05:08 27 Iyun 2019
Efir
  • RUB135.34
  • EUR9731.96
  • USD8562.34
Andrey Koshkin

Ekspert eng yuqori harbiy xarajatlarga ega mamlakatlar reytingiga izoh berdi

Sputnik
Analitika
Havola olish
520 0 0

Plexanov nomidagi Rossiya iqtisodiyot universitetining siyosatshunoslik va jamiyatshunoslik kafedrasi mudiri, Harbiy siyosatchilar uyushmasi eksperti, zaxiradagi polkovnik Andrey Koshkin harbiy xarajatlar boʻyicha mamlakatlar reytingi natijalarini tushuntirib berdi.

Tinchlik muammolari boʻyicha Stokgolm xalqaro tadqiqotlar instituti (SIPRI) harbiy xarajatlari eng yirik mamlakatlar reytingini eʼlon qildi. 2018 yili jahon harbiy xarajatlari 1,8 trillion dollarni tashkil etdi. Ushbu koʻrsatgich 2017 yilga qaraganda 2,6 foizga koʻproq.

Hisobotga koʻra, AQSH 2018 yilda harbiy maqsadlar uchun eng koʻp mablagʻ sarflagan mamlakatlar yetakchisiga aylandi. 2010 yildan buyon ilk marotaba AQSH xarajatlari 4,6 foizga oʻsib, 649 milliard dollarni tashkil etdi.

Rossiya ilk bor birinchi yetakchi beshtalikka kiritilmadi. SIPRI maʼlumotlariga koʻra, 2018 yilda Rossiyaning harbiy xarajatlari 61,4 milliardni tashkil etgan. Bu etgan yilga qaraganda 3,5 foizga kam. Shu tariqa Rossiya reytingning 6-pogʻonasidan oʻrin olgan.

“Rossiyaga qarshi olib borilayotgan axborot urushini inobatga olish kerak. Ular hatto dalillar borasida oʻylab koʻrishmaydi. Ularni asosiy masala tashvishga soladi: Rossiyani axborot makonida ayblash va jazolash kerak. Mana hozir ham koʻrinib turibdiki, butun dunyo boʻylab qurollanish xarajatlari oʻsib bormoqda. Rossiya yetakchi emas, biroq bu hech kimni tashvishga solmaydi. Asosiysi – hammaga Rossiya “agressor” deb jar solish va soliq toʻlovchilar hisobidan qurollanishga byujetning koʻproq mablagʻiga ega chiqish. Bugungi kunda AQSH va NATOga aʼzo davlatlar xuddi shunday qilib kelishmoqda”, - dedi Andrey Koshkin Sputnik radio efirida.

Uning fikriga koʻra, amerikaliklar harbiy xarajatlar reytingida yetakchi ekanligi ularni hayron qoldirmaydi.

Ekspertning toʻliq izohini Sputnik radiopodkastida rus tilida tinglashingiz mumkin.

Asosiy mavzular