04:21 20 Iyun 2019
Efir
  • RUB132.57
  • EUR9566.00
  • USD8535.74

Gʻarbga yoki Sharqqa ketadi: Qozogʻistonning qoʻshnilar bilan munosabati qanday boʻladi

© Sputnik / Aleksey Drujinin
Analitika
Havola olish
Gevorg Mirzayan
233040

Yangi prezident davrida Qozogʻistonning qoʻshnilar bilan munosabatlari qanday boʻlishi haqida Rossiya Moliya universiteti politologiya departamenti dotsenti Sputnik agentligiga oʻz fikrlari bilan oʻrtoqlashdi.

Qozogʻistonning yangi prezidenti Kasim-Jomart Tokayev ilk xorijiy tashrifini Moskvaga amalga oshirdi.

Vladimir Putin bilan oʻtkazilgan uchrashuv yakunlari boʻyicha tomonlar qator kelishuvlarga erishildi. Ulardan harbiy-texnikaviy hamkorlik, qoʻshma sanoatlarni rivojlantirish, mintaqaviy barqarorlikni taʼminlash masalalari oʻrin oldi. Bundan tashqari, tomonlar Qozogʻistonda AES qurish istiqbollarini muhokama qildi.

Biroq sammitning asosiy maqsadi ikki davlat rahbarlarining qoʻshni davlatlar bilan oʻz munosabatlarini tashkil qilish masalasi boʻldi.

“Qozogʻiston yangi prezidenti jahonning eng nufuzli siyosatchilaridan biri boʻlgan Vladimir Putin bilan oʻz munosabatlarini oʻrnatmoqda... Har doim iqtisodiyot, taʼlim, madaniyat va chegara hamkorligi boʻyicha savollar bor. Muhimi bu tashrif – birinchi navbatda yangi prezident sifatida tanishuv”, - deb taʼkidladi qozogʻistonlik siyosatchi Doniyor Ashimbayev.  

450 ta gʻishtdan iborat poydevor

Bundan tashqari, bu tanishuv Qozogʻiston prezidentining boshqa tashqi tashriflardan oldin amalga oshirildi – bu bilan Kasim-Jomart Tokayev suveren Rossiya Federatsiyasining Qozogʻiston uchun ahamiyatini yana bir bor koʻrsatdi.

“Rossiya biz uchun ishonchli strategik sherik va yaxshi qoʻshnidir, mashhur maqolga koʻra, qoʻshni har qanday qarindoshidan koʻra yaqinroq hisoblanadi. Mamlakatlarimiz orasida faol siyosiy muloqot, yaqin iqtisodiy aloqalar oʻrnatilgan, barcha sohalarda samarali hamkorlik rivojlanmoqda. Doimiy konstruktiv muloqot davomida hal etilmay qoladigan deyarli hech qanday masalalar yoʻq”, - deb taʼkidladi Tokayev.

Qozogʻiston prezidentining soʻzlariga koʻra, davlat rahbari sifatidagi faoliyati aynan oʻzi xos Qozogʻiston-Rossiya hamkorligining oltin davrida boshlanmoqda. Tokayev oʻzining vazifasi sifatida ikki davlat munosabatlarini hozirgi darajasida saqlab qolish va yanada rivojlantirish deb biladi.

Shu bilan, yangi prezident Nazarboyev ketgandan keyin Rossiya-Qozogʻiston munosabatlari istiqbollari shubha bilan qaraganlarga javob qaytardi.

Ayrimlar Qozogʻiston "Gʻarbga qarab ogʻadi" derdi va bu fikrni yosh qozoq elitasi oʻrtasida namoyon boʻlgan "amerikaparastcha" kayfiyatlar bilan dalillar edi.

Boshqalar esa Qozogʻiston “Sharqqa ketadi”, yaʼni Xitoy tomon deyishdi, Qozogʻiston iqtisodiyoti Xitoy bilan bogʻliq deya jar solishdi.

Uchinchi tomondagilar esa, “hammasi algʻov-dalgʻov boʻladi” – milliy elitalar hokimiyat uchun shundan kurash boshlashadiki, mamlakatda Rossiya bilan ittifoqchilik masalalari qiziq boʻlmay qoladi.

Oxir-oqibat joʻgʻrofiya va sogʻlom fikr gʻolib boʻldi – Qozogʻiston Rossiya qoʻshnisi hisoblanadi, yevroosiyo intergatsiya loyihalarida va ODKBda ishtirok etadi, shuning uchun Qozogʻiston Moskvani milliy xavfsizlik taʼminlash borasida muhim sherik va ittifoqchi davlat sifatida hisoblashni davom etadi.   

