15:48 19 Iyun 2019
Efir
  • RUB132.57
  • EUR9566.00
  • USD8535.74

Toshkentlik "bomjlar": boshpanasiz shaxslar poytaxtda qanday hayot kechirmoqda?

© Sputnik / Dilshoda Raxmatova.
Analitika
Havola olish
Dilshoda Rahmatova
159340

Rasmiy maʼlumotlarga koʻra, oʻtgan yil iyun oyidan boshlangan maxsus tadbirlardan soʻng Toshkentdagi reabilitatsiya markaziga olib kelingan boshpanasiz shaxslar soni 3590 nafarni tashkil qilgan. Shulardan 2135 nafari qarindoshlari tomonidan olib ketilgan

TOSHKENT, 2 fev - Sputnik. Oʻzbekistonda Sovet ittifoqi davrida boshpanasizlar uchun priyutlar mavjud boʻlgan, mustaqillik yillarida esa "bomjlar" boshpanasidan boshqa maqsadlar yoʻlida foydalanilgan. 25 yillik davr mobaynida mamlakatda rasman "bomjlar" mavjud boʻlmagan, odamlar chaylalarda, yertoʻlalarda va hatto koʻchalarda yashab, kun kechirishgan, ularning aksariyati qahraton qish kunlarida koʻchalarda oʻlib ketgan.

Sputnik Oʻzbekiston muxbiri hozircha Respublikada yagona boʻlgan Toshkentdagi boshpanasiz shaxslar uchun reabilitatsiya markazida boʻlib, u yerdan maxsus reportaj tayyorladi.

© Sputnik / Dilshoda Raxmatova.
Reabilitatsionnыy tsentr pri GUVD "Mexr-saxovat", dlya lits bez opredelennogo mesta jitelstva, bыl otkrыt v iyune proshlogo goda.

2018 yil aprel oyi oxirida "ichki ishlar organlariga qarashli boshpanasiz kimsalarni reabilitatsiya qilish markazlarini tasdiqlash toʻgʻrisidagi" nizom qabul qilingan, yoz oyining boshida Toshkent IIBB qoshida, bevosita IIBB rahbariyati tashabbusi bilan realibilitatsiya markazi tashkil qilingan. Oʻsha paytdan eʼtiboran olib borilgan chora-tadbirlar natijasida Oʻzbekiston poytaxtida 3590 nafar boshpanasiz shaxs aniqlangan.

© Sputnik / Dilshoda Raxmatova.
Sotrudnik GUVD pomogayet bolnomu reabilitatsionnogo tsentra.

Toshkent IIBB qoshidagi reabilitatsiya markazi rahbari podpolkovnik Bahodir Dushayevning soʻzlariga koʻra, "Mehr-saxovat uyi"deb nomlanuvchi ushbu markazga shu kungacha nafaqat boshpanasiz, balki turli ijtimoiy ogʻir vaziyatda qolgan shaxslar ham murojaat qilib kelib kelishmoqda. Murojaat qilganlar, ixtiyoriy ravishda markazda yashab qoladi.

Bunday shaxslar kiyim-kechak, oziq-ovqat, zarurat boʻlsa dorivor preparatlar bilan taʼminlanadi.

© Sputnik / Dilshoda Raxmatova.
Litsa bez opredelennogo mesta jitelstva proxodyat meditsinskoye obsledovaniye

Markazga murojaat qilganlar, birinchi navbatda tibbiy koʻrikdan oʻtkaziladi. Bu ishlar keyinchalik ham davom ettiriladi, albatta. "Agar markazga kelgan shaxsda qandaydir kasallik aniqlansa, biz unga davolanib chiqishi uchun yordamlashamiz. Yoʻllanma yordamida Toshkent shahri boʻyicha shifoxonalarga joylaymiz", - deydi Dushayev va poytaxtdagi bir nechta kasalxonalarda boshpanasiz kimsalarga birinchi tibbiy yordam koʻrsatish uchun maxsus palatalar jihozlanganini qoʻshimcha qiladi. 

© Sputnik / Dilshoda Raxmatova.
Litsa bez opredelennogo mesta jitelstva proxodyat meditsinskoye obsledovaniye v reabilitatsionnom tsentre

Taʼkidlanishicha, boshpanasizlar orasida nafaqat toshkentliklar, balki viloyatdan kelgan fuqarolar ham koʻpchilikni tashkil qiladi.

