04:38 28 Yanvar 2020
Efir
  • RUB153.89
  • EUR10541.66
  • USD9563.33
Analitika
Havola olish
149 0 0

Shimoliy Kavkaz Islom tadqiqotlari markazi direktori Ruslan Gereyev Afgʻonistondan kelayotgan narkotrafikni qanday toʻxtatish mumkinligi haqida soʻz yuritdi.

Rossiya dumasi raisi Vyacheslav Volodin Kollektiv xavfsizlik shartnomasi tashkiloti (KXSHT) Parlament assambleyasi ishtirokchilarini Afgʻonistondan kelayotgan narkotrafikni toʻxtatish uchun qonun ishlab chiqarishga chaqirdi.

Gereyevning maʼlum qilishicha, afgʻon giyohvand moddalari AQSH uchun xavf tugʻdirmaydi, aynan shuning uchun Amerika hukumati sustkashlik qilmoqda. Biroq Rossiya va MDH mamlakatlari uchun afgʻon giyohvand moddalari haqiqiy xavfni keltirib chiqarmoqda.

Uning fikriga koʻra, Afgʻoniston hududida narkotrafikka qarshi kurashishda haqiqatdan ham foyda keltirishi mumkin boʻlgan hamkorlikning yangi shakllarini, yangi koalitsiya tashkilotlarini va boshqa uyushmalarni barpo qilish vaqti kelgan.

“KXSHT va Shanxay hamkorlik tashkiloti mamlakatlari tomonidan turtki lozim”, - dedi Gereyev Sputnik Tojikiston radio efiri chogʻida.

Shuningdek, mutaxassis Afgʻoniston chegarasidagi harbiylarning boʻlishi behuda deb hisoblaydi. Chunki harbiylarning vazifasi boshqa, narkotrafikka qarshi esa muayyan choralarni qoʻllab, kurashish lozim.

Yoshlar oʻrtasida giyohvand moddalarining naqadar zararli ekanligi haqida tashviqot ishlarini olib borish juda muhim, deya qoʻshimcha qildi Ruslan Gereyev.

Asosiy mavzular