03:13 14 Noyabr 2019
Efir
  • RUB148.82
  • EUR10455.03
  • USD9490.77
Ekonomicheskiy ekspert Anton Shabanov

Oʻzbekiston nega bu qadar koʻp oltin sotmoqda - iqtisodchi fikri

Radio Sputnik
Analitika
Havola olish
298211

Iqtisodchi Anton Shabanov nega qator davlatlar faol ravishda oltin sotishi-yu, boshqa davlatlar bu oltinni katta hajmlarda sotib olishlari haqida gapirdi

World Gold Council maʼlumotlariga koʻra, 2019 yilning birinchi choragida Oʻzbekiston oltin savdosi boʻyicha dunyodagi yetakchi davlatga aylandi. Respublika 6,2 tonna qimmatbaho metall sotishga muvaffaq boʻldi. Bu koʻrsatkichda ikkinchi oʻrin Moʻgʻuliston(3,4 tonna)ga tegishli boʻlsa, uchlikni 1 tonna oltin sotgan Tojikiston yakunlagan.

Anton Shabanovning aytishicha, faol oltin savdosi davlat oʻz oltin-valyuta zaxiralarini isloh qilayotgani yoki uning moliyaviy koʻmakka muhtojligidan dalolat beradi.

Ekspert fikriga koʻra, murakkab iqtisodiy vaziyatda turgan koʻplab mamlakatlarda xuddi shunday tendentsiya kuzatiladi. Bu holatda davlatlar zaxiraning bir qismini sotadilar va tushgan mablagʻlarni oʻzlarining ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda sarflaydilar.

"Oltin - bu xatardan qochishdir, ayni sharoitda esa bu siyosiy xatardan qochish hisoblanadi. Axir bu qimmatbaho metallni narxlar beqarorligiga qaramasdan hamisha xarid qilish va sotish mumkin", - dedi Shabanov.

Joriy yil fevral-mart oylaridan oltin narxi arzonladi, chunki pul tikishning yanada qiziqarli va daromadli instrumentlari topilmoqda, ammo bu holat hamisha oʻzgarib turadi, deb taʼkidladi ekspert.

Shabanovning toʻliq izohini quyida rus tilidagi podkastda tinglashingiz mumkin.

Asosiy mavzular