09:13 26 Iyun 2019
Efir
  • RUB135.34
  • EUR9731.96
  • USD8562.34
Faxritdin Abduraxmanov

OʻzDJTU dekani Oʻzbekistonda rus tili haqida: holat abgor emas, lekin murakkab

© Altayskiy gosudarstvennыy universitet
Analitika
Havola olish
19210

Toshkentda rus tilini rivojlantirish va oʻrganish masalalariga bagʻishlangan "Vinogradov taʼlimoti" XV yubiley anjumani boʻlib oʻtdi. Oʻzbekiston Davlat Jahon tillari universiteti rus filologiyasi fakulteti dekani Faxriddin Abdurahmonovga koʻra, respublikada rus tilini oʻrganishga boʻlgan qiziqish haddan ortgani kuzatilmoqda, ammo bu sohadagi ahvol ideal darajadan hali ancha uzoq

Dekanning soʻzlariga koʻra, soʻnggi ikki yildagina respublikada rus tili mutaxassislarini tayyorlash darajasi ijobiy tomonga oʻzgargan. Bu statistik maʼlumotlar bilan ham tasdiqlanadi.

"Mamlakat prezidenti Shavkat Mirziyoyev siyosati tufayli Oʻzbekistonda rus tilini oʻrganishga boʻlgan eʼtibor yoshlar tomonidan ham, davlat tomonidan ham kuchayib bormoqda. Bu yoʻnalishda til oʻrganishga boʻlgan qiziqish keskin ortdi, deya shubhasiz aytish mumkin. Agar oʻtgangidan oldingi yilda rus boʻlimiga 60-70 kishi oʻqishga kirgan boʻlsa, oʻtgan yili bu koʻrsatkich - 360 nafarni tashkil etdi. Lekin bu albatta, yetarli emas. Axir biz uzoq yillar minusda boʻlganmiz. Holat abgor emasku, lekin har qanday holatda murakkab", - dedi Abdurahmonov.

Dekan, bugungi kundagi tashqisiyosiy va iqtisodiy holat lingvistikada yangi strategiya qabul qilinishi lozimligini talab etmoqda degan fikrda.

"Moskva va Toshkent oʻrtasidagi oʻzaro munosabatlarning hozirgi darajasidan kelib chiqqan holda aytish mumkin-ki, global loyihalar (AES va boshqa yirikkoʻlamli obʼyektlar)ni yuqori malakali mutaxassislar va rus tilini bilmasdan turib amalga oshirib boʻlmaydi", - deydi u.

Dekanning toʻliq izohini Sputnik Oʻzbekiston radiopodkastida rus tilida tinglashingiz mumkin.

Asosiy mavzular