21:43 16 Sentyabr 2019
Efir
  • RUB142.96
  • EUR10360.56
  • USD9395.63
Ispolnitelnыy direktor agentstva Aviaport Oleg Panteleyev

Panteleyev: Rossiya aviakompaniyalari Oʻzbekiston boʻylab uchburchak-parvozlardan foyda koʻradi

© Sputnik / Vladimir Trefilov
Analitika
Havola olish
292 0 0

Oʻzbekiston va Rossiya aviatsiya mutaxassislari "uchburchak" tizimi boʻyicha ikki davlat oʻrtasida oʻzaro parvozlarni amalga oshirishga kelishdilar. "AviaPort" agentligi ijrochi direktori Oleg Panteleyevning fikriga koʻra, bu kabi marshrutlar orqali Rossiya tashuvchilari yoʻlovchilar oqimini oshirib olish imkoniyatini qoʻlga kiritadilar

Rossiya aviakompaniyalari uchburchak-parvozlar boʻyicha hozircha ariza topshirmagan boʻlsalarda, ekspert soʻzlariga koʻra, tanlov aniq va u katta emas.

"Toshkentdan tashqari Samarqand, Buxoro, Navoiy va Urganchni sanab oʻtish mumkin - bu rossiyaliklarda qiziqish uygʻotadigan asosiy yoʻnalishlardir. Shuni eʼtiborga olish kerak-ki, milliy aviakompaniya mahalliy va xalqaro reyslarda aviatashuvlarga boʻlgan ehtiyojini juda samarali yopib kelmoqda. Bunday uchburchak-marshrutlar koʻproq RF aviatashuvchilariga foydaliroq boʻladi, agar ular oʻzlari uchun optimal marshrutlarni tanlay olib, yoʻlovchilar oqimini koʻpaytirsalar, albatta", - deya tushuntiradi Panteleyev.

Panteleyevga koʻra, chet el kompaniyalariga boshqa mamlakatlar ichida uchish imkonini beruvchi "ochiq osmon" siyosati Yevropa Ittifoqida oʻzini oqlagan, bu albatta, izoh talab qilmaydigan hol. MDH makonida esa hozircha bu siyosat ommalashmagan, biroq Hamdoʻstlik mamlakatlari ham asta-sekinlik bilan aviatsiya sohasida oʻz siyosatini oʻzgartirmoqdalar.

Ekspert izohini toʻliq quyidagi podkastda rus tilida tinglashingiz mumkin.

Asosiy mavzular