22:56 23 Aprel 2019
Efir
  • RUB131.53
  • EUR9554.57
  • USD8455.37
Totalnыy diktant v Nukuse

Nukuslik diktator iqrori: rus tiliga qiziqish, "oʻlik jonlar" va ayyor tinish belgisi

Orgkomitet totalnogo diktanta v Karakalpakstane
Analitika
Havola olish
52010

Qoraqalpogʻiston Respublikasida ilk bor "Ommaviy diktant" boʻlib oʻtdi. Nukusdagi asosiy maydonlardan biri - TATU filialida yozuvchi Pavel Basinskiy tomonidan tuzilgan matnni Sputnik Oʻzbekiston bosh muharriri Dmitriy Klyuchevskiy oʻqib eshittirdi.

TOSHKENT, 16 apr — Sputnik, Dmitriy Klyuchevskiy. Novosibirskda ilk bor tashkil topgan va allaqachon oʻnlab davlatlarda ommalashgan "Ommaviy diktant" aktsiyasi 2019 yil 16-bor oʻtkazildi. Qoraqalpogʻiston Respublikasi ushbu xalqaro tadbirda ilk bor ishtirok etdi, darvoqe, tashkilotchilarning tan olishicha, rus tiliga qiziqish bu qadar kuchli boʻlishini va diktant yozish istagida boʻlganlar soni bu qadar koʻp boʻlishini ular ochigʻi, kutmagan.

Sputnik Oʻzbekiston agentligi Oʻzbekistonning ushbu regionida axborot hamkor sifatida ishtirok etdi, kamtarin qulingiz esa oʻzini diktator rolida sinab koʻrdi.

Ommaviy istak

Oʻzbekiston "Ommaviy diktant"da birinchi yil ishtirok etayotgan emas – Toshkent va Namanganda mana bir necha yildan buyon yuzlab odamlar "buyuk va qudratli" til boʻyicha oʻz bilimlarini sinab koʻrish uchun belgilangan vaqt va joyda toʻplanadilar. Bu aktsiyaga befarq boʻlolmagan qoraqalpogʻistonliklar tashabbus koʻrsatim, respublikaning eng katta regionida "ommaviy diktant" tadbirini oʻtkazishga qaror qildilar. Bu istakni aholi ham qoʻllab-quvvatladi – "sarafan radiosi" Qoraqalpogʻistonda xalqaro madaniy-ommaviy grammatika aktsiyasi boʻlib oʻtishi haqidagi xabarlarni internet-tarmoqlaridanda katta tezlikda tarqatdi. Fuqarolardan boʻlayotgan telefonlar qoʻngʻiroqlarining cheki yoʻq, ularni tadbir ikir-chikirlaridan tortib, ishtirokchilarga qoʻyiladigan talablargacha qiziqtirar edi.

Tabiiyki, bundayin koʻlamdagi tashkiliy jihatdan kichikroq referendum yoxud muayyan hududdagi aholini roʻyxatdan oʻtkazishga yangligʻ diktantni oʻtkazish davlat organlari koʻmagisiz amalga oshirilmaydi. Qoraqalpogʻiston Respublikasi xalq taʼlimi vazirligi, mahalliy Rus madaniy markazi, shuningdek, diktant oʻtkazish uchun oʻz maydonini taqdim etgan TATU filiali administratsiyasi va oʻtgan shanbada barcha xohlovchilarni ochiq chehra bilan kutib olgan boshqa taʼlim dargohlari bu ishda bosh yordamchilar sifatida ishtirok etishdi.

Totalnыy diktant v Nukuse
Orgkomitet totalnogo diktanta v Karakalpakstane
Totalnыy diktant v Nukuse

"Internet orqali roʻyxatdan oʻtganlar soni koʻp boʻlmadi, lekin bu asosiy koʻrsatkich emas. Internetga yuklangan hujjatni toʻgʻri toʻldirishni hamma ham birdek uddalay olmaydi, odamlar aniq joyga pasport bilan kelishni va avvalgidek roʻyxatdan oʻtish orqali ishtirokchiga aylanishni maʼqul koʻradilar. Biz Nukusda 500 ga yaqin ishtirokchilar boʻlishini kutyapmiz", - dedi bir kun avval regiondagi loyiha koordinatori Muhammad Kaipbergenov.

