20:55 20 Iyul 2019
Efir
  • RUB136.34
  • EUR9673.87
  • USD8584.50
Irina Gentsler

Ekspert Toshkent koʻchalarini muntazam suv bosishi yuzasidan oʻz fikrini aytdi

© Foto : Iz lichnogo arxiva Irinы Gentsler
Analitika
Havola olish
749 0 0

“Shahar iqtisodiyoti instituti” fondining “Shahar xoʻjaligi” yoʻnalishi direktori Irina Gentsler Toshkent shahar koʻchalarini navbatdagi suv bosgani holatiga izoh berdi.

Soʻnggi paytlarda Toshkent shahrida suv toshqinlari bilan bogʻliq koʻngilsiz holatlar tez-tez uchramoqda. Toshkentning yomgʻir suvi kanalizatsiyasi suvning katta oqimini bartaraf eta olmayapti.

Ekspertning fikriga koʻra, bunga sabab vaqt oʻtishi bilan iqlimning oʻzgarishi va ilgari suv bosmagan hududlarda endilikda koʻp yogʻingarchilik yogʻishidir.

“Shahar infratuzilmasi – bu kompleks yondashish, modernizatsiya va yirik investitsiyalarni talab qiluvchi juda murakkab mavzu. Lekin Oʻzbekiston hukumati bu masalani faol ravishda hal etmoqda – mamlakatda Urbanizatsiya agentligi tashkil etilgan, xalqaro tashkilotlar oʻzlarining tajribalari bilan oʻrtoqlashmoqda. Mamlakatda juda muhim hujjat – Oʻzbekiston urbanizatsiya strategiyasi ustida ulkan ish olib borilmoqda. Bu hujjatda shahar muhiti sifatini oshirish bilan bogʻliq boʻlgan koʻplab masalalar aks ettiriladi”, - dedi Gentsler.

Oʻzbekistonda soʻnggi haftada kuchli yogʻingarchilik yuz berdi. Shu tufayli mamlakatning qator hududlarida suv toshqinlari bilan bogʻliq koʻngilsiz holatlar kuzatildi. Bugun, 24 aprel kuni yoqqan kuchli yomgʻir oqibatida Toshkent shahri suvga gʻarq boʻldi. Internet foydalanuvchilari toshqinlar oqibatlarini suratga olib, ijtimoiy tarmoqlarda joylashtirishdi.

Ekspertning toʻliq izohini quyida rus tilida tinglashingiz mumkin.

Asosiy mavzular