02:33 25 Iyun 2019
Efir
  • RUB132.57
  • EUR9566.00
  • USD8535.74
Uchastnik Velikoy Otechestvennoy voynы, veteran Georgiy Lyubimov

Veteran Georgiy Lyubimov oʻzbekistonlik yoshlarni doimo oʻz ustilarida ishlashga chaqirdi

© Sputnik / Dilshoda Raxmatova.
Analitika
Havola olish
257 0 0

Toʻqqizinchi may kuni Oʻzbekistonda Gʻalabaning 74 yilligiga bagʻishlangan tadbirlar boʻlib oʻtdi. Ayyom arafasida Sputnik Oʻzbekiston muxbiri Ulugʻ Vatan urushi faxriysi, III rang gvardiya kapitani Georgiy Lyubimov bilan suhbatlashdi. Veteran koʻksidagi medallarga qaraganda, nimalarni xotirlashi va "Oʻlmas polk" aktsiyasiga qanday munosabatdaligi haqida gapirdi

TOSHKENT, 10 may — Sputnik. Urush boshlangani haqida 15 yashar Georgiy ilk bor oʻzi tahsil oladigan Yangiyoʻl tumanidagi maktabda xabar topgan.

"Oʻqish tamom boʻlayotgandi... Sinfimizga geografiya fanidan dasr beradigan oʻqituvchimiz kirib, ertalab urush boshlangani haqida aytgan", — deya esga oladi veteran.

Georgiy Fyodorovichning soʻzlariga koʻra, bu xabarni oʻquvchilar hotirjam kutib olganlar, ular mamlakat bu urushda albatta gʻalaba qozonishiga amin edi. Va shunday boʻldi ham.

Ulugʻ Vatan urushi yillarida Lyubimov Tinch okeani Harbiy-dengiz flotida xizmat qilgan, Uzoq Sharqdagi radiostantsiyada radist boʻlgan. Aloqa maktabini tamomlagan, radiostantsiya rahbari boʻlgan. Urushda qatnashgani uchun Ulugʻ Vatan urushi ordeni, "Yaponiya ustidan qozonilgan gʻalaba" medali va boshqa medallar hamda mukofotlarga ega.

"Men uchun eng qimmatli va aziz boʻlgan mukofot - bu mening Ulugʻ Vatan urushi faxriysi ekanligimni tasdiqlovchi ordendir. Bundan aʼloroq va qimmatliroq mukofot yoʻq va boʻlishi ham mumkin emas", - deb taʼkidladi Georgiy Fedorovich.

"Oʻlmas polk" haqida gapirar ekan, veteran bu "ajoyib, juda yaxshi va betakror jamoatchilik aktsiyasi" ekanligini qayd etdi.

"Bunday polk yaratilgani juda yaxshi", - dedi Georgiy Lyubimov.

Veteran oʻsib kelayotgan yosh avlodga eng ilik tilaklarini izhor etdi va yigit-qizlarni "munosib avlod boʻlishga", "qaddilarini doimo baland tutishga" ham jismonan, ham maʼnan rivojlanib boraverishdan toʻxtamaslikka chaqirdi. "Yoshlar zamonaviy harbiy texnikani sinchkovlik bilan puxta oʻrganishlari va vatan mustaqilligi va erki uchun kurashda old qatorlarda boʻlishlari lozim. Oʻlkamiz benihoya ulkan, Oʻzbekiston - buyuk davlat, biz bu yerda hayot kechirayotganimizdan juda xursandmiz, vatanimiz kundan-kunga gullab-yashnamoqda. Men Oʻzbekistonda 93 yildan buyon yashab kelaman va bu yerda hamma narsa ajoyib", - dedi veteran.

Eslatib oʻtamiz, joriy yil mart oyi boshida Toshkent shahri Yashnobod tumanida "Gʻoliblar" loyihasi yoʻlga qoʻyilgan boʻlib, uning maqsadi - poytaxt aholisiga ularning mahallalarida ham Ulugʻ Vatan urushi ishtirokchilari yashashini koʻrsatishdan iborat. Ushbu aktsiya Georgiy Lyubimov surati paydo boʻlgan "Toʻytepa" mahallasidan boshlangan edi.

Asosiy mavzular