Tibbiyot kollejining oxirgi kurs talabasi Muhammad, tibbiy taʼlimga ega boʻlganligi va kelajakda bu sohada oʻqishni Rossiyada davom ettirish istagida ekanligiga qaramay, rus tili va adabiyoti, jurnalistikaga mehri hamisha boʻlakcha boʻlgan. U ancha vaqtdan buyon oʻz ona shahrida diktantni oʻtkazishni xohlar va bu ishni nihoyat amalga oshirganidan bugun nihoyatda mamnun edi.

Koordinator Totalnogo diktanta v Karakalpakstane Muxammed Gaipbergenov
Konstantin Kmit
Koordinator "Totalnogo diktanta" v Karakalpakstane Muxammed Gaipbergenov

Nukusga aviaparvozim oson kechmadi - samolyot avval Toshkentga qoʻndi, soʻng Nukusga uchdik, yoʻlga deyarli 10 soat vaqtim ketdi. Ammo Muhammad xuddi shu kuni ertalab Toshkentdan Nukusga kelganini va ming kilometrdan ortiq masofani 16 soat ichida bosib oʻtganini eshitgach, logistik mushkulotlarim menga shunchaki yengil sayrdek tuyuldi.

"Kutishimiz boʻyicha ishtirokchilar koʻp boʻladi. Shu bois hayajon ham yoʻq emas, hammaga joy yetarmikin, blanka va ruchkalar bilan barchani taʼminlay olarmikinmiz degan havotir ham bor, aslida. Bizda bunday tadbir ilk marotaba oʻtkazilmoqda, bu biz uchun sharafli va masʼuliyatli ish.  Regionlardan butun boshli sinf bilan yoki guruh-guruh boʻlib kelish istagini bildirganlar bor", — deydi koordinator. Uning soʻzlaridan u bu ishdan nihoyatda faxrlanayotganini his etaman. Aytgancha, "Ommaviy diktant" ishtirokchilari boʻyicha prognozlar ikki karra ortdi, maydonlar soni esa 3 barobardan oshdi.

Dastlabki hisob-kitoblardan soʻng oydinlashdiki, Qoraqalpogʻiston Respublikasida ushbu aktsiyada 14ta aholi punkti va 18ta maydonlarda 1035 kishi qatnashdi. Bunday debyut bilan poytaxtdagi "Ommaviy diktant" tadbiri miqyosiga tezda yetib olish mumkin.

Aktsiya Totalnыy diktant v nukusskom filiale TUIT, Respublika Karakalpakstan
Konstantin Kmit
Aktsiya "Totalnыy diktant" v nukusskom filiale TUIT, Respublika Karakalpakstan

Oddiy yurak haqidagi murakkab matn

13 aprel kuni, yaʼni "Ommaviy diktant" oʻtkaziladigan kun Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot va texnologiyalar universiteti filiali binosiga belgilangan vaqtdan ertaroq keldim. Bugun kamina bu yerda rossiyalik yozuvchi va adabiy tanqidchi Pavel Basinskiy tomonidan aktsiya uchun maxsus yozilgan matnni diktant yozuvchilarga oʻqish bilan mashgʻul boʻladi.

Reglament boʻyicha diktatorlar - aktsiyada matn oʻquvchilarni xuddi shunday ataladi — tadbir boshlanishiga bir soat qolganda tayyor diktant matni bilan tanishib chiqadilar. Bir qarashda, Nikolay Vasilyevich Gogol ijodiga bagʻishlangan matn fragmenti oddiydek koʻrinadi. Lekin uni bir necha bor oʻqigach, u yer-bu yerida muayyan nozik soʻz maʼnolari, grammatik konstruktsiya va murakkab formalar borligini ilgʻay boshlaysiz. Shu tariqa, "Oddiy yurak" deb nomlangan matn unchalik oddiy emasligi maʼlum boʻlib qoldi.

