07:16 16 Sentyabr 2019
Efir
  • RUB142.96
  • EUR10360.56
  • USD9395.63
Ekspert “Smartgov Consulting” - Aziza Umarova

Oʻzbekiston yer mulkini xususiylashtirishga tayyor emas - ekspert

© Podrobno.uz
Analitika
Havola olish
85210

Ekspert fikriga koʻra, yer mulkini xususiylashtirishdan oldin, har bir shaharning bosh rejasi ishlab chiqilishi kerak.

Oʻzbekistonda shu kunlarda oʻta muhim jarayon – yerni xususiy mulkka aylantirishga doir qonunlar qabul qilinmoqda.

Maʼlumki, Sovet ittifoqida yer hech kimga xususiy mulk sifatida berilmagan. Yer faqat davlatga tegishli boʻlib undan faqat belgilangan maqsadda foydalanish mumkin boʻlgan. Oʻzbekistonda ham bugungi kunga qadar ushbu qonunlar u yoki bu koʻrinishda saqlanib qolgan. Shuning uchun ham yer mulkiga doir qonunlar zamon talabiga javob beradigan darajada isloh qilishni talab qiladi.

Xoʻsh ushbu qonunlar qanday tartibda isloh qilinishi kerak? Qanday muhim omillarni unutmaslik kerak? Oʻzbekiston hozir yerni daxlsiz xususiy  mulk sifatida berishga tayyormi?

Quyida eʼtiboringizga ushbu mavzuga bagʻishlangan “Smartgov Consulting” kompaniyasi direktori, davlat boshыaruvi bщyicha ekspert - Aziza Umarovaning mulohazalarini keltiramiz, OʻzA maqolasiga asosan.

Barcha sobiq Ittifoq respublikalarida yerni xususiylashtirish turlicha oʻtgan. Yerni xusuiylashtirish borasida qabul qilingan kompleks chora tadbirlar majmuasiga koʻra ushbu mamlakatlarni 3 guruhga boʻlish mumkin:

a) Hududiy yetakchilar – Estoniya, Litva, Slovakiya

b) Oldinga oʻzib ketgan mamlakatlar - Latviya, Polsha, Chexiya, Vengriya, Xorvatiya, Sloveniya, Rumыniya, Gruziya, Armaniston, Rossiyu, Albaniya, Ukraina, Ozarbayjon, Qirgʻiziston, Qozogʻiston. 

V) Qoloq mamlakatlar – Oʻzbekiston, Tojikiston, Turkmaniston i Belarus (chunki ushbu mamlakatlarda haligacha sovet davriga xos yerni boshqaruv tizimi saqlanib qolmoqda)

Oʻzbekiston prezidentining 2019 yil 10 yanvarda qabul qilgan qarori bu borada yangi davrga oʻtish uchun juda muhim ahamiyatga ega boʻldi. Ushbu qarorga koʻra, 2019 yilning 1 iyulidan boshlab yuridik va jismoniy shaxslar yer uchastkalarini xususiylashtirish imkoniga ega boʻladi.

Ushbu qonunga koʻra, yer uchastkalari – daxlsiz, xususiy mulk boʻlib, ular davlat tomonidan himoya qilinadi. Yerga nisbatan xususiy mulk kafolati kuchga kiradi.

Shu bilan bir vaqtda bugungi kunda Oʻzbekistonda yer mulkini xususiylashtirish oson ish emas. Chunki bu yerda ilmiy huquqiy va axborot tahliliy baza yetishmasligi yaqqol koʻzga tashlanmoqda. Oʻzbekistonda yer mulkini xususiylashtirish sohasida beshta eng asosiy muammolarni qayd etish mumkin:

1. Yer mulkini xususiylashtirishga doir ilmning yetishmasligi

Yer mulkiga egalik qilish turlarini qayta koʻrib  chiqish kerak. Bugungi qonunlarga koʻra Oʻzbekistonda yuridik shaxslar yer mulkidan xususiy mulk, doimiy

foydalanish, vaqtincha foydalanish, ijara mulki sifatida foydalanishlari mumkin. Jismoniy shaxslar esa -  bir umrlik meʼros, doimiy foydalanish, vaqtincha foydalanish, ijara va mulk sifatida foydalanishlari mumkin.  

