15:15 04 Iyul 2020
Efir
  • RUB145.97
  • EUR11411.48
  • USD10173.38
Analitika
Havola olish
27810

Rossiya Davlat Dumasi deputati Anatoliy Vыbornыy ODKB yigʻilishida qabul qilingan qarorlar haqida gapirdi

Ekspertning taʼkidiga koʻra, tojik-afgʻon chegarasi ODKBning alohida nazoratida boʻladi.

"Bu yerda gap narkotrafik, noqonuniy migratsiya, terrorizm haqida bormoqda. Chunki Afgʻoniston hududida jangovar harakatlar davom etmoqda", - dedi Vыbornыy.

Lekin ODKB Afgʻonistondagi vaziyatni tartibga solish uchun barcha imkoniyatdan foydalanmoqda. ODKB vazifalaridan biri mudofaa harakatlaridan "oʻtib tushadigan" choralar majmuini ishlab chiqishdan iborat. Bu yerda jahonda yuz berayotgan hodisa va faktlarga tezkorlik bilan hamda samarali munosabat bildirish muhim. Misol uchun, fuqarolarning terroristik tashkilotlarga jalb etilishi muammosiga.

Ekspert soʻzlariga koʻra, joriy yilda tezkor taʼsir koʻrsatish va boshqa boʻlinmalar ishtirokida oltita hamkorlikdagi oʻquv mashgʻulotlarini oʻtkazish rejalashtirilmoqda. Ulardan uchtasi Rossiyada, ikkitasi - Tojikistonda va bittasi Qirgʻizistonda oʻtkaziladi. Harbiy mashgʻulotlardan tashqari, profilaktik chora-tadbirlarga ham alohida eʼtibor qaratiladi. Masalan, "Kanal" deb nomlangan narkotiklarga qarshi operatsiya oʻtkaziladi.

Asosiy mavzular