Kasыm-Jomart Tokayev
Kazakh Presidential Press Service/Handout via REUTERS

Vladimir Putin soʻzlariga koʻra, ikki tomonlama aloqalarning shartnomaviy-huquqiy bazasini 450 dan ortiq davlatlararo va huqumatlararo hujjatlar tashkil qiladi, “Kelajakka ishonch bilan qarashga, kelgusidagi harakatlarni rejalashtirishga, turli sohalarda hamkorlikni kengaytirishga yordam beradigan mustahkam poydevor hisoblanadi”.

Bezarar ittifoqdosh

Qozogʻiston, albatta, “Moskvadan ketishi” mumkin - agar Rossiya hukumati va siyosiy-akademik hamjamiyati Qozogʻiston tashqi siyosatining mohiyatini tushunmasa.

Axir, u koʻp vektorli xususiyatlarga ega, Tokayev soʻzlariga koʻra (aslida, bu doktrinaning asosiy mualliflaridan biri) Rossiya bilan ittifoqchilik munosabatlarini rivojlantirish boshqa davlatlar bilan hamkorlikni rivojlantirishga zid emas.

Qozogʻiston Rossiya uchun boshqa qoʻshni davlatlar yoki mintaqada oʻz manfaatlariga ega boʻlgan tashqi kuchlar bilan munosabatlarni sovuqlashtirish zarur deb hisoblamaydi.

“Tashqi siyosatdagi muvaffaqiyatlar nafaqat erishilgan yutuqlar bilan, balki yoʻl qoʻyilmagan narsalar ham baholash kerak. Qozogʻiston ziddiyatlarga yoʻl qoʻymadi va hatto kimdir bilan konfraktatsiya boʻlganda qoʻshnilar bilan “doʻstlik belbogʻi” bilan taʼminlaydi”, - Tokayev.

Bu Qozogʻiston rahbariyati tashqi maydonda Rossiyaning barcha tashabbuslarini qoʻllab-quvvatlamaydi degani – masalan, Qrimni tan olish.

Kasim-Jomart Tokayev albatta Yevropa ittifoqi rahbariyati bilan samimiy uchrashuvlarni oʻtkazadi.

Amerikaliklar bilan uchrashuvlar ham samimiy boʻladi – nafaqat investitsiya va texnologiyalar manbaalari, balki Afgʻonistonda hali ham taʼsirli kuch, undan Qozogʻiston va umuman butun mintaqaning xavfsizligi bogʻliq.  

Nihoyat, Tokayev xitoylik doʻstlari bilan albatta uchrashadi. Bu uchrashuv nafaqat iliq boʻladi balki juda samarali boʻladi. Axir Qozogʻistonning yangi prezidenti bir vaqtlar Xitoyda tahsil olgan va ishlagan. Pekin albatta jiddiy iqtisodiy aloqalar bilan yaxshi munosabatlarni mustahkamlashga harakat qiladi.

Biroq Moskva bu uchrshuvlarni Rossiya Federatsiyasi manfaatlariga ziyon sifatida koʻrmaydi. Hattoki, Qozogʻistonning ayrim sheriklari bilan ziddiyatda boʻlsa ham.

Moskva oʻzining eng muhim janubiy hamkorligini rivojlantirish va siyosiy barqarorlikni saqlab qolishdan manfaatdordir, chunki Qozogʻistonda kamroq muammolar boʻlsa, Rossiya Federatsiyasining qoʻshni davlatga yaqin viloyatlarida vaziyat yanada barqaror boʻladi.

Oʻz navbatida, Qozogʻiston rahbariyati Moskva bilan alohida munosabatlarni saqlab qolishdan manfaatdor, qozoq jamiyati unga katta hurmat bilan qaraydi.

Rossiya, gʻarb sheriklarga qaraganda, Qozogʻiston (YEII va ODKB boʻyicha boshqa sheriklarining ham) suverenitetini hurmat qiladi va Qozogʻiston hukumatiga oʻz hayot tarzini va “hokimiyatni toʻgʻri shakli”ni majburlamaydi.

Milliy manfaatlarni oʻzaro hurmat qilish – bu har qanday ikki tomonlama munosabatlarda oltin davrini saqlashning asosiy shartidir.

Asosiy mavzular