"Bugungi kunda markazda jami 122 nafar fuqaro istiqomat qiladi. Ular orasida Oʻzbekistonning turli regionlaridan boʻlgan fuqarolar bor. Masalan, Fargʻona, Andijon, Samarqand va boshqa viloyatlardan kelganlari ham bor. Ularning barchasi Toshkentda zarurat tufayli kelishgan va qaysidir sabab tufayli, koʻchada qolishgan", - deb hikoya qiladi podpolkovnik Dushayev.

  • Sredi "stolichnыx" bezdomnыx ochen mnogo predstaviteley drugix regionov, vse oni prishli po kakim-to nujdam i ostalis na ulitse
    © Sputnik / Dilshoda Raxmatova.
  • Zona otdыxa v tsentre reabilitatsii: jenskaya komnata.
    © Sputnik / Dilshoda Raxmatova.
  • Jitelnitsa tsentra reabilitatsii
    © Sputnik / Dilshoda Raxmatova.
  • Jitelnitsa tsentra reabilitatsii
    © Sputnik / Dilshoda Raxmatova.
  • Dushevaya komnata
    © Sputnik / Dilshoda Raxmatova.
  • Jenskaya zona v tsentre reabilitatsii
    © Sputnik / Dilshoda Raxmatova.
  • Obuv v jenskoy zone tsentra reabilitatsii
    © Sputnik / Dilshoda Raxmatova.
1 / 7
© Sputnik / Dilshoda Raxmatova.
Sredi "stolichnыx" bezdomnыx ochen mnogo predstaviteley drugix regionov, vse oni prishli po kakim-to nujdam i ostalis na ulitse

Qoidaga koʻra, boshpanasizlarning aksariyatida hech qanday hujjat boʻlmaydi. Shu bois, markazga murojaat qilgan bunday shaxslar nafaqat kiyim-kechak va oziq-ovqat bilan taʼminlanadi, balki ularga hujjatlarini tiklashlarida ham yordam koʻrsatiladi.

Bundan tashqari, "Mehr-saxovat uyi" yashovchilariga ishga joylashish imkoniyati ham taqdim etilgan. Markaz rahbari podpolkovnik Dushayev boshpanasizlar uchun tashkil etilgan makon boʻylab ekskursiya oʻtkazdi. Aytish joizki, manzil territoriyasi juda katta boʻlib, atrof koʻkalamzorlashtirilgan, kimdir darvoza oldini supurayotgan boʻlsa, yana kimdir ochiq havoda sayr qilib yuribdi. Shiyponchada shunchaki suhbat qurib oʻtirgan bir nechta kishiga koʻzim tushdi. Ular sizu-biz koʻrishga oʻrganib qolgan archa tagida mast holatda oʻzini bilmay uxlab yotgan irkit "bomj"larga oʻxshamaydi.

© Sputnik / Dilshoda Raxmatova.
Reportaj iz Tashkentskogo tsentra razmeщeniya lits bez opredelennogo mesta jitelstva

Hammasining egnida toza kiyimlar, menga qiziqsinab qarab qoʻyishadi.

"Ha, bizning yashovchilarimiz juda tozatabaatli. Hali ichkarini tomosha qilsangiz, guvohi boʻlasiz. Ular hatto bir-biriga tanbeh berishadi. Tartibsizlikni yoqtirishmaydi", - deydi savolimga javoban Dushayev.

© Sputnik / Dilshoda Raxmatova.
Tsentr reabilitatsii: mujskaya zona

Saxovat uyi ikki blokka boʻlingan: erkaklar va ayollar dam olish xonalari. Shuningdek, yashovchilar uchun (erkak va ayollar uchun alohida) choʻmilish xonalari, oshxona va hatto moʻʼjazgina kutubxona ham bor. Markaz yashovchilari qoʻlda kir yuvmaydi, saxovatli kishilar tomonidan ularga kir yuvish mashinasi sovgʻa qilingan.

© Sputnik / Dilshoda Raxmatova.
Jiteli priyuta dlya bezdomnыx v Tashkente.

Reabilitatsiya markazida istiqomat qiluvchi fuqarolarning oʻrtacha yoshi 50-55 yoshni tashkil etadi. Ammo orasida 75-80 yoshlilari va hatto 25 yashari ham bor.