TATU filialida barcha xohlovchilarni joylash uchun jami toʻrtta maydon tashkil etilgan edi. Eng katta guruh yuz kishini sigʻdiradigan aktiv zalda oʻrin oldi. Qolgan ishtirokchilar diktantni bundan ancha kichik auditoriyalarda yozishdi. Xohlovchilar oqimining keskin ortib ketgani kutilmaganda diktatorlar bilan bogʻliq muammoni yuzaga keltirdi. Shu bois, matn yozish uchun aktsiyaga tashrif buyurgan filolog va oʻqituvchilarni diktant oʻquvchi roliga taklif etdilar.

Aktsiya ishtirokchilari tarkibi har doimgidek turfa edi — bu yerda beshinchi sinf oʻquvchilaridan tortib, pedagoglar, amaldorlar, isteʼfodagi pensionerlarnida koʻrish mumkin.

Misol uchun, Qoraqalpogʻiston xalq taʼlimi vazirligi oʻrinbosari Azat Xudaybergenov, Respublika oʻquv-metodik markazi rahbari Kuuanch Jubanov va Respublika oʻquv-metodik markazi rahbari oʻrinbosari Aybek Dauletbayev "Ommaviy diktant"ni masofadan turib yozdilar. Zalda boshqa ishtirokchilar qatoridan, xuddi tirishqoq oʻquvchi singari Qoraqalpogʻiston Rus madaniy markazi rahbari Galina Aleksandrovna Zorkina ham joy olgan edi.

Glava RKTS Karakalpakstana Galina Zorkina, koordinator proyekta Muxammed Kaipbergenov i shef-redaktor Sputnik Uzbekistan Dmitriy Klyuchevskiy
© Sputnik /
Glava RKTS Karakalpakstana Galina Zorkina, koordinator proyekta Muxammed Kaipbergenov i shef-redaktor Sputnik Uzbekistan Dmitriy Klyuchevskiy

Barcha maʼmuriy va tashkiliy masalalar hal etilgach, toʻplanganlarga videoyozuv orqali muallifning oʻzi matnni oʻqib berdi. Auditoriya yangi sinov oldidan jim qoldi.

— V poeme Gogolya "Mertvыe dushi", — deya diktantni oʻqiy boshladim men…

— Iye, axir bu roman emasmi? — deya qoʻqqisdan savol berdi birinchi qatorda oʻtirgan katta yoshdagi ishtirokchilardan biri.

— Fikrimcha, terminologiya boʻyicha muallifning oʻziga murojaat qilgan maʼqul, — tabassum qilaman men filologik munozaraga ehtiyotlik bilan chap berar ekanman.

Auditoriya tempini juda tez paypaslay oldim, faqatgina uzun qoʻshma gapli jumlalar boʻlgandagina ulgurmayotganlar topilar edi. Men ifoda bilan kerakli fragmentlarni ajratib oʻqishga intildim. Bir marta hatto oʻquvchilarga yordam berishga harakat ham qildim, ammo keyin maʼlum boʻldiki, bu ishim ularga koʻpam foyda bermagan edi.

Diktant matnini oʻqish bir soatdan ortiq vaqt olmadi, shundan soʻng, har qanday nazorat ishi yoki test yakunidan keyin singari "imtihonchilar" orasida gʻala-gʻovur boshlandi. Ular xatoga yoʻl qoʻygan-qoʻymaganliklarini, toʻgʻri yozganliklarini bilish uchun diktantdagi u yoki bu shubhali joylarni qizgʻin muhokama qilishga kirishib ketgan edilar.

