21:35 14 Oktyabr 2019
Efir
  • RUB145.75
  • EUR10354.03
  • USD9433.34
Spetsproyekt Afgan.Online

Odamlarning boshi soʻroqsiz chopilgan: Afgʻoniston mojaxedlar changalida

© Sputnik /
Analitika
Havola olish
Afgʻoniston: 30 yil tinchlik ilinjida (35)
267141

"Afgʻon.Online" mobil seriali Afgʻonistonda 1978 yildan 2001 yilgacha sodir boʻlgan real hodisalar asosida ishlangan. Karter va Reygan, Brejnev va Gorbachev, Taraki, Amin, Najibulla va boshqa koʻplab tarixiy shaxslar ijtimoiy tarmoqlarda yozishadilar, oʻz profillarini yangilaydilar, tadbirlar uyushtiradilar, video va fotolar bilan boʻlishadilar.

Sovet qoʻshinlari Afgʻonistondan toʻliq chiqarilgach, hukumat kuchlari AQSH va qator boshqa davlatlar tomonidan moliyalashtiriladigan mojaxedlar bilan kurashishda davom etar edi. Respublikadagi hukumat faqatgina SSSR tomonidan beriladigan moliyaviy yordamga tayanib qolgandi. Ammo 1992 yilning yanvaridan boshlab Rossiya jangovar texnika va qurol-aslahalar yetkazib berishni toʻxtatdi: davlat sanoatning toʻxtab qolishi, narx oshishi va ishsizlikdan aziyat chekardi.

1991 yil Sovet Ittifoqi barham topgach, Afgʻoniston hukumatining hokimiyat tepasida ushlanib qolishi iloji qolmadi. Uning nazoratida atigi 10 foiz hudud qolgan edi. Jangarilar poytaxt - Qobulga yaqinlashib qolishgandi. Armiya isyonchilarga qarshi kurashishdan bosh tortar, prezident Muhammad Najibullaning tarafdorlari esa yo mojaxedlar tomoniga oʻtib ketar, yoki davlatni tark etardi. Tez orada Najibullaning oʻzi ham isteʼfoga chiqadi.

Afgʻoniston turli davlatlar, xususan, AQSH, BAA, Pokiston va Xitoy manfaatlari toʻqnashgan joyga aylandi. Bu davlatlar oʻz manfaatlarini ilgari surish uchun oʻzlariga tobe guruhlarni tashkil etdilar, - oqibatda millatchilik asosida oʻzaro urush kuchaydi. Poytaxt uchun Ahmad Shoh Maʼsud, Abdul-Rashid Doʻstim va Gulbeddin Xikmatyor qoʻshinlari kurashar edi.

Qobul zabt etilgach, diplomatlarga, ayniqsa Rossiya diplomatlariga toʻgʻridan-toʻgʻri tahdidlar paydo boʻldi. Elchixona xodimlari bombapanohgohlarda yashashga majbur edi. Moskva diplomatlarni evakuatsiya qilishga qaror qildi va Afgʻonistonga uchta ogʻir Il-76 harbiy-transport samoyotlarini yubordi. Evakuatsiyani amalga oshirish uchun Rossiya hukumati Qobulni qoʻlga olgan mojaxedlar bilan muzokaralarni boshladilar. Masud va Doʻstum samolyotlarga hujum qilmaslikka rozi boʻlishdi, ammo Xikmatyor muzokaralardan bosh tortdi, u qirgʻin uyushtirishni istardi.

Evakuatsiya 1992 yilning 28 avgustida boshlandi. Rossiya diplomatlari ortilgan bortda Hindiston, Indoneziya, Xitoy va Mongoliya elchixoanalari xodimlari ham ketishni xohladilar. Birinchi guruh Qobul aeroportini eson-omon tark etdi. Ikkinchi guruh samolyotga chiqishi bilan, uni togʻ tomondan oʻqqa tutishni boshlashdi, ammo samolyot samoga koʻtarilishga ulgurdi.

Uchinchi bort yoʻq qilindi, tirik qolgan diplomatlar aeroport yertoʻlasiga yashirindilar. Ular Doʻstum bilan kelishdilar, va u ertasi kuni ertalab uchta kichik An-26 samolyotlarini ajratdi, bu samolyotlar Mozori-Sharifga - Afgʻonistonning kattaligi boʻyicha ikkinchi shahariga yoʻl oldi. Shundan soʻng diplomatxona ishchilari mamlakatdan chiqib ketishga muvaffaq boʻlganlar.

Aslida qanday boʻlgan?

1970 yillar oxirida AQSH yordamida Afgʻonistonning qoʻshnilari mamlakatni taʼsir zonalariga boʻlib olishgan edi. Amerikaliklar afgʻon isyonchilarini qurol va pullar bilan qoʻllab-quvvatlardi.

Afgʻon hukumati bir necha marotaba SSSRga yordam soʻrab murojaat qilgan va 1979 yilda Moskva doʻstona mamlakat hududiga oʻz qoʻshinlarini kiritishga qaror qilgan. Sovet qoʻshinlarining Afgʻonistondagi toʻqqiz yillik boʻlib turishi Qobulda hukumatni kuchaytirishga va mamlakat iqtisodini koʻtarishga yordam bergan. Mamlakat endi oʻz muammolarini oʻzi hal eta olardi. Sovet qoʻshinlari Jeneva kelishuvi asosida 1989 yilning fevralida vatanga qaytdilar.

Ammo Afgʻonistonda urush tugamadi. AQSH va ayrim arab mamlakatlari Pokistondagi jangarilar lagerlarini moliyalashtirishda davom etardi. Mamlakat hukumatini dala komandirlari agʻdargan, ammo ular ham shundan keyin "Tolibon" terrorchilik harakatidan magʻlubiyatga uchragan edi. Shu tariqa Afgʻonistonga AQSH va uning ittifoqdoshlari kirib kelishdi, ammo ularning shu mamlakatdagi 17 yillik "faoliyatlari" hech qanday ijobiy natija bermadi - Afgʻoniston algʻov-dalgʻovlik komiga choʻmdi.

Mavzu:
Afgʻoniston: 30 yil tinchlik ilinjida (35)

Asosiy mavzular