Dushayevning aytishicha, Toshkent shahrida aniqlangan 3590 nafar boshpanasiz kishilardan 121 nafari ish bilan taʼminlangan. 276 tasi shifoxonalarga yotqizilgan. 333 nafariga biometrik pasport rasmiylashtirib berilgan. 2135 nafari shaxsi aniqlanib, qarindoshlari tomonidan olib ketilgan.

© Sputnik / Dilshoda Raxmatova.
Jiteli priyuta vozvraщayutsya s rabotы

Jami 121 nafar boshpanasiz fuqarolar ish bilan taʼminlangan. "Mehr-saxovat" va "Ekovogold" firmalari tomonidan ular obodonlashtirish ishlariga jalb qilingan. Shuningdek, oʻz kasbiga koʻra, quruvchilik ishlariga jalb qilinganlari ham bor.

Saxovat uyida yashaydigan fuqarolarning 65 nafari Ohangarondagi maxsus obʼyektda chiqindilarni saralash bilan shugʻullanadilar. Bu ishchilarning har bittasiga ham kunlik ham oylik ish haqi toʻlanadi.

Markaz yashovchilariga shuningdek homiylar tomonidan oziq-ovqatlar, dori-darmonlar olib kelinib turadi.

"Homiylarimiz haftasiga 2 marotaba kelib oshlar tayyorlab turishadi. Bular: Tserkov Vera, "Mehr-saxovat" firmasi, Tserkov Mat Tereza, Pravoslav cherkovi, Xristianlar uyushmasi, Shodiyev jamgʻarmasi", - deya homiylarni sanab oʻtadi markaz rahbari. 

© Sputnik / Dilshoda Raxmatova.
Dosug jiteley priyuta "mexr-saxovat"

Mehr-saxovat uyi yashovchilarining qanday qilib bu dargohga kelib qolganliklari tarixi juda qiziq. Markaz rahbarining aytishicha, bu qismat faqatgina ichkilikka mukkasidan ketgan irodasiz kimsalarni taʼqib qiladi deyish nojoiz. Qolaversa, nochorlik koʻchasiga kirib qolganlarning hammasi ham "meni peshanamga shu taqdir yozilgan ekan", deya taslim boʻlavermaydilar.

"Ichki ishlar organlari tomonidan olib kelingan bir erkak bizning yordamimiz bilan ishga joylashib, sobiq oilasi bilan aloqani tiklay oldi. Vaholanki bir vaqtlar oiladagi janjal pichoqbozlikkacha olib borgan. Ammo erkak ishga kirgach, maosh ola boshladi va hatto oʻz farzandlariga aliment toʻlay boshladi. Asta-sekin uyidagilari uni kechirishdi va oʻgʻli otasini bu yerdan olib ketdi", - deya hikoya qiladi Dushayev.

© Sputnik / Dilshoda Raxmatova.
Markaz yashovchilaridan biri - Farid, oliy maʼlumotli. Nizomiy universitetining rus filologiyasi fakultetini tamomlagan.

30 yoshli Farid esa - oliy maʼlumotli, Nizomiy institutining rus filologiyasi fakultetini tamomlagan. 

"Ota-onam yoshligimda oʻtib ketishgan. Xolamning uyida egizak akam bilan katta boʻlganmiz. Ulgʻaygach, ishlab, pul topib, uy oldik. Men Nizomiyni tamomlab, Qozogʻistonga ishga ketganimda akam uyni sotib yuborgan", - deydi Farid oʻzining boshpanasiz shaxslar uchun markazga kelib qolgani tarixini soʻzlar ekan.

Aytishiga qaraganda, chet eldan qaytib kelganida na akasi, na hujjatlarini topa olgan. Hozirgacha qondoshining qayerdaligini bilmaydi. Hozirda IIBB unga hujjatlarini tiklashda yordam bermoqda. Ammo u vaqtni behuda sarflashni istamaydi: Ohangarondagi maxsus obʼyektda (chiqindilarni saralash ishlarida) mehnat qilib, pul topmoqda. Yorugʻ kunlar kelishiga ishonch bilan yashaydi, markaz tashkilotchilaridan esa oʻzini deyarli koʻchada yashashdan qutqarib, yana bir marta imkon berganliklari uchun cheksiz minnatdor.

Farid, suhbat davomida uyni sotib qochib ketgan akasidan ham minnatdorligini aytib oʻtadi. "Nega?", degan savolimga, "Bu holat meni chiniqtirdi, irodali qildi, toblandim", deydi.

Asosiy mavzular