kelmoqda. Rekord natijani esa Oqil Oqilov qayd etgan, u hukumat rahbari vazifasini 14-yil davomida bajargan — 1999-yil dekabrdan 2013-yil noyabr oyigacha.

Turkmaniston

Turkmanistonda esa bittagina bosh vazir bo‘lgan — Xon Axmedov. U 1991-oktabrdan 1992-y may oyigacha faoliyat yuritgan. Konstitutsiyaga kiritilgan o‘zgartishdan so‘ng bosh vazir lavozimi bekor qilingan va endilikda vazirlar mahkamasiga prezidentning o‘zi rahbarlik qilib keladi. Mustaqillik yillarida Turkmanistonda ikki prezident bo‘lgan. 2007-yili Saparmurod Niyozovni hozirgi davlat rahbari Gurbanguli Berdimuhammedov egallagan.

Davlat rahbarlari qanday qasamod qiladilar? >>>

O‘zbekiston

O‘zbekistonning hozirgi hukumat rahbari Abdulla Aripov — mustaqillikka erishilgandan buyon beshinchi bosh vazirdir. U 2016-yil dekabr — Shavkat Mirziyoyev prezident etib saylangan muddatdan boshlab faoliyat yuritib keladi. Rekord natija Mirziyoyev tomonidan qayd etilgan - O‘zbekiston yetakchisi 13-yil davomida Hukumatga rahbarlik qilgan. (2003 dekabrdan - 2016-dekabrgacha). Aytgancha, Islom Karimov ham 1992-yilga qadar bir vaqtning o‘zida ham prezident ham bosh vazir bo‘lgan.

Yangiliklar lentasi
0