Muammo shundaki – yer mulkiga egalik qilishning ushbu turlari eskirgan boʻlib, bugungi kunda ular oʻz dolzarbligini yoʻqotgan.

Yer mulki va ulardan foydalanish huquqlar koʻrinishlarini qisqartirib va soddalashtirib faqat 3 ta turini saqlab qolish kerak:

  • yer mulkiga egalik qilish huquqi: faqat davlat, mahalliy hokimiyat yoki xususiy mulkdorga tegishli boʻlishi mumkin;
  • yer mulkidan bepul foydalanish huquqi – davlat va mahalliy hokimiyatga tegishli boʻlgan yerlar davlat yoki notijorat tashkilotlarga berilishi mumkin;
  • yerni ijaraga olish huquqi – yer mulkdorlari tomonidan toʻlov asosida ijarachiga maʼlum muddatga beriladigan huquq;

2. Bosh plan va shaharsozlik hujjatlarining yoʻqligi

“Bosh reja” (Genplan) tushunchasi hamda davlat organlarining uni ishlab chiqish boʻyicha olib borish faoliyati milliy qonunchilikda allaqachon belgilab qoʻyilgan boʻlsada, amaliyotga Bosh plan – yoʻq. Faqat baʼzi shaharlardagina bor xolos. Ikkinchidan, hatto tasdiqlangan bosh  rejalar bilan ham aholining tanishish imkoniyati yoʻq. Natijada hech kim,oʻzi qurayotgan obʼyekt  boʻlajak bosh planga mos keladimi yoʻqmi – bilmaydi.

Aytish joizki, sobiq SSSRning boshqa respublikalarida shahar bosh planlari barcha uchun ochiq. Faqat Oʻzbekistonda - shaharsozlik hujjatlarining yoʻqligi, hududlarda tartibsiz qurilish olib borish, kelajakda ularning buzilishi va xususiy mulk zarar koʻrishiga olib kelmoqda.

Ushbu sabab va oqibatlarni hisobga olgan holda, Birinchi anvbatda, shaharning bosh rejasini ishlab chiqish maqsadga muvofiq boʻlgan boʻlardi. Bosh reja ishlab chiqish oson ish emas  va buning uchun ham uzoq vaqt talab qilinadi. Chunki ushbu reja ishlab chiqarish, dam olish, aholi turar joy hududlarini, transport tizimlarining rivojlanish zonalarini aniq belgilab olish imkonini beradi. Kelajakda, bosh rejada belgilangan har bir zonaning maqsadidan kelib chiqqan holda, u yerda qurilishi mumkin boʻlgan obʼyektlar, kirtilishi mumkin boʻlgan investitsiyalar belgilab olinadi.

Sbor ovoщey v fermerskom xozyaystve
© Sputnik / Igor Zarembo

Shuning uchun ham yer mulkini xususiylashtirish  faqat bosh reja ishlab chiqarilganidan keyin amalga oshirilsa, kelajakda koʻplab xato, mojaro, buzib-qurishlarning oldi olingan boʻlar edi.

Investitsiyalarni kiritshda ham bosh rejaga muvofiq ish koʻrilsa, kelajakda bunday obʼyektlarning istiqboli yanada mustahkam, buzilish xavfi minimal darajada boʻlar edi.

Xalqaro tajriba: Rossiya Federatsiyasida hududlarni rejalashtirish majburiy tartibda mahalliy hukumat rasmiy veb saytida chop etilishi kerak. Shundan soʻng u bir oy davomida jamoatchilik muhokamasidan oʻtadi. Hudud bosh rejasi jamoatchilik yigʻilishlari protokollari bilan mustahkamlanadi. Shunday qilib bosh reja tuzishda aholi fikri va manfaatlari ham hisobga olinadi.

