14:03 24 May 2019
Efir
  • RUB131.06
  • EUR9439.00
  • USD8460.92
Komandno-shtabnыe ucheniya «Vzaimodeystviye-2018» Kollektivnыx sil operativnogo reagirovaniya Organizatsii dogovora o kollektivnoy bezopasnosti v Kirgizii.

Oʻzbekiston ODKBga qaytadimi – harbiy ekspert fikri

© Sputnik / Mixail Voskresenskiy
Analitika
Havola olish
Aleksandr Xrolenko
237820

Harbiy sharhlovchining fikriga koʻra, Oʻzbekiston doimiy va konstruktiv ravishda Kollektiv xavfsizlik shartnomasi tashkilotiga (ODKB) aʼzo mamlakatlari bilan hamkorlik qiladi, obʼyektiv integratsiya doirasida ushbu tashkilot aʼzoligiga qaytishga manfaatdor boʻlishi mumkin.

Qozogʻiston prezidenti Kasim-Jomart Tokayevning yaqindagi Oʻzbekistonga tashrifi, Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev bilan uchrashuvlar ikki davlat oʻrtasida harbiy hamkorlikning rivojlanishiga yangi turtki berdi. Qozogʻiston va Oʻzbekiston havo hujumiga qarshi mudofaa va aerodrom-texnik taʼminoti masalalari boʻyicha bitimni imzolashdi. Bu harbiy hamkorlikni rivojlantirishning navbatdagi bosqichidir, kelgusida strategik sheriklikni yanada mustahkamlanadi.

Havo hujumiga qarshi sohasidagi yangi hujjatlar Oʻzbekiston va Qozogʻiston havo chegaralarini himoya qilish vositalari va navbatchilik kuchlari oʻzaro hamkorligini tartibga soladi va tahdidlarga oʻz vaqtida javob qaytarish imkonini beradi.

Harbiy aerodromlardan birgalikda foydalanish haqida bitim ikki davlat harbiy aviatsiyasiga oʻzbek-qozoq chegarasini soddalashtirilgan tartibda kesib oʻtishga ruxsat beradi. Shuningdek, doimiy turar (dislokatsiya) joyidan katta uzoqlikda samolyotlarga yonilgʻi quyish imkonini beradi (qoʻshni mamlakatlar hududida).

Bundan avval Oʻzbekiston va Qozogʻiston oʻrtasida harbiy-texnikaviy sohada hamkorlik qilish toʻgʻrisida hukumatlararo bitim kuchga kirdi.

Tomonlar texnikani yetkazib berish, jangovar oʻquv-mashgʻulotlarni oʻtkazish va harbiylarni tayyorlash boʻyicha hamkorlik rejasini tasdiqlashdi.

Oʻzaro manfaatli harbiy-texnikaviy hamkorlikni Toshkent ODKBning boshqa davlatlar bilan ham muvaffaqiyatli olib bormoqda: Oʻzbekiston, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Tojikiston uchun xalqaro maydonda yagona front boʻlib chiqish maqsadga muvofiq. Qozogʻiston vektori oʻziga xos xususiyatga ega.

Strategik ustuvorliklar

Markaziy Osiyo resurslari uchun geosiyosiy kurash davom etishi, mintaqa ichidagi tarqoqlik tashqi gʻarazli oʻyinchilarga faqat qoʻl kelishi mumkinligini Oʻzbekiston va Qozogʻiston anglab turibdi.

Shuning uchun Toshkent va Nur-Sulton iqtisodiy aloqalarni mustahkamlash, harbiy va harbiy-texnikaviy sohalarda oʻzaro manfaatli sherikchilikka toʻgʻri va barqaror qiziqishni namoyon qilmoqda.

Oʻtgan yilning yozida Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vaziri general-mayor Abdusalom Azizovning Qozogʻiston Respublikasiga tashrifi chogʻida mudofaa sohasida ikki tomonlama hamkorlikning istiqbolli yoʻnalishlari belgilab olindi.

Oʻzbek delegatsiyasi Qozogʻiston mudofaa vazirligi obʼyektlari bilan tanishdi va ikki tomonlama aloqalarning tarixida ilk bor “Yerіk dala" maxsus taktik mashgʻulotlarda ishtirok etishdi.

Javob tashrifida Qozogʻiston delegatsiyasi Qoʻqondagi harbiy qismga tashrifi tashkillashtirildi. Bu oʻzaro ishonch ortishining belgilaridir.

Oʻzbekiston va Qozogʻiston asta-sekin mintaqaviy harbiy-siyosiy ittifoq asosini tashkil etishi va uning ODKB doirasigacha kengayishini taxmin qilish mumkin.

“Xalqaro va mintaqaviy siyosatning koʻplab masalalari boʻyicha pozitsiyalarimiz bir-biriga mos tushadi. Oʻzbekiston va Qozogʻiston keng mintaqamizdagi ishlar holatiga masʼuliyatni his etadi... Oʻzbek xalqi haqiqiy doʻsti va birodarining yelkasini sezdi”, -  deb taʼkidlagandi prezident Shavkat Mirziyoyev.

