14:33 04 Iyul 2020
Efir
  • RUB145.97
  • EUR11411.48
  • USD10173.38
Analitika
Havola olish
10810

Namangan viloyatining Gʻurumsaroy poligonida Oʻzbekiston – Belarus maxsus boʻlinmalari oʻrtasidagi hamkorlikdagi mashgʻulotlarga start berildi. Sputnik sharhlovchisi Aleksandr Xrolenkoga koʻra, bu sobiq ittifoq mamlakatlarining xavfsizlik masalalarida kuchlarni birlashtirishidan darak beradi

Oʻquv manyovrlari 27 mayga qadar davom etadi, tadbirlar davomida ikki mamlakat harbiy xizmatchilari taktik va amaliy harakatlar ustida ishlaydilar.

Harbiy ekspertning fikricha, ayni holatda bu mashgʻulotlarning koʻlami emas, balki bunday tadbirning oʻtkazilishi fakti muhim ahamiyatga ega. Chunki bu hamkorlik haqida darak beradigan stabil omildir.

Tadbir mamlakatda ilk marotaba oʻtkazilishi esa ikki mamlakat hamda sobiq ittifoq xalqlarining turli sohalarda kuchlarni birlashtirishga boʻlgan muqarrar intilishlarini aks ettiradi. Ayni holatda Belarus va Oʻzbekiston oʻrtadagi minglab kilometr masofa va qoʻshni mustaqil davlatlar chegaralari bilan ajralib turishlariga qaramay, ular bu tadbirni amalga oshirdilar.

"Bunday turdagi harbiy hamkorlik strategik xarakterga ega va istiqbolda rivojlanib boraveradi. Taʼkidlab oʻtish joizki, ushbu mashgʻulotlar qoʻshnilarga tahdid qilmaydi, balki butun sobiq ittifoq makonida xavfsizlik tizimini mustahkamlashga xizmat qiladi", - dedi Xrolenko.

Ekspert Belarus delegatsiyasining kelishi munosabati bilan uyushtirilgan tantanali qabul davlatlar hamkorligi oʻzgacha strategik darajaga egaligidan dalolat berishini qayd etib oʻtdi.

Aprel oyi oxirida Qozogʻiston poytaxtida MDH davlatlari harbiy oliy dargohlari assotsiatsiyasining ilk majlisi boʻlib oʻtgan edi. Tadbirda yettita davlatdan 18ta oliygoh vakillari ishtirok etdilar, xususan Belarus va Oʻzbekiston vakillari ham.

Umumiy muvofiqlashtirish tizimini ishlab chiqish ishlari davom etmoqda. Bu boy berilgan aloqalarni tiklashning yana bir muhim yoʻnalishidir.

Ekspertning toʻliq izohini Sputnik Oʻzbekiston radiopodkastida rus tilida tinglashingiz mumkin.

Xrolenko ob uzbeksko-belorusskix ucheniyax: vajen ne masshtab, a sam pretsedent

Asosiy mavzular