21:36 16 Sentyabr 2019
Efir
  • RUB142.96
  • EUR10360.56
  • USD9395.63

Xitoyning AQShga qarshi 3ta kuchli "quroli"

© REUTERS / Jason Lee
Analitika
Havola olish
169911

Donald Tramp Xitoyga qarshi yangi sanktsiyalar kiritayotgan bir vaqtda, ekspertlar Xitoyning AQShga qarshi uchta kuchli "quroli"ni sanab oʻtishdi.

TOSHKENT, 21 may – Sputnik. Maʼlumki, AQSH soʻnggi vaqtlarda Xitoyga qarshi turli iqtisodiy sanktsiyalar, bojlarni oshirish kabi choralarni qoʻllamoqda, RIA Novosti xabariga asosan.

Masalan, soʻnggi 1 yil ichida Donald Tramp Xitoy tovarlariga qarshi kirtilgan soliqlarni 2 marotaba oshirdi. Buning evaziga Xitoy iqtisodi 400 milliardga yaqin zarar koʻradi. Kuni kecha esa AQSH Xitoyning eng yirik Huawei korporatsiyasiga qarshi qaqshatqich zarba berdi. Kompaniyaga yetkazilgan zarar turli iqtisodchilar tomonidan 100 milliard $ dan ortiq deb hisoblanmoqda.

Xoʻsh, ushbu qudratli va beshafqat raqibga qarshi Xitoy qanday choralar qoʻllashi mumkin?

Shubhasiz, AQSH iqtisodiy qudratli davlat va jahon bozorida Xitoyning eng yirik mijozidir. Undan tashqari dunyo valyutasi boʻlgan dollar ham AQSH nazorati ostida. Bunday sharoitda AQShga taʼsir etadigan zarba berish juda mushkul ish.

Shunday boʻlsada, Xitoy tashqi ishlar vazirligi tasarrufida boʻlgan Global Times nashri, Xitoy AQShga  qarshi quyidagi 3ta choradan foydalanishi mumkinligini xabar qildi:

1. AQShga kamyob metallar yetkazib berishni cheklash

Xitoy AQShga kamyob metallarni yetkazib berishni cheklasa, bu AQSH axborot texnologiyalari va boshqa yetakchi elektron komponentlar ishlab chiqaruvchilari uchun jiddiy zarba boʻlishi mumkin. Birinchi navbatdan bundan Apple va Boeing kompaniyalari zarar koʻrishi mumkin.

Ikkinchi tomondan, kamyob metallar bozorida Xitoy monopolist emas. AQSH kompaniyalari boshqa davlatlardan ushbu metallarni sotib olishga oʻtishi mumkin yoki soxta firmalar orqali baribir Xitoy mahsulotini sotib olishda davom etishlari ham mumkin.

2. AQSH kompaniyalarining Xitoy bozoriga kirishini cheklash

Statistik maʼlumotlarga koʻra, bungi kunda AQSH kompaniyalari investitsiyalarining bor-yoʻgʻi 14 % Osiyo bozorlariga toʻgʻri kelmoqda. Agar shuning 10% Xitoyga toʻgʻri kelgan taqdirda ham Xitoy ushbu chor bilan AQShga katta zarar yetkiza olmaydi. Ushbu chora faqat AQSH ichki kurashida, Donald Trampga qarshi bir vosita boʻlishi mumkin, - deb yozadi nashr.

3. Obligatsiyalar yordamida AQSH qimmatli qogʻozlar bozorini barbod qilish

Global Times yozishiga koʻra,  bugungi kunda Xitoy bir trillion dollardan ortiq AQSH obligatsiyalarini qoʻlda ushlab turibdi. AQShda iqtisodiy murakkab sharoit kuzatilayotgan vaqtda  Xitoy ushbu aktsiyalarni bozorga chiqarsa -  bu “oʻlganning ustiga chiqib tepish” boʻladi. Yaʼni AQSH qimmatli qogʻozlar bozori barbod boʻlishi aniq.  

Xulosa sifatida shuni aytish mumkin-ki, AQShning yakkahokimlik bilan kiritayotgan sanktsiya va cheklovlariga javoban Xitoyda ham taʼsirli choralar bor. Lekin ularni qoʻllashdan avval Xitoy yuz marta, har tomonlama oʻylab koʻradi.

Ikkinchidan, aksariyat xitoyliklar oʻz mamlakatlarining AQShdan koʻra kuchsizroq ekanligini bilib turishsada, okean ortidagi “zoʻravonga” yaxshigina “dars” berib qoʻyish tarafdoridir. Buning uchun ular hatto biroz qiyinchilikka ham chidashga tayyor. Bunday kurash natijalari dunyo iqtisodiy tuzumida ham jiddiy oʻzgarishlar olib kelishi va ularning aksariyati ijobiy boʻlishi ehtimoli katta.

Asosiy mavzular