08:45 26 Iyun 2019
Efir
  • RUB135.34
  • EUR9731.96
  • USD8562.34

Markaziy Osiyo davlatlari AQSH bilan halol ishlab boʻlmasligini tushunmayapti - Klintsevich

© Sputnik / Ilya Pitalev
Analitika
Havola olish
124310

Rossiya Federatsiyasi Federatsiya kengashining mudofaa va xavfsizlik masalalari boʻyicha qoʻmitasi aʼzosi Frants Klintsevich Tojikiston prezidentining Afgʻoniston bilan chegara borasidagi bayonotiga izoh berdi

Ilgariroq Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon Afgʻonistonda amerika harbiy kontingenti mavjudligiga qaramay, mintaqadagi ahvol xavf tugʻdirishda davom etayotgani, terroristik uyushmalar dangarilari esa oʻzlarining kattagina guruhlarini mamlakat shimoliga oʻtkazayotgani haqida bayonot qilgan edi.

Sputnik Tojikiston radiosi efirida Klintsevich amerikalik siyosatchilar har doim doʻstlik haqida gapirishlarini taʼkidlab oʻtdi.

"Ammo bu soʻzlar AQSH maxsus xizmatlari destruktiv (zararli) jarayonlar ustida ishlashni toʻxtatganini anglatmaydi. Bu yoʻnalishda ulkan ishlar amalga oshirilmoqda. Ular hammasiga tupurgan, jahondagi jarayonlar qanchalik zararliroq boʻlsa, boshqa mamlakatlarda, ayniqsa, Rossiyada muammolar koʻproq boʻladi. Ammo koʻpdan-koʻp hollarda bizning hamkasblarimiz bu haqda eshitishni unchalik istashmaydi, Markaziy Osiyoning ayrim davlatlari amerikaliklar bilan halol ishlab boʻlmasligini anglamagan holda u bilan munosabat qurmoqda. Gʻarb maxsus xizmatlari zarbasi toʻgʻridan-toʻgʻri Markaziy Osiyo davlatlariga  qaratilmagan. Bu yerda agar juda ochiq aytadigan boʻlsak - pirovard maqsad Rossiya uchun muammolar yaratishga, ayniqsa bizning yaqin qoʻshnilarimiz bilan chegarada qiyinchiliklar tugʻdirishga qaratilgan", - deya tushuntirdi Klintsevich.

Asosiy mavzular