Ekspert ID yetakchisi al-Bag‘dodiy aks etgan video paydo bo‘lishini xavfli hodisa, deya baholadi

© AFPLider Islamskogo gosudarstva (IG, zapreshena v RF) Abu Bakra al-Bagdadi
Lider Islamskogo gosudarstva (IG, zapreshena v RF) Abu Bakra al-Bagdadi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
RF Qurolli kuchlari zaxiradagi ofitserlar uyushmasi milliy assotsiatsiyasi direktorlar kengashi raisi, zaxiradagi general-mayor Vladimir Bogatirev besh yil deganda ilk marotaba "ID" yetakchisi Abu Bakr al-Bag‘dodiy aks ettirilgan videorolik tarqalishi yuzasidan o‘z mulohazasini bayon etdi

Ilgariroq Internet tarmog‘ida ID rahbari Abu Bakr al-Bag‘dodiy aks etgan videoyozuv paydo bo‘lgandi. Rolik qayerda va qachon suratga olingan - noma’lum. Videoda al-Bag‘dodiyga o‘xshagan, soqolining pastki qismi sariq rangga bo‘yalgan erkak aks ettirilgan. U videodagi boshqa ishtirokchilar bilan suhbat davomida Suriyadagi Baguz shahri - IDga tegishli so‘nggi territoriyada terrorchilar mag‘lubiyatga uchraganini tan oladi.

Demonstranti s flagom IG. Arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston
Ekspert: "AQSh ID ustidan g‘alaba qozongani haqidagi bayonot" bu tarixni qayta yozish

Sputnik radiosiga bergan intervyusida Bogatirev terrorchilar o‘z yetakchilari haqida yolg‘on ma’lumot tarqatishlari mumkinligini aytdi.

"Internet tarmog‘ida ID yetakchisi tirikligi borasida tarqalgan xabarlar - bu murakkab, yaxshigina konspiratsiya qilingan, feyk yangiliklarni yaratishga qodir, zarurat tug‘ilganda yolg‘on ma’lumotni haqiqat sifatida yetkazadigan, boshqa regionlarda qayta tug‘ilishga va o‘z imkoniyatidan kelib chiqqan holda keng diapazonda tahdidlar yaratishga qodir tashkilot ekanini anglatadi", — dedi Bogatirev.

U shuningdek, al-Bag‘dodiyning tirikligi haqida videoning paydo bo‘lganini - "xavfli hodisa", deya baholadi.

"ID — bu sudraluvchi tizim, u bilan birlashgan holda kurash olib borish lozim, ya’ni dunyodagi barcha maxsus xizmatlar kuchini jamlab, dunyo jamoatchiligini ogohlikka chaqirib, kurash uchun kuchlarni birlashtirish lozim", - dedi harbiy ekspert.

Ilgariroq, Iroq xavfsizlik organidagi manbalar, Abu Bakr al-Bag‘dodiy Baguz shahrida yo‘qligini, ammo u shaharni egallash bo‘yicha SDF operatsiya boshlanishiga qadar u yerga bir necha bor kelganini aytgan edi. U tashqi ko‘rinishini o‘zgartirgan - soqolini kaltartirgan, sariqqa bo‘yagan, oxirgi ikki yilda esa kamharakatlanuvchi hayot tarzini kechirayotgani tufayli ortiqcha vazndan aziyat chekishi ma’lum. Bundan tashqari, u bir necha marta Suriyadan Iroqqa qochib o‘tishga uringan, ammo bu urinishlari behuda ketgan.

So‘nggi vaqtlarda al-Bag‘dodiy avtokolonnalar hamrohligida harakatlanishdan voz kechgan, asosan oddiy avtomobillarda yoxud taksida harakatlanadi.

Yangiliklar lentasi
0