02:01 18 Sentyabr 2019
Efir
  • RUB146.51
  • EUR10421.13
  • USD9411.30
Andrey Koshkin

Koshkin: Oʻzbekiston, Turkiya va Pokiston mashgʻulotlari – afgʻon tahdidiga javob

Sputnik
Analitika
Havola olish
304 0 0

Plexanov nomidagi Rossiya iqtisodiyot universitetining siyosatshunoslik va jamiyatshunoslik kafedrasi mudiri, Harbiy siyosatchilar uyushmasi eksperti, zaxiradagi polkovnik Andrey Koshkin Toshkentning mintaqadagi mamlakatlar bilan harbiy hamkorlikni kengaytirayotgani mantiqan va oʻz vaqtida qilinayotgan hamkorlik deb hisoblaydi.

Ekspertning fikriga koʻra, rejalashtirilgan mashgʻulotlar soʻnggi yillarda Oʻzbekiston tomonidan tanlagan boshqa mamlakatlarning harbiylari va maxsus boʻlinmalari bilan har tomonlama hamkorlik taktikasiga mos keladi.

“Oʻzbekiston Rossiyaning maxsus boʻlinmalari bilan allaqachon mashgʻulotlar oʻtkazdi, oʻtgan yili qozogʻistonlik hamkasblar bilan hamda Tojikiston harbiylari bilan keng koʻlamdagi maxsus operatsiyalar mashgʻulotlari boʻlgandi. Endilikda Turkiya va Pokiston bilan. Bir hisobda, bu kabi yaqin hamkorlik zaruriyati Afgʻonistondagi murakkab holat va bu davlat hududidan jangari va terrorchilarni kirib kelish tahdidi bilan yuzaga kelgan”, - deya taʼkidladi Koshkin.

Oʻzbekiston, Pokiston, Turkiya harbiylari mashgʻulotlarga tayyor – foto

Uning soʻzlariga koʻra, mintaqaning turli mamlakatlari xavfsizlik sohasida qancha faolroq hamkorlik qilib, tajriba almashsa, mintaqadagi vaziyat shuncha barqarorlashadi.

Oʻzbekiston, Pokiston, Turkiya harbiylarining ilk mashgʻulotlari boshlandi

Ekspertning toʻliq izohini Sputnik Oʻzbekiston radiopodkastida rus tilida tinglashingiz mumkin.

Asosiy mavzular