03:37 22 Avgust 2019
Efir
  • RUB138.47
  • EUR10092.14
  • USD9061.00
Dmitriy Juravlev

Siyosatshunos: Putin va Kim Chen In muzokaralari – AQSH uchun yoqimsiz syurpriz

© Sputnik / Vladimir Trefilov
Analitika
Havola olish
581 0 0

Siyosatshunos Dmitriy Juravlyov Rossiya-Koreya muzokaralari turli mamlakatlar uchun qanday ahamiyatga ega ekanligi haqida soʻz yuritdi.

OAV xabarlariga koʻra, Rossiya prezidenti Vladimir Putinning Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In bilan muzokaralari 25 aprel kuni Vladivostokda Russkiy orolidagi Uzoq Sharq federal universiteti kampusida boʻlib oʻtadi.

“Shubhasiz, muzokaralar jiddiy boʻladi, chunki bu Shimoliy Koreyaning oʻziga xos xususiyati - agar oldindan qaror tayyorlanmagan boʻlsa, uning rahbari biror joyga bormaydi”, - dedi Dmitriy Juravlyov Sputnik radio efirida. – Oʻylashimcha, albatta, bu muzokaralar fakti AQSH uchun – maʼlum maʼnoda yoqimsiz syurpriz. (AQSH prezidenti Donald) Tramp Shimoliy Koreyani “jilovlash” uchun koʻp kuch sarfladi, Shimoliy Koreya esa Rossiya bilan muzokaralarni boshlamoqda”.

Shu bilan birga, u Xitoy Rossiya-Koreya munosabatlari iliqlashiga “bardosh berishini” taʼkidladi. Chunki Shimoliy Koreya Xitoyning strategik hamkorlaridan biri emas. Janubiy Koreya uchun Kim Chen Inning Rossiyaga tashrifini zarba deb atash mumkin, dedi siyosatshunos.

Siyosatshunosning toʻliq fikrini rus tilida quyidagi radiopodkastda tinglashingiz mumkin.

Asosiy mavzular