Biroq ODKBda boshqa birodar xalqlar ham bor. Blokdan tashqari harbiy doktrina geosiyosiy haqiqatlarni bekor qilmaydi.

Boshqa tomondan, fevralda Oʻzbekiston mudofaa vaziri general-mayor Bahodir Qurbonov AQSH Qurolli Kuchlari Markaziy qoʻmondonligi qoʻmondoni general Jozef Votel bilan uchrashuv oʻtkazdi, shuningdek, pokistonlik hamkasblarni qabul qildi. Bundan tashqari Toshkentda Markaziy va Janubiy Osiyo mamlakatlari Qurolli kuchlari shtablari boshliqlarining konferentsiyasi boʻlib oʻtdi. Unda Oʻzbekiston, Qozogʻiston, Pokiston, Turkmaniston, Tojikiston, Afgʻoniston va AQSH Markaziy qoʻmondonligi vakillari qatnashdi.

AQSH tomoni harbiy va harbiy-texnika sohasida, shuningdek, mintaqada xavfsizlikni taʼminlash borasidagi dolzarb masalalariga va Oʻzbekiston-Amerika mudofaa idoralari oʻrtasidagi kelishuvlarga Oʻzbekiston alohida eʼtibor qaratayotganini eʼtirof etdi.

Bundan avval Sputnik oʻzbek harbiy xizmatchilari AQShning Kemp-Shelbi harbiy bazasi (Missisipi shtati)da oʻtkazilgan “Janubiy zarba” mashgʻulotlarda ishtirok etgani haqida xabar bergandi.

Oʻzbekiston bilan doʻstlik uchun turli “kuch markazlari”ning geosiyosiy kurashi davom etmoqda.

Vaqtning ultimatumiga javob berish

Jiddiy geosiyosiy va iqtisodiy sharoitda Oʻzbekiston Markaziy Osiyoda eng kuchli deb hisoblangan zamonaviy, mobil, yaxshi jihozlangan va samarali armiyani yaratdi.

Joriy yilda respublika mudofaa harajatlari YAIMning 4 foiz, yaʼni 1,4 milliard dollarga yetdi.  Boshqa maʼlumotlarga koʻra, Oʻzbekiston har yili HSKga 4 milliard dollardan ortiq mablagʻ sarflaydi.

Oʻzbekiston armiyani ehtimoliy harbiy harakatlar va tahdidlarga (afgʻon yoʻnalishi) tayyorlaydi. Yangi tashkiliy-shtat tuzilmasi yaratildi. Oʻzbekiston armiyasida 50 mingdan ortiq harbiylar xizmat qiladi, ulardan 40 ming piyoda qoʻshinlari.

Yettita oliy harbiy oliygohlar qoʻmondon kadrlarning yuqori tayyorgarlik darajasini taʼminlaydi. Armiya xizmat muddati bir yilgacha qisqartirilgan, professional armiyaga oʻtish kursi tanlangan.  

Oʻzbekiston harbiy doktrinasi mudofaa xarakteriga ega boʻlib, harbiy-siyosiy ittifoqlarda ishtirok etish va Oʻzbekiston hududida xorijiy harbiy bazalarni joylashtirishni istisno qiladi. Boshqa davlatlar bilan samarali harbiy-siyosiy hamkorlik qilish kursi (koʻp vektorli kurs)dan harakat qiladi.

Toshkent va Moskva oʻrtasida harbiy va harbiy-texnikaviy hamkorlik samarali rivojlanmoqda: Oʻzbekiston Mudofaa vazirligi Rossiyadan qurol-yarogʻ sotib olish va harbiy tayyorgarlik qoʻshma tadbirlarida ishtirok etishga manfaatdor.

Ikki davlat mudofaa vazirlari Abdusalom Azizov va Sergey Shoygu 2018 yil oktyabr oyida havo maydonidan birgalikda foydalanish toʻgʻrisida bitimni imzolashdi.

Hozircha respublikani ODKBga qaytish haqida gap yoʻq, biroq haqiqat yuridik abstraktsiyalardan kuchliroq. Xususan, Oʻzbekiston qurol-yaroqni Rossiya ichki narxlarida sotib oladi. ODKB va Bojxona ittifoqidan tashqarida turgan holda bunday imtiyozlarga ega boʻlgan MDHning yagona mamlakatidir. Bunday katta mablagʻlarni sezilarli darajada iqtisod qilish hisobiga 2020 yilgacha qurolli kuchlar modernizatsiya qilish imkoniyatini beradi.

Obʼyektiv ravishda faqat Rossiya Federatsiyasi Markaziy Osiyo mintaqasiga xavfsizlik kafolatlarini berishi mumkin.

Oʻzbekiston va Rossiya oʻrtasida munosabatlar 1999 yil dekabrda imzolangan Strategik sherikchilik toʻgʻrisidagi shartnoma hamda Iqtisodiy hamkorlikni yanada chuqurlashtirish toʻgʻrisidagi shartnoma asosida tartibga solinadi.

Vaqt geosiyosiy tanlovning toʻgʻriligini tasdiqladi.  

Asosiy mavzular