3. Xususiylashtirish – tarixiy meʼrosning dushmani

Tarixiy va madaniy oʼyektlarni saqlab qolishga qaratilgan choralarning yoʻqligi, xususiylashtirish jarayonida ularga ulkan zarar yetkazishi mumkin, hatto ularning bir umrga  yoʻqolshiga olib kelishi mumkin. Boshqacha qilib aytganda “Biz yangi dunyo quramiz” shiori ostida oʻz madaniy meʼrosimizdan ayrilib qolishimiz mumkin.

Shuning uchun ham, madaniy tarix meʼrosi hududlarini alohida zonaga ajratish talab qilinadi. Ushbu hududlarda tarixiy obʼyektlarni saqlab qolish uchun qatʼiy cheklovlar amal qilishi kerak. Ushbu cheklovlar nafaqat hudud ichidagi, balkim hududga tutash maydonlardagi qurilishlarga ham taaluqli boʻlishi kerak. Ular hududning tarixiy meʼmoriy koʻrinishini buzmasligi kerak.

Mutaxassis fikriga koʻra, hozir Toshkentda tarixiy binolar roʻyxati yoʻqligi tufayli ayrim muhim ahamiyatga ega boʻlgan binolar ham buzilmoqda. Xususan Amir Temur koʻchasidagi 45 uy. U 1927 yilda konstruktivizim uslubida qurilgan ushbu bino Toshkentning 1950 yillardagi hayotini aks ettiruvchi namuna sifatida sayyohlarga qiziq boʻlishi mumkin edi.

MDHning yetakchi mamlakatlarida tarixiy obʼyektlar va binolar haqidagi maʼlumotlar Madaniyat vazirligi saytida ochiq holda topish mumkin.

4. Yerning xususiylashtirish – aholi uchun bepul boʻlishi kerak

Yerni xususishlashtirishdan eng katta maqsad nima ekanini boshidan belgilab olishimiz kerak. 

Sobiq SSSR mamlakatlarining barchasida ushbu jarayon – mulkdorlar sinfini yaratish maqsadida amalga oshirladi, deyilgan. Aynan shu sababdan  MDH respublikalarida yer uchastkalari jismoniy va yuridik shaxslarga bepul berish tartibi belgilangan. Masalan Qozogʻistonda har bir fuqaro umridan bir marotaba 0,10 gektar yerni bepul xususiylashtirish huquqiga ega. Armaniston va Estoniyada ham shunga oʻxshash tartib oʻrnatilgan. Rossiyada ham “Uzoq Sharq gektari” nomli qonun qabul qilingan boʻlib unga koʻra Rossiya fuqarolari Oʻzoq Sharq oʻlkasi hududidan 1 gektar yerni bepul xususiylashtirishlari mumkin.

Shuningdek, ushbu jarayonda nogironlar, Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari, koʻp bolali onalar va nafaqaxoʻrlar uchun alohida imtiyozlar belgilash kerak boʻladi.  

5. Mahalliy hokimiyatga tegishli boʻlgan mulklarning roʻyxati yoʻq

Oʻzbekiston Fuqarolik kodeksida aytilishiga koʻra davlat boshqaruv organlari ixtiyoridagi mulklarning turlari sanab oʻtilgan xolos. Ularning aniq roʻyxati keltirilmagan. Ikkinchidan, ushbu mulklar davlat organlariga tegishli boʻlsada, ular  muhim ijtimoiy ahamiyatga ega va soliq toʻlovchilar mablagʻi  evaziga vujudga kelgan. Shu sababli ushbu mulk faoliyati bilan bogʻliq koʻrsatgichlar jamoatchilik oldida ochiq eʼlon qilib borilishi kerak.

Xulosa

Yerni xususiylashtirish – davlat va fuqaro orasidagi munosabatlarni qayta koʻrib chiqishda juda muhim qadamdir. Ushbu qadam natijasida mulkdorlar sinfi hamda qulay investitsion muhit paydo boʻladi. Agar ushbu islohotlar aholining keng qatlamlari manffatlarini hisobga olmay oʻtkazilsa – ularning natijasida  jamiyatda ijtmoiy tengsizlik keskinlashishi mumkin. Umid qilamanki, ushbu maqolada aytilgan fikrlar ham sohaga doir qabul qilinadigan qonunlarda oʻz aksini topadi.

Asosiy mavzular