15:46 19 Iyun 2019
Efir
  • RUB132.57
  • EUR9566.00
  • USD8535.74

Toshkentda eng yaxshi jurnalistlarga "Oltin qalam" topshirildi

© Sputnik / Dilshoda Raxmatova.
Analitika
Havola olish
17610

Shuningdek, "Oltin qalam" XIV Milliy mukofoti: Bosh milliy mukofot ikkita jamoaga berildi: "Xalqaro Press Klub" va "Oʻzbekiston 24" telekanali jamoalari yuksak mukofotga sazovor boʻlishdi

TOSHKENT, 3 may - Sputnik. Toshkent shahridagi "Turkiston" saroyida jurnalistika sohasidagi oliy mukofot – "Oltin qalam" XIV Milliy mukofoti uchun xalqaro tanlov gʻolib va sovrindorlarini taqdirlash marosimi boʻlib oʻtdi, deb xabar qilmoqda Sputnik Oʻzbekiston muxbiri.

Eng yaxshi jurnalistik material uchun (internet-jurnalistika) nominatsiyasida 1-oʻrin xabar.uz sayti sharhlovchisi Barno Sultonova taqdirlandi. 

Ijtimoiy-maʼnaviy mavzulardagi materiallari uchun: Eng yaxshi jurnalistik material uchun (internet-jurnalistikasi) 2-oʻringa kar24.uz internet nashri muxbiri Kumar Begniyazova munosib koʻrildi.

Dolzarb mavzudagi tanqidiy-tahliliy materiallari uchun: eng yaxshi jurnalistik material uchun (internet-jurnalistikasi) - 3-oʻringa OʻzA yetakchi muharriri Sayyora Shoyeva mamlakat hayotining turli sohalaridagi islohotlarni tezkor va tahliliy yoritgan materiallari uchun loyiq topildi.

Eng yaxshi jurnalistik material uchun nominatsiyasida matbuot yoʻnalishida 1-oʻrinni "Jahon adabiyoti" jurnali bosh muharriri Ahmadjon Meliboyev maʼnaviy-maʼrifiy sohadagi ulkan oʻzgarishlar va mavjud muammolar tahliliga bagʻishlangan publitsistik maqolalari, zamonamiz qahramonlari obrazini yaratishdagi faol ishtiroki uchun qoʻlga kiritdi.

Shuningdek, ushbu nominatsiyasida yana bir 1-oʻrin "Ishonch" va "Ishonch - doveriye" gazetalari tahririyatiga Oʻzbekiston kasaba uyushmalarining mamlakat hayotidagi oʻrni, tashkilotning aholi bilan muloqotlari, ularning muammolari yechimini topish, ishchi xodimlarining mehnat huquqlarini taʼminlashga qaratilgan faoliyatini keng va tahliliy yoritilgan materiallari uchun munosib koʻrildi.

Davrning ijtimoiy, maʼnaviy-maʼrifiy masalalari, kitobxonlik madaniyati, mamlakat madaniy hayoti tahliliy yoritilgan materiallari uchun 2-oʻringa "Kitob dunyosi" gazetasi tahririyati munosib koʻrildi.

Ushbu nominatsiyada 3-oʻrin "Pravda vostoka" gazetasi muxbiri Moroz Yulianaga nasib etdi. 

Shuningdek, "Oltin qalam" XIV Milliy mukofoti: Bosh milliy mukofot ikkita jamoaga berildi: "Xalqaro Press Klub" va "Oʻzbekiston 24" telekanali jamoalari yuksak mukofotga sazovor boʻlishdi.

Asosiy mavzular