Auditoriyadagi suhbatlardan bildimki, koʻplar "novыx chichikovыx" degan joyini qahramon nomini katta harf bilan yozib, xatoga yoʻl qoʻygan boʻlsa, yana kimdir "mertvыe dushi"ni qoʻshtirnoqqa olmagan, yoki aksincha, "lovets dush" degan soʻzni qoʻshtirnoqqa olib xatoga yoʻl qoʻygan edi.

Ammo eng murakkabi - diktantning ikkinchi yarmidagi gap boʻlib, bu yerda uch qator gapda ikkita ikki nuqta qoʻyilishi talab etilardi. Koʻpchilik esa ravishdoshli oborotga chalgʻib, ayyor belgi oʻrniga oddiy vergul qoʻygan edi.

Totalnыy diktant v Nukuse
Orgkomitet totalnogo diktanta v Karakalpakstane
Totalnыy diktant v Nukuse

"Diktant nega "Oddiy yurak" deb nomlangan? Bunga izoh berilmadi, aslida esa bu hammaga qiziq edi", - dedi Qoraqalpogʻiston Rus madaniy markazi rahbari Galina Zorkina, tortinib oʻz ishini tekshirishga topshirar ekan.

Totalnыy diktant v Nukuse
Orgkomitet totalnogo diktanta v Karakalpakstane
Totalnыy diktant v Nukuse

Ammo murakkab punktuatsiyaga qaramay, oʻz natijasiga ishongan ishtirokchilar ham oz emas edi. Nima ham derdik, diktantdan olingan baholar tez orada maʼlum boʻladi - aprel oyi oxirida har bir ishtirokchi shaxsiy maʼlumotlari yoki kod soʻzni kiritib, saytda oʻzi yozgan ishni topishi va necha ball olganini koʻrishi, shu bilan birga aynan qayerda xatoga yoʻl qoʻyganini bilishi mumkin.

Zdaniye Russkogo kulturnogo tsentra Respubliki Karakalpakstan
© Sputnik /
Zdaniye Russkogo kulturnogo tsentra Respubliki Karakalpakstan

Diktant yakunida Qoraqalpogʻistondagi rus madaniy markazi raisi Galina Zorkinani suhbatga chorlayman.

Galina Aleksandrovnaning soʻzlariga koʻra, Qoraqalpogʻistondagi "Ommaviy diktant" soʻnggi oʻn yilliklarda biroz unutila boshlagan anʼanalarning qayta jonlangani belgisi boʻlib, u chinakam bayramga aylandi. Odamlar rus tili va madaniyatini sogʻinib qolishdi, soʻnggi yillarda oʻz farzandlarini rusiyzabon bogʻchalar va rus tilida dars beriladigan maktablarga bera boshladilar.

"Hozir Oʻzbekistonning yangi prezidenti mamlakatda rus tilini qoʻllab-quvvatlash uchun koʻp ishlarni amalga oshirmoqda: rus sinflari ochilmoqda, koʻplab madaniy tadbirlar oʻtkazilmoqda. Bu ham xursandchilik bagʻishlasa, ham umid beradi, demak, til bilish - hayot sari yoʻl ekaniga shubha qolmaydi", - deydi xursandchiligini yashirmay markaz rahbari.

Predsedatel Russkogo kulturnogo tsentra v Karakalpakstane Galina Zorkina
© Sputnik /
Predsedatel Russkogo kulturnogo tsentra v Karakalpakstane Galina Zorkina

Ayolning soʻzlariga koʻra, bunday taʼsirli debyutdan soʻng, "Ommaviy diktant" Qoraqalpogʻiston va Oʻzbekistonning boshqa regionlarida ham jadallik bilan ommalashishda davom etadi. Galina Aleksandrovna va uning hamkasblaridagi Pushkin, Lermontov va Tolstoylar tiliga boʻlgan kuchli muhabbati kuchini koʻrib, ayol soʻzlariga ishonaman, xuddi shunday boʻlishiga shubham qolmaydi.

Asosiy mavzular