02:03 18 Sentyabr 2019
Efir
  • RUB146.51
  • EUR10421.13
  • USD9411.30
Zamestitel ministra promыshlennosti i torgovli RF Sergey Tsыb vыstupayet na VII Vserossiyskom kongresse patsiyentov v mejdunarodnom multimediynom press-tsentre MIA Rossiya segodnya.

Mutlaqo yangi bosqich: Sergey Tsib Toshkentdagi Expo-Russia koʻrgazmasining ilk yakunlari haqida

© Sputnik / Aleksandr Natruskin
Analitika
Havola olish
151 0 0

Rossiya sanoat va savdo vazirining birinchi oʻrinbosari Sergey Tsib Sputnik Oʻzbekistonga bergan intervyusida Toshkentdagi Expo-Russia ikkinchi koʻrgazmasi doirasida erishilgan birinchi kelishuvlar yakunlari haqida soʻzlab berdi.

Rossiya sanoat va savdo vazirining birinchi oʻrinbosari Sergey Tsib Sputnik Oʻzbekistonga bergan intervyusida Toshkentdagi ikkinchi Expo-Russia koʻrgazmasida tibbiyot va innovatsiyaga alohida eʼtibor qaratilganini maʼlum qildi.

Sergey Tsib soʻzlariga koʻra, ikkinchi oʻzbek-rus forumi ikki tomonlama munosabatlarni hamkorlikning mutlaqo yangi bosqichiga olib chiqqan.

“Biz ham Rossiya ham Oʻzbekiston kompaniyalarining turli sohalarda qiziqishlari borligi koʻryapmiz. Bu yengil sanoat, innovatsiyalar, tibbiyot va farmatsevtika sohalaridir. Allaqachon ikki tartibga soluvchilar oʻrtasida dori vositalaridan foydalanish sohasida bitim imzolandi. Shu bilan birga, biz Rossiya tibbiyot asbob-uskunalari, gajetlari yoki dori-darmonlarni yetkazib berishni rivojlantirish bilan cheklanib qolmasdan, kompaniyalar oʻrtasidagi sherikchilikni ham yoʻlga qoʻyish niyatidamiz”, - dedi Sputnik Oʻzbekiston muxbiri bilan boʻlgan suhbatda.

Vazir oʻrinbosari hozirda forumning ayni qizigan pallasi ekanligini qoʻshimcha qildi, shuning uchun batafsil natijalari forum yakunida maʼlum boʻladi. Biroq, hozirning oʻzida ushbu uchrashuvning salmoqli natijalari maʼlum .

Expo-Russia – Uzbekistan 2019 ikkinchi koʻrgazma 2019 yil 24-26 aprel kunlari Toshkentda boʻlib oʻtmoqda. Forumda Rossiyaning 11 mintaqasidan kelgan delegatsiya aʼzolari hamda Rossiyaning 30 yaqin subʼyektlarining 500 tacha kompaniya va tashkilotlari ishtirok etmoqda.

Eslatib oʻtamiz, kecha Toshkentda boshlangan Expo-Russian Uzbekistan-2019 koʻrgazmasi Rossiyaning "Zarubej-Ekspo" OAJ, Rossiya Eksport markazi, Xalqaro tinchlik fondlari assotsiatsiyasi va Oʻzbekiston savdo-sanoat palatasi ishtirokida tashkil etilgan.

Maʼlumot uchun, Rossiya Oʻzbekistonning eng yirik savdo hamkorlaridan biridir. Rossiya tomonidan Oʻzbekiston iqtisodiga kiritilgan sarmoyalar 9 milliard dollar atrofida. Ikki mamlakat orasida savdo aylanmasi 6 milliard dollarga yaqin.

Asosiy mavzular