01:54 18 Sentyabr 2019
Efir
  • RUB146.51
  • EUR10421.13
  • USD9411.30
Viktor Pryadka

Qimmatbaho vaqt qoʻldan boy berilgan – ekspert Sheremetyevo fojiasi haqida

foto iz lichnogo arxiva Viktora Pryadki
Analitika
Havola olish
Sheremetyevodagi mudhish aviahalokat (8)
1299 0 0

Ekspert Viktor Pryadka Sukhoi Superjet 100 samolyoti bilan sodir boʻlgan fojia haqida oʻz mulohazalarini bildirdi.

“Alyans aviatsionnыx texnologiy Avintel” kompaniyasi bosh direktori Viktor Pryadka Sputnik radio efiri chogʻida 5 may kuni Sheremetyevo aeroportida yonib ketgan Sukhoi Superjet 100 samolyoti uchuvchilari xatti-harakatlarini izohladi.

Ekspertning fikriga koʻra, agar ekipaj yongʻin avj olgan joydagi samolyot qanotidagi avariya chiqish joylarini ochganda, bu yanada achinarli oqibatlarga olib kelishi mumkin edi.

“Samolyotlarni tez-tez yashin urib turadi, lekin bu holat shunga oʻxshash achinarli oqibatlarni keltirib chiqarmaydi. Guvohlarning soʻzlariga koʻra, samolyot havoda parvoz qilgandan soʻng yonib ketgan – dvigatellardan biri alanga olgan. Samolyot esa allaqachon yonayotgan holda qoʻngan. Biroq qimmatbaho vaqt qoʻldan boy berilgan, va birinchi urinishdan samolyotni qoʻndirishga muvaffaq boʻlmagan”, - deydi Viktor.

Ekspert soʻzlariga koʻra, hodisa fojiali tus olgan vaqtda uchuvchilar har qanday holatda qoʻnishni amalga oshirishlari shart edi. Agar samolyot havoda yana bir necha daqiqa boʻlganda, olov boshqaruvning asosiy tizimini yoʻq qilishi va aviahalokat oqibatlari gʻoyat ayanchli boʻlishi mumkin edi.

Sukhoi Superjet 100 samolyoti aviahalokati 5 may kuni kechqurun sodir boʻldi. "Aeroflot" aviakompaniyasi layneri Moskvadan Murmanskka tomon yoʻl olgan boʻlgan. Parvozning yigirma sakkizinchi daqiqasidan soʻng ekipaj poytaxt aeroportiga shoshilinch ravishda qaytishga qaror qilgan.

Samolyot faqat ikkinchi urinishdan soʻng qoʻna olgan. Qattiq qoʻnish oqibatida samolyotning shassi stoykalari sinib ketgan va dvigatellarda alanga paydo boʻlgan. Keyin olov samolyotning dum qismiga yoyilgan.

Sukhoi Superjet 100 samolyoti haqida

41 kishi halok boʻlgan. 33 yoʻlovchi va 4 nafar ekipaj aʼzolari omon qolgan.

Mavzu:
Sheremetyevodagi mudhish aviahalokat (8)

Asosiy mavzular