14:01 23 Sentyabr 2020
Efir
  • RUB136.28
  • EUR12210.60
  • USD10315.62
Analitika
Havola olish
108610

Butunjahon rossiyalik vatandoshlar muvofiqlashtirish kengashi raisi Mixail Drozdov Toshkentda oʻtkazilgan mintaqaviy anjuman haqida taassurotlari bilan boʻlishdi va Kengashning yaqin kelajakdagi rejalari bilan boʻlishdi

Oʻzbekiston poytaxtida rossiyalik vatandoshlar mintaqaviy anjmuni oʻtkazildi. Tadbir sanasi respublikadagi Rus madaniy markazi yubiley sanasiga toʻgʻri keldi. Delegatlar sobiq ittifoq respublikalaridagi kun tartibida turgan muammolarni muhokama qilibgina qolmay, balki Oʻzbekistondagi vatandoshlar hayoti bilan ham yaqindan tanishdilar.

"Toshkentda navbatdagi anjumanga toʻplanganimizdan zarracha afsuslanmadik. Bu mavzuga Rossiya elchixonasi va mahalliy hukumat qay darajada eʼtibor qaratayotganini koʻrib turibmiz. Vatandoshlarimizga taalluqli barcha masalalarni muhokama qilibgina qolmay, ularning hayot tarzi bilan ham yaqindan tanishdik. Ertaga regionlar boʻylab safarlarga chiqamiz va bu bizga joylarda holat qanday ekanligini bilishga imkon yaratadi", — deb taʼkidladi Drozdov.

Butunjahon rossiyalik vatandoshlar muvofiqlashtirish kengashi raisining toʻliq izohini Sputnik Oʻzbekiston radio podkastida tinglang.

Asosiy mavzular